Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi


Joriy yil 27-dekabr sanasida o'tkazilgan sessiya kun tartibida 12 ta masala koʻrib chiqildi.

Xususan, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev 2025-2027- yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish taqdimoti bilan yigʻilganlarni tanishtirdi hamda maqsad va rejalar, bunda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasi haqida axborot berdi.

Shuningdek, sessiya davomida 2,3 va 4-sektor rahbarlarining hisobotlari tinglanib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Tuman hokimining oʻrinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, Adliya boʻlimi boshligʻining 2024-yil natijalari boʻyicha hisobotlari deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan soʻng bir ovozdan maʼqullandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Tuman hokimi tabrigi joʻnatildi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashevga biriktirilgan 10 ta oila farzandlariga eʼtibor sifatida tabrik joʻnatildi.

Ushbu eʼtibor ramzi boʻlgan sovgʻalar bolajonlarning bayram oldi kayfiyatini koʻtarishga va quvonchli bolalik xotiralarini boyitish uchun xizmat qilishiga ishonamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Yangi yil shukuhi hadya qilinmoqda


Yangi yil bayrami munosabati bilan Bosh prokuratura Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila farzandlariga yangi yil sovgʻalari topshirildi.

Prokuratura xodimlari bolajonlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy qutlab, ular kelajakda vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan komil inson boʻlib shakllanishi haqida niyatlar bildirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtirof

Yangi yil arafasida bir qator mahalla raislari taqdirlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Toshkent tumani boʻlimi tomonidan yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi hamda mahalla raislari bilan 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.

Tadbir yakunida, tuman hokimi tomonidan faoliyatida yutuqlarga erishgan va jinoyatchilik deyarli qayd etilmagan mahalla raislari taqdirlandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Aziz bolajonlar va ularning ota-onalari!


Toshkent tumani hokimligi Sizlarga shuni maʼlum qiladiki, joriy yil 28-dekabr kuni soat 17:00da Markaziy sayilgohda oʻrnatilgan bosh archa oldida "Yangi yil sarguzashtlari ertagi" namoyishi boʻlib oʻtadi.

Tumanimizning asosiy bayram tadbiriga tashrif buyuring va tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan yangi yil dasturini tomosha qiling.

Turli ertak qahramonlari va katta qoʻgʻirchoqlar ishtirokidagi konsert dasturi Sizlar uchun namoyish qilinadi.

Demak, 28-dekabr kuni soat 17:00dan boshlab Sizlarni tuman markaziy sayilgohidagi bosh archa oldida kutamiz.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_yanvardan

🖥 Qonunchilikka muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

Bunda, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik

Ochiq eshiklar kuni


Kecha, Oʻzbekiston Respublikasi  Jamoat Xavfsizlik Universitetida Toshkent tumanida joylashga umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirga kelgan oʻquvchilar uchun harbiy texnika va qoʻl jangi sanʼati, qurol aslahalar namoyish qilindi.

Shuningdek oʻquvchi yoshlar universitetda yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishtirildi.

Ushbu tadbirda Toshkent tumanidagi maktablarda tuzilgan Vatan tayanchi otryadi aʼzolari faol qatnashdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga boshliq tayinlandi


Nurmurodov Aʼzam Kuntugʻmish oʻgʻli - Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi

A. Nurmurodov 1992-yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.  2013-yil Toshkent davlat texnika universitetini bakalavr, 2016-yil magistraturasini, 2022-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.

U faoliyati davomida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Toshkent viloyati Keles filialida qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent tumani Qir-ariq mahallasi hokim yordamchisi vazifasida ishlagan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM