Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_tumani
#Iftorlik

♻️G‘animat va fazilat oyi

💫Azaldan imon-eʼtiqodli, diyonatli xalqimizning orziqib kutgan yana bir qutlug‘ ayyomi – Ro‘zai Ramazon kunlari boshlandi! Uni quvonch bilan, quchoq ochib kutib olinishida ham hikmat ko‘p. Boisi, tabiatan keng feʼl, insoniy fazilatlarga boy, qalbi ezgulikka esh xalqimiz uchun o‘zgalarga, ayniqsa yoshi ulug‘larga, eʼtiborga muhtoj, imkoniyati cheklanganlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish oliy qadriyat hisoblanadi. Ramazon oyida esa bunday xayrli amallar yanada avj olib, bor bo‘yini ko‘rsatadi.

📍Ana shunday ezgu amallardan chetda qolishni istamagan Toshkent tumani hokimligi va mahallalardagi mahalla raislari homiylar yordami bilan mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini tashkil qilmoqdalar.

Muhimi bu emas, muhimi savobtalab, saxovatpesha kishilar ibrati, ro‘zadorlarning sabr-qanoati o‘sib kelayotgan yoshlarimizda odob-axloq, olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

📹Tafsilotlar yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik

Qizg‘aldoq mahallasida kam taʼminlagan oilalar uchun iftorlik o‘tkazildi

🇺🇿Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Toshkent tumanining deyarli har bir mahallasida mahalla raisi boshchiligida iftorlik dasturxoni yozilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari mehmon sifatida taklif qilinmoqda.

Ushbu ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish katta savob. Shunday ekan saxovatpesha insonlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nuroniylar va boquvchisini yo‘qotgan yoshlar holidan xabar olish barobarida ular uchun iftorlik dasturxonini yozmoqdalar.

📱Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zador nuroniylarimiz yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz hosiliga baraka, Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochishmoqda.

📸Jarayon fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iftorlik

Qashqarlik mahallasida
iftorlik dasturxoni yozildi

Muborak Ramazon oyida ezgu amallar bajariladi, xayr-saxovatli kishilar mehr-muruvvat koʻrsatib, yetim-esir, beva-bechoralar holidan xabar oladilar, oʻz xonadonlarida iftorlik qilib, roʻzadorlarni mehmon qiladilar. Albatta, bu ishlar maqtovga sazovordir. Sababi hadislarning birida: “Kim bir roʻzadorga iftorlik qilib bersa, unga oʻsha roʻzador ega boʻlgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”, deyilgan.

Toshkent tumani Qashqarlik mahallasida Toshkent tumani Mahalla jamoat fondi mablagʻlari evaziga tashkil qilingan iftorlikka ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari hamda nuroniy otaxon va onaxonlar mehmon sifatida taklif qilindilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM