Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.9K subscribers
20.2K photos
4.64K videos
31 files
13.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Axborot 24 | Toshkent tumani sport maktablari iqtidorlarni kashf etmoqda

#19jan #uzbekiston24

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_xodim

FOTOREPORTAJ: "SANOAT MAHALLASIDAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATIDAN


Bugungi kunda Sanoat mahallalasida   2ming 900dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ular to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilmoqda.

45 ta “Keys menejment”  ochilib,  oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holati yaxshilashga  erishildi.

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan aholi bilan manzilli ishlar olib borilib, iqtisodiy ahvoli tahlil qilinmoqda.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash, ma’lumotlarni taqdim etish ishlari samarali tashkil etilmoqda. Uyma-uy yurish chog‘ida ular o‘rtaga tashlayotgan masalalarni hal etish yo‘llari izlanmoqda.  

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va ijtimoiy xodim keys menejment usulini qo‘llagan holda barcha muammolarini bosqichma-bosqich hal etilmoqda.


📸O'rganish jarayonlari fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Hokim hududda


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan sayyor qabuldan soʻng, Zaxariq mahallasi sharoitini oʻrgandi.

Xususan, mahalladagi "Qizgʻaldoq" oilaviy shifokorlik punktida aholiga xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Shifokorlar koʻchasining asfalt masalasini hal qilish yuzasidan masʼullarga bir qator topshiriqlar berdi.

Oʻrganish davomida Mahalla uyushmasi raisi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi boshliqlariga koʻcha chetlarini tozalash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, aholi tomorqalarini tartibga keltirish boʻyicha vazifalar yukladi.

📸O'rganish jarayoni fotosuratlarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Zaxariq mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev navbatdagi fuqarolar qabulini bugun, Zaxariq mahallasida oʻtkazdi. Sayyor qabul mahalla idorasi binosida bo'lib o'tdi.

Qabulni tuman hokimi bilan birgalikda Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedov oʻtkazdi. Unda tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham qatnashdilar.

Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin fuqaroning elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 10 tasi joyida hal qilindi, 16 tasi mas'ullarga biriktirildi qolgan 4 tasi tuman hokimi nazoratiga olindi.

📸Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kriminogen vaziyat og'ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi


“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-1-son) qabul qilindi.

⚡️ Qarorga ko'ra, mas'ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.

📜 Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator yo'l xaritalari hamda 2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

📁 Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, Dastur va “yo'l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilib borish uchun Bosh prokuratura huzurida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhi tuziladi.

🔍 Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari o'rinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat og'ir mahallalar nomma-nom biriktiriladi.

🗓 Mas'ullar faoliyati har oy yakunida – ichki ishlar vaziri huzurida, har chorak yakunida – Bosh prokuror huzurida, har yarim yilda Bosh vazir huzurida tanqidiy muhokama qilinadi, har bir mahalla kesimida Prezidentga axborot berib boriladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maʼlum sabablarga koʻra olmagan pensiyangizni 12 oyligini emas 24 oyligini olishingiz mumkin

📌 Bugungi kunda qonunchilikda pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilganligi belgilab qoʻyilgan.

🛬 Misol uchun, siz maʼlum sabablarga koʻra chet elga ketdingiz va 2 yildan soʻng Oʻzbekistonga qaytib keldingiz.

Bunda siz pensiyangiz toʻxtatilgan kundan boshlab 2 yillik muddatdagi pensiya mablagʻlaringizni olish huquqiga ega boʻlasiz.

Buning uchun Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Bu yil “Ayollar daftari”da qanday o‘zgarishlar
kutilmoqda?
________

What changes are
expected in the “Women’s notebook” this year?
________

Какие изменения
ожидаются в этом году в «Женской тетради»?

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM