Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Topshiriq_ijrosi

Suv taʼminoti boʻlimi topshiriq ijrosini taʼminladi


Xabaringiz bor, tuman hokimi hududlardagi muammolarini oʻrganishi maqsadida nafaqat xar bir mahallada sayyor qabul oʻtkazmoqda, balki mahallalarni yayov kezib, fuqarolar bilan suhbatlashmoqda.

Ana shunday suhbatlarning birida Toshkent tumani Tinchlik mahallasi faollari tomonidan tuman hokimi Sardorbek Ergashevga mahallaning Hamdoʻstlik koʻchasidan oʻtuvchi ariq bilan kesishuvchi D-76 mm ichimlik suv tarmogʻi sababli, ariqda chiqindilar yigʻilayotganini maʼlum qilib, ushbu masalada murojaat qilgan edilar.

Bugun, Toshkent tumani suv taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan, tuman hokimi topshirigʻi ijrosi taʼminlanib, suv tarmogʻi ariq sathidan koʻtarildi va bu bilan aholi murojaati ijobiy hal qilinib, ariqda har xil chiqindilarning yigʻilib qolishi oldi olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_himoyachilari_sharafiga

"Askar onalarini sharaflaymiz"

Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida Davlat rahbarining 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni va "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligini munosib o‘tkazish to‘g‘risida"gi topshirig‘iga asosan "Askar onalarini sharaflaymiz" mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi.

Unda Toshkent tumani studiyasidan Andijon viloyatida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlarning ota-onalari bilan videokonferensiya tarzidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ota-onalar Toshkent viloyatidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan farzandlari bilan videokonferens-aloqa orqali suhbatlashdilar.

Uchrashuv davomida har ikkala tomonning xursandchiligi va minnatdorligi ko‘zlaridan va so‘zlaridan bilinib turdi. Videokonferensiya ishtirokchilari tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Tadbirdan so'ng muddatli harbiy xizmat o'tayotgan askarlar uchun "G'alaba bog'iga" sayohat uyushtirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Topshiriq_va_ijro

Aholi murojaatlari eʼtiborda


Bugungi kunda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashevga telegram va instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda va ular tuman hokimi eʼtiboridan chetda qolmasdan, birin-ketin hal qilinmoqda.

Xususan bugun, Toshkent tumani Zaxariq mahallasi Shifokor koʻchasi fuqarolarining murojaati ijobiy hal qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari evaziga (ABR loyihasi doirasida) tortilgan suv tarmoqlari joylashib, ishga tushgunga qadar talab etiladigan vaqt oraligʻida aholi loy koʻchalarda yurmasligi uchun, Toshkent tumani suv taʼminoti boʻlimi tomonidan Shifokorlar koʻchasiga shagʻal toʻkilib, asfalt qilingunga qadar oz boʻlsada qulaylik yaratish choralari koʻrildi.

📸Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35 kVAli L-Sariagach uzatish tarmogʻida joriy ta'mirlash hamda simlarni daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent tumanining Masalboy, Koʻkterak, Navoiy, Kultepa, Ma'rifat fiderlaridan ta`minlangan Chuvalachi, Kultepa, Shirin, Istiqbol, Kalas, Maʼrifat, Gulobod, Uch-Chinor, Farovon, Uch-Sada, Xalimkop, Sagʻbon, Obodlik, Zargar, Majnuntol, Hiyobon, Sohibkor, Nurhayot, mahallalarida va ushbu mahallarda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda joriy yil 9-yanvar kuni soat ❗️10:00 dan 17:00 gacha ❗️elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (914-son, 30.12.2024 y.) bilan “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizom qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.

📜 U quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;

🔹tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo'lga qo'yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;

🔹qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo'yicha xulosani shakllantirish.

Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:

▪️yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;

▪️yaylovlarda chorva mollarini o'tlatishda eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to'g'risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo'yicha aniqlangan eng ko'p yo'l qo'yiladigan foydalanish me'yorini ta'minlash;

▪️yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;

▪️yaylovlarning qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o'tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Maktab qurilishi oʻrganildi


Bugun erta tongdan, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi 26-umumtaʼlim maktabida qurilayotgan qoʻshimcha bino holatini oʻrgandi.

Qoʻshimcha binoning qurilishi 2024-yil iyun oyida boshlangan boʻlib, bugungi kunda yakunlanish ishlar muddatidan kechikganligi sababli, tuman hokimi tomonidan qurilish obyekti shaxsan oʻrganildi.

Hozirgi kunda maktabda 2 ming nafar oʻquvchi taʼlim oladi, biroq maktab 660-oʻringa moʻljallangan boʻlganligi sababli qoʻshimcha binoga ehtiyoj tugʻilgan.

Shuningdek, ushbu taʼlim muassasasida 30ta mahallada istiqomat qiluvchi o'g'il-qizlar taʼlim oladi.

Mana shu oʻgʻil-qizlarning taʼlim olish sharoitini yanada yaxshilash maqsadida qurilishi boshlangan binoning kamchiliklari, topshirilish muddatining kechikishi sabablari tuman hokimi tomonidan oʻrganilib, pudrat tashkilotga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha topshiriq hamda yangi binoning topshirilishi muddatini tezlashtirish boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Roʻyxatga_olish

Toshkent tumanida xonadonlarni raqamlanish holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda


Joriy yilning 8-yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasining “Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni oʻtkazish” boʻlimi boshligʻi U.Sattorov tomonidan aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Toshkent tumani Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida mahalla faollari bilan birgalikda raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari o'tkazildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish

Maktabgacha taʼlim olish sharoitini yaxshilash maqsadida
...

Xabaringiz bor, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi qurilish ishlarini nazorat qilish maqsadida, qurilayotgan taʼlim maskanlaridagi jarayonlarni shaxsan joyiga chiqib oʻrganmoqda.

Xususan bugun, tuman hokimi Qirariq mahallasida qurilayotgan yangi maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

25-Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi 1940-yilda qurilgan boʻlib, 140 oʻringa moʻljallangan boʻlgan va unda 255 nafar bola taʼlim-tarbiya olib kelgan. Hozirda esa homiylik asosida ushbu bogʻcha 360 oʻrinli maktabgacha taʼlim maskani sifatida qaytadan qad rostlamoqda.

Tuman hokimi qurilish obyektini oʻrganar ekan, mavjud muammolar, zarur yordamlar bilan qiziqdi hamda maktabgacha taʼlim muassasasini foydalanishga topshirilishi muddati haqida maʼlumot oldi.

Homiylik asosida qurilayotgan ushbu maskan, joriy yil mart oyida topshirilishi koʻzda tutilgan va buning natijasida Qirariq va Qorasaroy mahallasida yashovchi bolajonlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM