Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Oʻrganish

Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi


Bugun, bir guruh masʼullar Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida Ozodlik va Huvaydo mahallalarida boʻldilar.

Maqsad, aholining tomorqasidan samarali foydalanayotganini oʻrganish, tomorqalarida toʻqsonbosti ekinlarini va limon koʻchatlarini, ochiq maydonlarga daraxt koʻchatlarini ekishga chaqirishdan iborat boʻldi.

Biroq, tuman hokimi mahalla koʻchalarining deyarli har bir burchagida uyulib yotgan maishiy chiqindi qoplari, keraksiz mebellarni koʻchaga uloqtirilganligining guvohi boʻldi va ushbu holatni tezkorlik bilan bartaraf qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Umuman olganda atrof- muhit tozaligiga masʼuliyat bilan yondashish madaniyati bizda nechogʻli ekanini, koʻp qavatli uylar hovlisida betartib sochilib yotgan chiqindilar, har xil idishlaru, mahsulotlarning qogʻoz qoldiqlaridan bilib olish mushkul emas. Bu haqida qancha gapirilmasin, yozilmasin toki har bir oʻzini madaniyatli deb biladigan shaxs oʻzini tabiatga daxldor hisoblamas ekan, koʻzda tutilgan natijaga erishish qiyin.

Atrof-muhitning tozaligi, musaffo va xushmanzaraligi, qolaversa tuman hokimi aytganlaridek, hududlarimizni "Yashil makon"ga aylantirish eng avvalo kishining kayfiyati va salomatligiga foydali. Qolaversa, madaniyatli kishilar yashaydigan hudud hamisha toza, orasta va keraksiz chiqindilardan xoli boʻladi. Shuningdek, oʻzini madaniyatli, maʼnaviyatli va chin insoniy fazilat sohibi sanagan odam hech qachon toʻgʻri kelgan joyga axlat tashlab ketavermaydi.

Shunda ekan, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, toza havodan toʻyib nafas olish singari tushunchalarni toʻgʻri qabul qilgan holda, tumanda yashovchi fuqarolardan, qolaversa mahalla raislari va masʼul tashkilot rahbarlaridan koʻchalarga tashlangan chiqindilarga befarq boʻlmasliklarini, "Yashil makon" umummilliy aksiyasida faol boʻlishlarini va boʻsh yer maydonlari va tomorqadan unumli foydalanishlarini soʻrab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar


🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YAIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750 ming so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 300 dan ortiq Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 139 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 7 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Onlayn

Ayni damda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Xiyobon mahallasida sayyor qabul oʻtkazmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

🚨 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


🔥“Toshkenttumangaz” gaz ta’minot bo'limi Sizga shuni ma’lum qiladiki, aholi xonadonlar va ijtimoiy soha-obyektlaridagi tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida Uch-sada mahallasi hududiga tortilgan yangi gaz quvurini mavjud yer usti D-114mm gaz tarmog‘iga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan, Ahillik mahallasi Mirsharopov, Musaev ko‘chalaridagi 130-ta aholi xonadonlar, 1-ta ulgurji tashkilotlar, Qora-saroy mahallasi O‘zbekiston ko‘chasidagi 30-ta aholi xonadonlar, 2-ta ulgurji tashkilotlar, 1-ta ijtimoiy soha-obyekti, Uch-sada MFYda A.Niyoz, Birdamlik, Mustaqillik, Mingterak ko‘chasidagi 623-ta aholi xonadonlar, 10-ta ulgurji tashkilot, Tinchlik mahallasi A.Navoiy, Anhor ko‘chalaridagi 75-ta aholi xonadonlarda joriy yil 5-dekabr kuni soat❗️13:00 dan 15:00gacha❗️ gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🟢"Toshkenttumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zoʻravonlikka_qarshi_16_kunlik

"Biz zoʻravonlikka qarshimiz"


Aynan shu mavzuda, bugun Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 16 kunlik doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tuman Oila va xotin qizlar boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirga Toshkent tumani IIB xotin-qizlar boʻyicha katta inspektori kapitan N.Dexqanova va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi shoʻba boshligʻi R.Utegenova, bosh mutaxassis Sh.Mirzamamedova, psixologlar L.Raximova, D.Komilova hamda ota-onalari ishtirok etishdi.

IIB xotin-qizlar boʻyicha katta inspektori kapitan N.Dexqanova va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi shoʻba boshligʻi R.Utegenova xotin-qizlarga qilinayotgan tazyiq va zoʻravonliklar haqida maʼruza qilishdi. Psixologlar psixologik treninglar oʻtkazishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Hiyobon mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev navbatdagi fuqarolar qabulini bugun, 1-sektor hududidagi Hiyobon mahallasida oʻtkazdi. Sayyor qabul mahalla idorasi binosida bo'lib o'tdi.

Qabulni tuman hokimi bilan birgalikda tuman prokurori, 2-sektor rahbari S.Salixov, Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov, Davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari S. Abduvaliyev, Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedovlar oʻtkazdilar. Unda tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham qatnashishdi.

Sayyor qabul davomida 50 dan ziyod fuqaroning elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 14 tasi joyida hal qilindi, 27 tasi mas'ullarga biriktirildi qolgan 9 tasi tuman hokimi nazoratiga olindi.

Qabuldan so'ng sektor rahbarlari mazkur mahalladagi muammolarni o'rganish maqsadida ko'chalarni, aylanib, mavjud muammolarni yozib oldilar hamda mas'ullarga "Yashil makon" aksiyalarini amalga oshirish hamda aholi tomorqalariga ekin ekish bo'yicha topshiriq berdilar.

📸Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM