Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.39K subscribers
18.4K photos
4.3K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani hokimiyati qarshisidagi koʻp qavatli uylar oldida chiqindi tashlash uchun urnalar yoʻqligi, piyodalar yoʻlagiga avtomashinalar qoʻyib tashlangani tanqid qilingan.

Mazkur holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Yakuniy natijalar yuzasidan maʼlumot beriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

O‘zbekistonning tashqi siyosatda so‘nggi vaqtlarda erishilayotgan yutuqlari haqida Toshkent tumani Chig‘atoy mahallasi raisi Doniyor G‘aniyevning munosabati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#munosabat

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ shuni ma’lum qiladiki, mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.

Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.

Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz.

AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Energetika vazirligi Axborot xizmati,
“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

♻️Toshkent tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Lola Shermatovaning munosabati.

🟢“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–208-son, 21.12.2023 y.) qabul qilindi.

🏢 Farmonga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

🔰 Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

▫️Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shu munosabat bilan tizimda qanday o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda?

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
#Raddiya Bloger Olimjon Toʻxtanazarovning “Toshkent viloyati hokimligi diqqatiga!” nomli videolavhasi yuzasidan: «Prezident blogerlari» nomli YouTube ijtimoiy tarmogʻi sahifasida bloger Olimjon Toʻxtanazarov tomonidan Toshkent tumani Bahor mahallasi hududida…
#Munosabat

Qonun ustuvorligi - zamon talabi


Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda bloger Olimjon To‘xtanazarov tomonidan tayyorlangan videolavhaga "raddiya" bergan edik.

Xabar berganimizdek, 29-mart kuni, fuqaro Ortiq Sobirov o‘zboshimchalik bilan egalik qilib kelayotgan, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni E-auksion platformasi orqali savdoga chiqarilib, shaffof tarzda o‘z egasini topdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, “Ulug‘bek Grand” MCHJga qarashli bo‘lgan va davlat zaxirasiga qaytarilgan yer maydonlari, shu jumladan fuqaro O. Sobirov firibgarlik yo‘li bilan ega chiqmoqchi bo‘lgan yer maydoni auksionda salkam 7 milliard so‘mga qishloq xo'jaligida foydalanish uchun sotildi.

Yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs. Shuning uchun yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni taʼminlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri.

Qonunchilikda yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash, undan xo‘jasizlarcha foydalanish va yer hisobini yuritishdagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shunday ekan, yollanma shaxslar, turli blogerlar yordamida xo‘jasizlarcha yerdan foydalanishga va davlat budjetiga zarar yetkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Shu jumladan, bloger-Olimjon To‘xtanazarovning ham!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro tomonidan viloyat hokimi Z.Mirzayevga Toshkent tumani, Bunyodkor MFYda birlamchi tibbiyot muassasasi yo‘qligi, natijada aholining 5 km uzoqlikdagi boshqa poliklinikaga murojaat qilayotganligi va ushbu mahallada tibbiyot muassasa tashkillashtirish bo‘yicha so‘roviga asosan Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-215-sonli qarori asosida tibbiyotni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Toshkent tumani, Bunyodkor MFY hududida ixcham mahalla tibbiyot punktini tashkillashtirish uchun tuman hokimligi tomonidan 1 dona 6 metr va 1 dona 12 metrli konteynerlar o‘rnatilgan.

Hozirda ushbu o‘rnatilgan konteynerlar atrofini o‘rash, naves tashkil etish, elektr, suv va kanalizatsiya tarmog‘iga ulash ishlari tuman hokimligi tomonidan yakuniga yetkazilgandan so‘ng, tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan ta'minlanib, shifokor va hamshiralar biriktiriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Toshkent tumani Sarke mahallasi hokim yordamchisi Ibratilla Fayzullayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarga munosabati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

‼️ Toshkent tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot


Joriy yilning 24-may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan oʻtgan 4R4 “Toshkent sh-Keles-Qozoqkentsoy q” avtomobil yoʻlining 1-kilometrida haydovchi 1993 yilda tugʻilgan R.R “Toyota Prado” rusumli transport vositasini Keles-Toshkent sh. yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan vaqtida qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan “Cobalt”, “Damas”  va “Spark” rusumli transport vositalari bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Natijada “Toyota Prado” va “Cobalt” rusumli transport vositalari haydovchilari voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Reaction #Oтношение

Prezident tashrifi: Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari belgilab berildi
. Toshkent tumani misolida tanishamiz.
__________

Presidential Visit: The priority directions for the socio-economic development of the Tashkent region have been defined. We will explore this through the example of the Tashkent district.
__________

Визит Президента: определены пререготивные направления социально-экономического развития Ташкентской области.
Знакомимся на примере Ташкентского района.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Munosabat

Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi bo‘yicha jamoatchilik munosabati
#16oct #uzbekiston24

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Intervyu 24 | Sodiq Toshboyev - Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi

Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi muhokamada

#9feb #uzbekiston24

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Joriy yil 14-fevral kuni Koʻksaroy qarorgohida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti oʻtkazildi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoshlarning takliflari eshitildi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumanidagi "Zukko" oʻquv markazi rahbari Azimjon Sobirov maqsad va rejalari haqida gapirdi.

📹 Batafsil videorolikda

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Joriy yil 14-fevral kuni Koʻksaroy qarorgohida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti oʻtkazildi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoshlarning takliflari eshitildi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani A. Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisi A. Xalilov maqsad va rejalari haqida gapirdi.

📹 Batafsil videorolikda

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM