Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Investitsiya

Tadbirkor muammolari o‘rganildi


Bugun, Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari O.Kenjayev tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va tezkor hal qilish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida tumanda faoliyat boshlagan bir martalik sochiqlar va boshqa gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "CARE LINE GLOBAL" korxonasi vakillari bilan muloqot olib bordi.

Muloqot davomida mavjud muammolar, ularning yechimi, korxonaga kiritilishi rejalashtirilgan investitsiyalar haqida so‘z bordi. Uchrashuvdan asosiy maqsad tumanning investitsiya jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya
#Toshkent_tumani

Yaponiya kompaniyasi
bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 2024-yil 11-iyul kuni Toshkent tumani hokimligi hamda Yaponiyaning “TOKAI KINZOKU KOGYO Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov, “TOKAI KINZOKU KOGYO Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Shogo Aoki janoblari hamda o‘zaro aloqalarni o‘rnatayotgan ikki tashkilot mas'ullari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda Toshkent tumani hududida ofis mebellari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

📷Jarayon yuqoridagi foto va videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Toshkent tumani “Keles” suv inshooti mahallalarga ichimlik suv yetkazishni boshladi

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Toshkent tumani hokimi investorlar bilan muzokara oʻtkazdi


Xitoy Xalq Respublikasining Zhongshan Power Lithium Valley Energy Co. Ltd. va Zhejiang Runma Solar Energy Group kompaniyasi vakillari Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bilan suhbat davomida kompaniya faoliyati va ustuvor vazifalari yuzasidan taqdimot oʻtkazib, bir nechta yoʻnalish boʻyicha qulay va jozibador takliflarini bildirdilar.

Maʼlumot uchun aytish joizki, Zhongshan Power Lithium Valley Energy Co. Ltd kompaniyasi energiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boradi, ayni paytda litiy-ion batareyalari va energiyani saqlash tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya turli sohalarda, jumladan, elektromobillar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaradi.

Zhejiang Runma Solar Energy Group kompaniyasi esa quyosh energiyasi sohasida faoliyat olib boradi, quyosh panellari, quyosh energiya tizimlari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya yechimlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Soʻnggi yillarda quyosh energiyasi Xitoyda va global miqyosda ommalashgan, bu esa kompaniyani ushbu sohada muhim raqobatchiga aylantiradi. Kompaniya yuqori sifatli quyosh panellari, invertorlar, energiyani saqlash batareyalari va boshqa quyosh energiya tizimlari komponentlarini ishlab chiqaradi.

Muloqot va kelishuv natijasida chet el kompaniyasi vakillari 25 000 - 50 000 KVt quvvatiga ega boʻlgan quyosh panellarini imtiyozli ravishda aholi xonadonlari va tadbirkorlik subʼektlariga oʻrnatishga kelishib olindi

Bu esa oʻz oʻrnida, Toshkent tumaniga kiritilayotgan investitsiyaning bir turi hisoblanib, kelajakda hududda qulay investitsion muhit yaratilishiga va yirik tadbirkorlik yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Muloqotdan soʻng investorlar, investitsion muhitni oʻrganish maqsadida tumandagi "Bonito" va "SFAD" MCHJlarda boʻldilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Xitoylik investorlar bilan memorandum imzolandi


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Zhejiang Ujonwe Energy Storage Technology Co., Ltd. vakillari bilan uchrashdi. Energiyani saqlash texnologiyalarini ishlab chiqarish va rivojlantirish bilan shugʻullanadigan kompaniya Xanchjouda, innovatsion sanoat parkida joylashgan boʻlib, sanoat korxonalari va xonadonlar uchun energiyani samarali saqlash uchun yechimlar ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.

Uchrashuv natijasida 25 mln. dollarlik kelishuv memorandumi imzolandi. Kompaniya bilan imzolangan Memorandum Toshkent tumaniga yangilanuvchi energiya manbalarida samarali foydalanish va energiya sarfini kamaytirish imkonidan keng foydalanish sharoitini yaratadi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Maqsad:
Investitsiya jalb qilish

Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining Savdo departamenti direktori Pan Yuemei boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi Toshkent tumani boʻlimi boshligʻi tomonidan tashkil qilingan uchrashuv davomida Oʻzbekiston, shu jumladan Toshkent tumani ichki bozorini rivojlantirish, ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash va tumanga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi rahbari bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan texnikalarni tumandagi fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlariga taklif qilish va bu bilan ikki davlat oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yaxshilash boʻyicha taklif va mulohazalar yuritildi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Yangi loyiha muhokamasi natijali boʻldi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev xorijiy investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat Palatasi Toshkent tumani boʻlimi rahbari R.Zaripov ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda 15 million dollarlik investitsion loyiha muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv natijasida Xitoy Xalq Respublikasining “Prime Daile goods PDG” kompaniyasi va Toshkent tumani hokimligi oʻrtasida 30 hil turdagi bir martalik salfetkalarni ishlab chiqrish boʻyicha yirik investitsion loyihani ishga tushirish Memorandumi imzolandi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Turk mutaxassislari bilan uchrashuv oʻtkazildi


Kecha, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Turkiya Davlatining mutaxassislari bilan uchrashdi.

Xususan, Markaziy ofis rahbari Ilkar Kavak, oʻlka mudiri Akar Boray va dizayn shef Alp Baykan bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida Toshkent tumani hududida amalga oshiriladigan loyihalarning maqsadi, vazifasi va joylashuvi, shuningdek shartlari va rejalari haqida soʻz yuritildi.

Uchrashuv natijasida, bir hafta muddatda amalga oshiriladigan loyihalarning reja-grafigi, smetasi va dizayni ishlab chiqilib, tuman hokimiga taqdim qilishga kelishib olindi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Investitsiya

Hokim oʻrinbosari ishlab chiqarish obyektida


Bugun, Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi A.Muhiddinov Bunyodkor mahallasida boʻldi.

Hokim oʻrinbosari mahallada joylashgan "ZHUJI HENGKE PIPELINE" MCHJ qurilish mahsulotlari, plastmassa trubalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy korxonasi muammolari, reja va takliflarini yaqindan oʻrganish uchun ishlab chiqarish obyekti rahbari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, korxonada 10 nafar ishchi xodim bandligini taʼminlanganligi, mahsulotlar asosan ichki bozor uchun tayyorlanishi va ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish uchun zarur choralar koʻrilayotganligi maʼlum boʻldi.

A.Muhiddinov xorijiy korxona rahbaridan mavjud muammolar haqida soʻradi va zarurat tugʻilgan taqdirda ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish va shu bilan birga ishchi oʻrinlar sonini oshirish boʻyicha kerakli koʻmak koʻrsatishini bildirib, bu borada oʻz fikr va mulohazalarini bayon qildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM