Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Bandlik

Probatsiya hisobida turuvchilar ishga joylashtirildi


Joriy yil 29-yanvar sanasida Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida jazo o'tayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida "Ishga marhamat" aksiyasi oʻtkazildi.

Toshkent tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turuvchi va jazo oʻtab kelayotgan shaxslarni ishga joylashtirishdan maqsad, ularni ijtimoiy moslashuvini taʼminlash hamda kundalik hayotiga zarur boʻladigan moliyaviy daromadga erishishlariga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida probatsiya hisobida turuvchi, jazo oʻtayotgan shaxslarning 3 nafari ishga joylashtirildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

Mototransport vositalarini boshqaruvchilar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi “Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 16-noyabrdagi tegishli koʻrsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida moped, skuter va mototsikllar davlat roʻyxatiga olinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-yanvar kuni soat 10.00 da Toshkent tumani IIB YHXB  binosiga mototransport vositalarini boshqaruvchilari taklif etiladi.

Unda haydovchilik guvohnomasi talab etilishi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish borasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Eslatma:

Ushbu tadbirga Toshkent tumanidagi barcha moped, skuter va mototsikl haydovchilari taklif etiladi!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish tartib-taomillari takomillashtiriladi


Qaror (PQ-30-son, 27.01.2025 y.) bilan “O'zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

⚡️ Unga ko'ra, Prezident qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:

▪️axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiqish tartib-taomillarini takomillashtirish;
▪️davlat sirlarini himoyalashda axborotni kriptografik muhofaza qilish dasturiy vositalaridan foydalanish talablarini belgilash;
▪️axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash muddatini uzaytirish;
▪️xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibini takomillashtirish.

Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, dasturiy axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi (AKMV)dan davlat sirlarini himoyalashda foydalanishga qonunchilik hujjatlari va milliy standartlar, shuningdek, Vakolatli organning idoraviy hujjatlari talablari doirasida ruxsat etiladi.

📌 Bunda dasturiy AKMVdan davlat sirlarini himoyalashda foydalanish to'g'risida ularning nusxalari soni va ulardan foydalanish maqsadini ko'rsatgan holda Vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilish shart.

🗓 Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati besh yil muddatga beriladi.

📝 Xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish to'g'risidagi arizaga O'zbekiston Milliy sertifikatlash tizimida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari AKMV texnik xususiyatlarining batafsil tavsifi, AKMVni ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga qo'yishda xorijiy davlatlarning akkreditatsiyadan o'tgan sinov laboratoriyalarida o'tkazilgan sinov bayonnomalarining (hujjatlarining) tasdiqlangan nusxalari ilova qilinishi shartligi belgilandi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

❗️BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA!

 
🟢Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi toʻgʻrisida”gi qonunining 13-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etishi yoʻlga qoʻyilgan.

Bunga koʻra, ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish va boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga koʻra «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etilishi, boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida"gi maʼlumotlar boʻsh (vakant) ish oʻrinlari milliy bazasiga kiritilishi belgilangan.

♻️Shuningdek, qonun talablari asosida ish beruvchilar korxonasidagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalliy mehnat organiga taqdim etishi lozim boʻladi.

❗️Aks holda, yuqoridagi qonun talablarini bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 229-moddasiga koʻra, maʼmuriy  jarima solinishiga sabab boʻladi.

Shu sababdan, Hurmatli Toshkent tumani hududida faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar, aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatni oshirish choralari ko'rilmoqda

joriy yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig'i ijrosini samarali tashkil etish va natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan tuman hokimligi ijroga mas’ul xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent tumani Adliya bo‘limi bosh yuris-konsulti B.Rahimov hamda tuman hokimligining ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi N.Yuldashevalar tomonidan, "Hokimiyat tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10 -fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son Qarori asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash va bajarilishini tashkil qilish" hamda "Ijroga mas’ul tashkilot va xodimlarning kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish" mavzularida ma'ruzalari eshitildi.

📸Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

Yana bir yoshga koʻmak koʻrsatildi


Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur yordamlarni koʻrsatish bugun, davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan tizimga aylanganligi hech kimga sir emas.

Shu nuqtai nazardan Toshkent tumanida ham bu yoʻnalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar davlat himoyasida.

Shunday boʻlsada, nogironligi bor shaxslarga nafaqat davlat tomonidan, balki homiylar yordami bilan kerakli koʻmaklar koʻrsatilmoqda.

Xususan, kuni kecha, Xiyobon mahallasi yettiligi koʻmagi hamda yoshlar yetakchisining saʼy-harakatlari natijasida, aynan shu mahallada yashovchi Bekzod Qodirbekovga homiylik mablagʻlari hisobidan elektron nogironlik aravachasi sovgʻa qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umra
#Videorolik

❗️Noqonuniy tarzda Umra ziyoratiga yuboradigan "Turfirma"larga aldanmang!


📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM