Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Diqqat_loyiha

“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi


Davlat dasturi loyihasida “O'zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo'nalishi kesimida 2024-yil uchun amaliy chora-tadbirlar (295 ta) va normativ-huquqiy hujjatlar (117 ta) ro'yxatlari belgilanmoqda.

🔰 Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹 2024-yil 1-martdan mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) musobaqasi, kibersport va “Zakovat” intellektual o'yinlari tashkil etiladi;

🔹oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo'naltiriladi;

🔹2024-yil 1-maydan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun majburiy to'lovlar va yig'imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi.

⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat_bildirish

❗️“Toshkenttumangaz” gaz taʼminot boʻlimi Sizga shuni maʼlum qiladiki, magistral gaz quvurida gaz bosimi tushib ketganligi natijasida Toshkent tumani isteʼmolchilariga yetkazib beriladigan gaz taʼminoti me'yoridan pasaygan.

Ayni damda gaz bosimini koʻtarish choralari koʻrilmoqda.

🔥"Toshkenttumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat❗️

"MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TAʼMINOTI"AJ OGOHLANTIRADI!

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi D-225 mm li ichimlik suv tarmogʻida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf qilish uchun, 5 fevral kuni soat 9:00 da "Mehnat" suv koʻtarish inshooti oʻchiriladi. Shu sababli kuyidagi MFYlarda suv bosimi kamayishi va uzilishlar kuzatiladi:

1. Qoraboʻrik MFY
2. Beruniy MFY
3. Zarbdor MFY 4. Eʼzoz MFY
5. Bogʻizilol MFY
6. Zaxariq MFY
7. Sohibkor MFYning ayrim koʻchalarida
8. Bunyodkor MFYning ayrim koʻchalarida 9. Qizgʻaldoq MFYning ayrim koʻchalarida.
Shuningdek, ushbu hududlardagi byudjet va yuridik tashkilotlarda suv taʼminoti bosimi pasayishi va uzilishlar vujudga keladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, ichimlik suv taʼminoti tiklanadi.
Zarur holatlarda ichimlik suvi maxsus avtoulov orqali yetkazib beriladi.

Murojaat uchun ☎️ 78/129-03-33; 95/194-38-60; 71/208-70-50. 97/701-08-19

Keltirilgan noqulaylik uchun aholidan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Diqqat!

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

➡️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➡️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➡️ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➡️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Diqqat: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM