Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
6.65K subscribers
21.1K photos
4.77K videos
31 files
13.6K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yigʻilish

Mahalla yettiligi faoliyati sarhisob qilindi


Bugun, tuman hokimligi katta majlislar zalida Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida mahalla yettiligi vakillari bilan yigʻilish oʻtkazildi.

3-va 4-sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlashda yoʻlga qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy muhokamaga qilindi.

Xususan, bir nechta mahalla raislari oʻz faoliyatida yoʻlga qoʻygan sustkashliklari uchun qatʼiy ogohlantirildi.

Shuningdek yigʻilishda, "Kambagʻallikdan-farovonlik sari" dasturi ijrosini taʼminlash, bunda aholini kambagʻallikdan chiqarish uchun yetarli sharoit yaratish hamda koʻrsatilgan yordamlar natijasida oilalarni kambagʻallik reyestridan chiqarish masalalariga qatʼiy eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlandi.

📸Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

"Kambagʻallikdan-farovonlik sari
"

Aynan shu dastur doirasida kecha,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi oʻquv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tadbir davomida tuman hokimi "Zukko" oʻquv markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishib markazdagi oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Tuman hududida joylashgan 7 ta oʻquv markazi rahbarlari bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida markazlarni bugun qiynayotgan masalalar haqida suhbat yuritildi hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida "Zukko", “HOGWARTS EDUCATION”, “Mamura ilm kurslari” “Premium work time”, "Elevatye", “HOGWARTS EDU” va "Ibrat" oʻquv markazlari rahbarlari bilan 2025-yil davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini xorijiy til va kasb-hunarga oʻqitishni Toshkent tumani Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirish reja qilib olindi.

📸Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
#Sayyor_qabul

Uch sada mahallasida 3-sektor rahbari boshchiligida fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi

♻️Toshkent tumanidagi Uch sada mahallasida 3-Sektor rahbari D.Mirzamamedov boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹Qabulni Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov bilan Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedovlar oʻtkazdi.

Unda Toshkent tumani gaz taʼminoti boʻlimi, tuman Elektr taʼminot korxonasi va mahalla 5-ligi faol ishtirok etib fuqarolar bilan mahalla hududidagi kamchiliklar oʻrganildi.

✏️Uchrashuvdan soʻng, mahalladagi Birdamlik 4-berk koʻchasi 1-uydagi baxtsiz hodisa tufayli yonib ketgan uyda yashagan fuqarolar holidan xabar olinib vaziyat oʻrganildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlarda

Tuman hokimi eng koʻp murojaat boʻlgan mahallalarga bordi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar tumanning Gultepa, Gulobod va Kensoy mahallalarida boʻldi.

Ushbu mahallalarga borishdan maqsad, ijtimoiy tarmoq orqali yoʻllangan va bartaraf qilingan muammolarning bugungi holatini hamda ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik taʼminoti holatini oʻrganishdan iborat boʻldi.

Tuman hokimi mahallalarga borar ekan, u yerdagi aholi yashash sharoitini, xonadonlardagi issiqlik taʼminotini, shu bilan birga maktabgacha taʼlim tashkilotlari, taʼlim maskanlarida bolalar tarbiyasi uchun yaratilgan sharoitlarni yaqindan oʻrgandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏1
#Amal_qiling

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

✔️ Bunda, savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini ko'p miqdordagi qiymatda buzish quyidagicha miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi:

🔹fuqarolarga BHMning 70 baravari (26 mln 250 ming so'm);
🔹mansabdor shaxslarga BHMning 80 baravari (30 mln so'm).

📋 Shuningdek, tovarlar savdosi yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini juda ko'p miqdordagi qiymatda buzish BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ammo, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran 30 kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
“Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi” qizg‘in pallaga kirdi

⚡️“Yoshlar Forumi – 2024” doirasidagi ushbu tadbirda 300 ga yaqin eng faol yoshlar yetakchilari 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.

Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, huquqbuzarlikni oldini olish,“Yoshlar balansi” va “Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ishlash borasida ekspertlardan qimmatli tavsiyalar olishdi.

♻️Ushbu forumda Toshkent tumani A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi ham faol Ishtirok etmoqda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Bog'zor podstansiyasidan chiquvchi 35/10 kv 10000 kVa quvvatli T-1 transformatorida avariya holati yuzaga kelgani sababli Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Oqtosh (qisman) mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 20-dekabr kuni avariya bartaraf etilmaguncha elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Ayni damda avariyani bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🎉1👌1
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тадбиркорликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш бўйича жорий йил якунлари ва 2025 йилга асосий режалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ҳамда етакчи тадбиркорлар билан мулоқот бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной в текущем году работы и основным планам на 2025 год по всемерной поддержке предпринимательства, а также диалог с ведущими предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
👍2
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#Jarayon

Yongʻin oqibatlarini bartaraf qilishga koʻmaklashildi


Bugun erta tongdan, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev yongʻin oqibatlari bilan yaqindan tanishish uchun Uch sada mahallasi Birdamlik koʻchasidagi xonadonlarning birida boʻldi.

Oila vakili E.Oʻrmonov bilan boʻlib oʻtgan suhbat davomida tuman hokimi yongʻin oqibatlarini bartaraf qilishda kerakli yordamlar, mavjud muammolar haqida soʻradi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini koʻmak uchun chaqirdi.

Suhbat yakunidan soʻng, tuman hokimining oʻrinbosari S.Mirsagatov tomonidan xonadon egalariga yongan xonadondan yaroqsiz buyumlarni olib chiqib ketish uchun texnika jalb qilishda koʻmaklashdi.

Shuningdek, qurilish ishlari boshlanganidan soʻng, tuman hokimi tomonidan quruvchi-mutaxassilarni jalb qilib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda yordam koʻrsatishga kelishib olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134🔥1