Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.67K subscribers
21.3K photos
4.8K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Faxr

👨‍🏫 Toshkent tumani o’qituvchilari TOP-100 ro’yxatidan o’rin oldi

💠 Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining qo’shma qaroriga muvofiq har yili an’anaviy tarzda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

♻️ Joriy yilda ham o’quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o’quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o’qituvchilari 5 400 000 so’m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritdi.

Toshkent tumanidagi umumta’lim maktablarining quyidagi 3 nafar o’qituvchilari ham yuqori natijani qo’lga kiritib, mazkur Top-100 ro’yxatda respublika miqyosida yuqori o’rinlarni band qildi:

🔹 Abdusalomov Shahzodbek Mirzohidjon o'g'li – 14-sonli umumta’lim maktabi

🔹 To'laganova Gavhar Qaxardjanovna – 9-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi

🔹 Jabbarov Nigmatjon Ravshanovich – 19-sonli umumta’lim maktabi

📌 Top-100 ro’yxatda Toshkent viloyati o’qituvchilaridan 10 nafari yuqori natijaga erishib, respublika miqyosida (Xorazm - 16 nafar, Namangan - 14 nafar va Andijon - 11 nafar) 4-o’rinni qo’lga kiritdi.

👉 Top-100 ro`yxat ushbu havolada

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍4
#Faxr

Mohichehra respublika bosqichi g’oliblari safidan joy oldi

📝 21-oktyabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan bir necha yildan buyon yuqori sinf o’quvchilar o’rtasida “O’zbek tilim – iftixorim” deb nomlangan respublika ijodiy ishlar tanlovi o’tkazib kelinmoqda.

Tilimizning mavqeini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovning esse yozish yo’nalishida Toshkent tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi Mohichehra Ilyosova tuman va viloyat bosqichlarida faxrli 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanma olgan edi. Mohichehra tanlovning kuni kecha o’tkazilgan respublika bosqichida 4-o’rinni egalladi.

💠 21-oktyabr – “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda Mohichehraga Toshkent viloyati hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
👍4
#Faxr_tuygʻusi

♻️"AYBIN-2025" xalqaro vatanparvarlik musobaqasi — doʻstlik, jasorat va gʻurur bayrami!


2025-yilning yozida Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilayotgan yirik harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi "Aybin-2025" xalqaro musobaqasi qizgʻin pallaga kirgan. Ushbu nufuzli tadbir nafaqat yoshlar oʻrtasida harbiy bilim va jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, balki turli davlatlar oʻrtasida hamkorlik va doʻstlik rishtalarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

👉 Batafsil

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
👍32