Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
⚡️Senat raisi Toshkent tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotini ko'zdan kechirdi

Kuni-kecha Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga tashrif buyurdi. Senat raisi tumanning “Xasanboy” MFY hududidagi 560 o‘rinli 9-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘ldi.

📌 Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2534

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Tabrik

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamovning
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli matbuotimiz fidoyilari!

Avvalambor, Siz aziz jurnalistlarni, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

💫Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy qutlaydi!

Korxona bayram munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida tijorat banklarining ishlamasligini inobatga olgan holda elektr energiyasi uchun toʻlovlarni 28-iyun kuniga qadar amalga oshirishingizni va 3-iyul kunigacha tijorat banklari ishlamasligini inobatga olgan holda toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashingizni soʻraydi hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun vujudga kelgan qarzdorliklar natijasida elektr energiyasi taʼminoti tarmoqdan avtomatlashtirilgan tarzda uzilishi haqida ogohlantiradi.

💡Elektr energiyasi uchun toʻlovlarni "Payme", "Click" va boshqa elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Bayram kunlari hech qanday hodisa kayfiyatingiz tushishiga sababchi boʻlmasin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:
☎️+998951776600

💫Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra, Zangiota tumanidagi "Istiqbol" gazetasi muxbiri Jamila Arslonova «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон медиаландшафтига назар ташлайдиган бўлсак, 2016 йилдан буён ОАВлар сони 41 %га ошганини кўриш мумкин. Рўйхатдан ўтган телеканаллар сони 65 тадан 84 тага (+29%), интернет нашрлар 395 тадан 745 тага (+88%) етган. Шу даврда газеталар сони 691 тадан 631 тага камайган (-9%). 2016 йилда фаол блогерлар 50 дан ортиқ бўлган бўлса, ҳозирга келиб уларнинг сони 1 200 дан ошади.

Бу рақамлар, маълум маънода, юртимиздаги ислоҳотлар, инсон ҳуқуқлари, ижтимоий манфаатларни тарғиб қилиб, уни халққа етказишда, фаол фуқаролик позициясини билдиришда журналист ва блогерлар фаоллашганидан дарак. Бугун давлат органлари фаолиятининг шаффофлиги ва ҳисобдорлигини, қонунчилик ҳамда муҳим дастурий ҳужжатлар ижроси устидан жамоатчилик назоратини таъминлашда ОАВ вакиллари асосий роль ўйнайди.

ОАВ — “Юксалиш” умуммиллий ҳаракатининг асосий ҳамкорларидандир. Фурсатдан фойдаланиб, Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан табриклаймиз!

Танлаган касбингизда профессионаллигингиз, журналистика принципларига содиқлигингиз учун миннатдорлик билдирамиз! Касбий бурчингизни бажариш йўлида имкониятлар кўпроқ ва тўсиқлар камроқ бўлсин!

YUKSALISH HARAKATI
#e’tibor

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi tomonidan soha vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatilib, bayram tadbiri tashkil etildi.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_е’lon

⚡️ Qurbon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilanganligi sababli, Toshkent viloyatidagi tijorat  banklari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul oʻtkazmalari punktlari faoliyatlari yuqoridagi grafik boʻyicha ishlashini ma’lum qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bildirish

SSB: Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat koʻrsatadi?

Avval xabar qilganimizdek, Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimiz boʻyicha 28-iyun - 2-iyul sanalarida ketma-ket 5 kun dam olish kuni boʻladi.

Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini ma’lum qiladi:

22 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
91 ta oilaviy poliklinika,
67 ta oilaviy shifokorlik punkti,
111 ta mahalla tibbiyot punkti,
tuman, viloyat va  shifoxonalari,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.


Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent viloyat filiali uning hududlardagi 22 ta filiali, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda shahar, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha tez tibbiy yordam brigadalari hamda barcha Davolash profilaktika muassasalari aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

☎️ Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

‼️Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamovning Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli tumandoshlar!

Butun musulmon ummati katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan Sizlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Asrlar davomida el-yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallab, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlab kelayotgan ushbu qutlugʻ bayram barchamizga muborak boʻlsin!

Qadrli doʻstlar!

Barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman! “Diling – Allohda, qoʻling – mehnatda boʻlsin”, degan olijanob eʼtiqod bilan yashayotgan xalqimiz doimo omon boʻlsin!

Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin! Ezgu intilish va ishlarimizda Yaratganning oʻzi hamisha madadkor boʻlsin!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Viloyatning 209 ta masjidida Qurbon hayiti namozi o‘qildi

28 iyun kuni viloyat masjidlarida Qurbon hayiti namozlarida 400 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Namozlarda mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik tufayli islomiy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, diniy e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ezgulik ishlariga berilayotgan yuksak e’tiborga shukronalik bildirildi va duolar qilindi.

Din mas’ullari tomonidan ayyom arafasida homiylarni jalb etgan holda, joylarda nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, mehnat faxriylariga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga ziyoratlar va hayriya tadbirlari uyushtirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin,
shu kunlarda viloyatdan 1000 dan ziyod yurtdoshlarimiz Haj ibodatini ado etmoqda.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Tungi vaqtda yoʻllarda, masjidlar atrofida shuningdek, Qurbon hayiti namozi vaqtida Toshkent viloyatida joylashgan barcha masjidlarda tashrif buyuruvchilarning harakat xavfsizligi ta’minlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ ас-Сиси телефон орқали мулоқотда бутун мусулмон уммати учун муқаддас Қурбон ҳайити билан бир-бирини самимий қутладилар. Ўзбекистон ва Мисрнинг дўст халқларига тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилаклари билдирилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Арабской Республики Египет Абдельфаттах ас-Сиси в ходе телефонного разговора обменялись теплыми поздравлениями в связи с наступившим священным для всей мусульманской уммы праздником Курбан хайит. Выражены искренние пожелания мира, благополучия и процветания дружественным народам Узбекистана и Египта.

#Mirziyoyev #muloqot #Misr #Qurbonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди. Давлат раҳбарлари бир-бирини ва қардош халқларимизни муборак Қурбон ҳайити билан дилдан қутлаб, тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилакларини изҳор этдилар.

Состоялся телефонный разговор между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом. Главы государств тепло поздравили друг друга и братские народы двух стран со священным праздником Курбан хайит, выразив искренние пожелания мира, благополучия и процветания.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #Qurbonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter