Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
#Yoshlar_festivali
⏳ Sumalak saylining davomi bo‘lgan Yoshlar festivali
🗣 Toshkent tumanining 2-va 4-sektorlarida bugun “Qadriyat va urf-odatlar uyg‘unligidagi yoshlar festivali” mavzusida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi.
🌱 Ko‘klamning quyoshli ilk kunlarida mahalla, qishloq va shaharlardagi xonadonlar, ko‘cha va guzarlarni obodonlashtirish ishlari, hashar tadbirlari, sumalak sayllarini o‘tkazishi xalqimizning azaliy udumlari hisoblanib, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Aynan shu maqsadda Toshkent tumanining 4-sektor hududida joylashgan Oqtom mahallasi Madaniyat markazi oldida sumalak sayli yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.
🔴 Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida kayvoni onaxonlar va yoshlar jam bo‘ldilar. Yosh ulug‘ keksalar sumalak tayyorlanishi uning tarixi haqida so‘zladilar. Yoshlar esa turli sport musobaqalarida ishtirok etib, o‘zlarini zamonaviy va qadimiy sport turlariga bo‘lgan muhabbatlarini, oshpazlik mahoratlarini namoyish etdilar.
📹 Batafsil yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#Yoshlar_festivali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
#Yoshlar_festivali
♻️ Sumalak saylining davomi bo‘lgan Yoshlar festivali-2-qism
💫 Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent tumanining 2-sektor hududi Qashqarlik mahallasida yaqindagina foydalanishga topshirilgan Madaniyat markazi atrofida ham sumalak sayli bo‘lib o‘tdi.
📢 Yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari, sumalak sayllarida doshqozonlarda xalqimizning shox taomi – sumalak tayyorlandi. Sumalak va boshqa bahoriy taomlardan yoshu keksa bahramand bo‘ldi. Toshkent tumani Madaniyat bo‘limi xonandalari, badiiy va havaskorlik jamoalari, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xushnudlik, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
‼️ Mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamjihatligida o‘tkazilgan yoshlar festivaliga aylangan sumalak saylida barcha maktab o‘quvchilari, korxona va tashkilot xodimlari, tuman Yoshlar ishlari agentligi vakillari barcha-barcha ishtirok etdi.
✨ Quvonarlisi har ikkala sumalak saylida qatnashgan musobaqa g‘oliblarining birortasi esdalik sovg‘asiz uyga qaytmadi.
📹 Yoshu-qarini, katta-yu-kichikni bir joyga jamlagan sumalak sayli tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#Yoshlar_festivali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
🌱 Sumalak sayillari davom etmoqda
💫 Toshkent tumani 4-sektor hududidagi Beruniy mahallasida "Navro‘z" ayyomi oldidan sumalak sayli tashkil qilindi.
🟢 Beruniy mahallasi "Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida ishlar yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan mahallalardan. Bu yerda 2321 nafar aholi 507 ta xonadon mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 200 dan ortiq xonadon xatlovdan o‘tkazildi. Aholidan tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.
✅ Shu bilan birga 7 ta bosh va 11 ta berk ko‘chalari mavjud bo‘lgan ushbu mahallada istiqomat qiluvchi aholining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida sumalak sayillari tashkil qilinib yoshlarga urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni singdirish hamda kelajakka bo‘lgan umidlarini yanada oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom etmoqda.
📹 Tadbir tafsilotlari yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
📢 Bolajonlarga milliy qadriyatlarimiz singdirilmoqda
💫 Toshkent tumani 17-maktabgacha taʼlim tashkilotida sumalak sayli o‘tkazildi.
♻️ Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va anʼanalarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyatini ulg‘ayib kelayotgan avlodga singdirish maqsadida o‘tkazilgan sumalak sayli davomida bolajonlar milliy taomlarning tayyorlanishi bilan yaqindan tanishdilar, o‘zbek milliy liboslarida raqsga tushdilar, adiblarimizning bahor fasligi atalgan sheʼrlarini yod oldilar.
📸Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
📸Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli
#2_sektor
Sirg’ali mahallasida sumalak sayli
Toshkent tumanida millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida 2-sektor hududi Sirg‘ali mahallasida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sumalak sayli o‘tkazildi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishda Navro‘z bayramining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
📹 Jarayon yuqoridagi videolavhada.
✅ Telegram💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
#2_sektor
Sirg’ali mahallasida sumalak sayli
Toshkent tumanida millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida 2-sektor hududi Sirg‘ali mahallasida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sumalak sayli o‘tkazildi.
Hozirgi kunda jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishda Navro‘z bayramining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
✅ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM