Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18.2K photos
4.23K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Noyabr

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida shu yilning noyabr oyi davomida oʻtkazilgan asosiy tadbir va voqealar.

📸Fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Xayriya aksiyasida faol bo'ling!

3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ertaga soat 08:00 da Toshkent tumani hokimligi tomonidan "Yurakdan yurakgacha" va "Inson qadri uchun" xayriya aksiyalari tadbiri oʻtkaziladi.

Bu tadbir nogironlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, tuman aholisini tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

📍Manzil: Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

🚨 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


🔥“Toshkenttumangaz” gaz ta’minot bulimi Sizga shuni ma’lum qiladiki, Iftixor mahallasi Ravnaq ko‘chasidan o‘tgan iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yer osti yuqori bosimli D-320mm gaz tarmog‘ida gaz sizib chikish holati aniklanganligi sababli, ushbu gaz quvurini payvandlash orqali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Xuvaydo, Iftixor, Sag‘bon, Ko‘k-terak, Obodlik, Majnuntol, Hiyobon, Nur-hayot, Zargar, Sohibkor, Farovon, Kalas, Gulobod, Ma’rifat mahallalaridagi 8650-ta aholi xonadonlar, 28-ta ulgurji tashkilotlar, 24-ta ijtimoiy soha-obyektlari, Qizg‘aldoq mahallasi Soylik ko‘chasidagi 85-ta aholi xonadonlar, 1-ta ulgurji tashkilotlarda joriy yil 3-dekabr kuni soat❗️13:00dan soat 16:00 gacha❗️gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🟢"Toshkenttumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Tutzor mojarosiga kim barham bera oladi?


Aynan shu sarlavha ostida Nazorat.uz kanalida eʼlon qilingan xabar yuzasidan Toshkent tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Hurmatli Nazorat.uz kanali asoschilari va unda faoliyat yuritayotgan qoʻshtirnoq ichidagi muammoga yechim izlovchi blogerlar.

Tutzor mojarosini aslida Sizlar oʻylab topdingiz va "pashshadan fil yasash" qobiliyatingiz bilan uni keng omma eʼtiboriga tortiq qildingiz.

Ammo, shuni unutdingizki, tuman hokimligi bitta shaxsning boshqa shaxsga bergan vaʼdasiga qarab ish yuritmaydi va har qanday xatti-harakatida eng avvalo qonunchilikka tayanadi.

Toshkent viloyati hokimining qarorida ushbu yer maydonini tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan boʻlib, unda avtomobil yoʻlini barpo qilish boʻyicha hech qanday gap-soʻz yoʻq.

Undan tashqari, tuman hokimligi aholi talab va istagiga koʻra transformatorni yoʻldan chetga, yaʼni xavfsiz hududga koʻchirish chorlarini joriy yil 14-noyabr kuni amalga oshirgan. Shunday boʻlsa-da Siz Tutzor mahallasi Qadrdonlar 4-tor koʻchasida istiqomat qiluvchi shaxs bilan joriy yil 27-noyabr kuni viloyat hokimligiga borib, noaniq vajlar bilan rahbarlarga yuzlangansiz. Siz "Oltin devor" deb nomlagan oʻsha joyda aslida hech qachon avtomobil yoʻli boʻlmagan.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi yana bir marotaba Sizlardan bitta mahallada istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida bir-biriga nisbatan gʻaraz uygʻotmaslikga hamda Farovon 1-tor va Vatandoshlar koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasiga raxna solmaslikga chaqirib qoladi.

Shuni unutmangki, tuman hokimligi birinchi guruh fuqarolarining xohish-istagini ikkinchi guruh fuqarolarining talablariga zid ravishda bajarmaydi va har qanday xatti-harakatida qonunchilikka va xalq roziligiga amal qiladi.

Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni


Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron boʻlmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning kadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Toshkent tumanida Xayriya aksiyasi

🤩3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan "Yurakdan yurakgacha" va "Inson qadri uchun" xayriya aksiyalari tadbiri oʻtkazilmoqda.

♻️Bu tadbir nogironlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan boʻlib, unda tuman hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot boshliqlari, tuman deputatlari, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

💫Imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan aksiya davomida nogironlar tomonidan qoʻlda yasalgan buyumlar koʻrgazmasi oʻtkazilib, barcha aksiya ishtirokchilari sanʼat asarlarini oʻz mablagʻlari evaziga sotib olishdi hamda maxsus tashkil qilingan qutiga xayriya uchun atalgan pul mablagʻlarini hadya qilishdi.

Aksiya kun davomida oʻtkaziladi va unda barcha xayriyaga hissa qoʻshishni niyat qilgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

📍Manzil: Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM