Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.67K subscribers
21.3K photos
4.8K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar

⚡️ Bitiruvchilar bandligini taʼminlash-ertangi kun garovi

📢Aynan shu mavzuda kuni kecha Toshkent tumani 2-sektor hududidagi Madaniyat markazida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🇺🇿Bitiruvchi yoshlar bilan suhbatlashish uchun tadbirga Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Elyor Akbarov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Mahmud Oʻtkirov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi, yosh tadbirkorlar, harbiylar va yutuqlarga erishgan boshqa soha vakillari taklif etildilar.

➡️ Davra suhbati davomida bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash koʻnikmalarini ham shakllantirib borish taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi haqida soʻz bordi. Shu bilan birga tadbirda zamonaviy bilim olish bilan bir qatorda oʻquvchi yoshlarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirib borish, oddiy qilib aytganda, yoshlarni kasb tanlashga, ularni ijodiy fikrlashga, hayotiy va kasbiy koʻnikmalarni toʻliq egallashga tayyorlash nechogʻlik muhim ekanligi taʼkidlandi.

🔴Uchrashuv yakunida bitiruvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan rahbarlarga yuzlanib, oliy taʼlim va kasb tanlashga oid takliflari, yaqin kelajakdagi orzu-umidlari, erishgan yutuqlari va maqsadlari bilan oʻrtoqlashdilar.

◀️ Batafsil yuqoridagi videolavhamizda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan ochiq muloqotda 2023-yil davomida yoshlar bilan ishlashda faollik koʻrsatgan bir guruh rahbarlar va yoshlar yetakchilari taqdirlandi.

Taqdirlanganlar roʻyxati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar

🔹 3-sektor rahbari
yoshlar bilan sayyor qabul oʻtkazdi

Toshkent tumani IIB boshligʻi – 3-sektor rahbari D. Mirzamamedov uchinchi sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot qildi.

💬 Rahbar va yoshlar uchrashuvida IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, Toshkent viloyati JXX XPB boshligʻi podpolkovnik I.Tursumatov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi xodimlari, mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan koʻtarilgan turli masalalarga ijobiy yechim topish choralari izlanib, har bir murojaat sektor rahbari nazoratiga olindi.

📌 Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga oid davlat siyosatining har bir mahallagacha yetib borishini taʼminlabgina qolmay, har bir yoshning taqdiri va kelajagiga barcha darajadagi rahbarlar masʼul ekanligiga yaqqol misol boʻla oladi.

Sayyor uchrashuv yakunida yoshlar bandligini taʼminlash va ishsizlikni oldini olish maqsadida "Mehnat yarmarkasi" oʻtkazildi, shuningdek 3-sektor rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektlari o'rganildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar

Tuman hokimi
yoshlar bilan uchrashdi

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Masalboy hududi yoshlari bilan uchrashdi.

Zargar, Majnuntol, Hiyobon va Sohibkor mahallalari yoshlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 20 ga yaqin yoshning kontrakt toʻlovlari, kredit mablagʻlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, salomatlikni tiklashga oid masalalari tinglandi.

Uchrashuvda 10 dan ortiq yoshning muammosi bartaraf qilindi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1
#Rahbar_va_yoshlar

"
Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi

Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Favqulodda vaziyatlar Vazirligi tizimida "Otaliqqa olingan yoshlar" muammolarini bartaraf etish, yoshlarni hayotda oʻz yoʻlini topishda koʻmaklashishi hamda ularni harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yoshlar muammolarini tizimli oʻrganish tartibi joriy qilingan.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birinchi o'rinbosari-Shtab boshlig'i podpolkovnik Sh.B.Muhamedjanov, Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik U.A.Maxamatjanov hamda Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan uchrashuv nafaqat oʻgʻil-qizlarning muammolarini bartaraf etishda amalga oshirilgan ishlar  sarhisobiga, balki yoshlar yetakchilarini ragʻbatlantirish hamda oʻz yoʻlini topgan yoshlarga motivatsiya berishga bagʻishlandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar
#Toshkent_tumani

Toshkent tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻi Sanjar Abduvaliyev alohida toifadagi
yoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumanidagi ishsiz va alohida toifaga kiruvchi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Beruniy va Chigʻatoy mahallalari yoshlari ishtirok etgan tadbir davomiga 3 nafar yoshlarga huquqiy maslahat berildi, 5 nafar yoshning muammolari yechimi boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.

📸 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1