Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Investitsiya

Xitoylik investorlar bilan memorandum imzolandi


Kuni kecha, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Zhejiang Ujonwe Energy Storage Technology Co., Ltd. vakillari bilan uchrashdi. Energiyani saqlash texnologiyalarini ishlab chiqarish va rivojlantirish bilan shugʻullanadigan kompaniya Xanchjouda, innovatsion sanoat parkida joylashgan boʻlib, sanoat korxonalari va xonadonlar uchun energiyani samarali saqlash uchun yechimlar ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.

Uchrashuv natijasida 25 mln. dollarlik kelishuv memorandumi imzolandi. Kompaniya bilan imzolangan Memorandum Toshkent tumaniga yangilanuvchi energiya manbalarida samarali foydalanish va energiya sarfini kamaytirish imkonidan keng foydalanish sharoitini yaratadi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Tuman hokimi chempionlarni qutladi


Joriy yil 16-17 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida karate WKF boʻyicha jahon Kubogi tasnifiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtdi.

Winner Cup International Chempionships musobaqasida 51 davlatdan 800 nafardan ziyod sara sportchilar gʻoliblik yoʻlida tatamiga chiqishdi. Terma jamoamiz tarkibida Toshkent tumani sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Xususan, murabbiy Dilshod Yusupov shogirdlari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritib musobaqa tashkilotchilari tomonidan shogirdlarining munosib ishtiroki uchun maxsus kubok bilan taqdirlanganligi ham bizni quvontirdi.

Musobaqa reglamentiga koʻra, gʻolib va sovrindorlar shu yilning 13-15 dekabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadigan Premer liga musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi.

Tuman hokimi chempionlar bilan uchrashar ekan, ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirib, yutuqlari bardavom boʻlishini tiladi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

♻️Bugun,Toshkent tumani FVB boshlig’i podpolkovnik U.A.Maxamatjonov boshchiligida, Sano’at mahallasi Sano’at koʻchasiga terak daraxti koʻchatlarini ekish uchun jam boʻlishdi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani FVB boshlig’i podpolkovnik U.A.Maxamatjonov boshchiligida manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Barchangizdan "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz!

📸Jarayon fotolavhalarda

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj

#Zuravonlik_Oqlanmaydi

#16_Kun_Faollik

🎗Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, ijtimoiy xodimlar  "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik" targ‘ibot tadbirlarini faol qo‘llab quvvatlamoqda.

Xabaringiz bor,  25-noyabr kunidan boshlab yurtimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” tadbirlari boshlandi.

🟢 Shu munosabat bilan bugun Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsaruvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan  xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik muammosiga e’tibor qaratish hamda ularning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari tashkil etildi.

♻️ Zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish va har sohada qo‘llab-quvvatlashga doim tayyormiz!


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi maʼlum qilinadi.

#tezkor_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida fermer va dehqon xo'jaliklari rahbarlari uchun yashil bog‘ yaratish, mevali va manzarali daraxtlar, gul koʻchatlarini ekish, yo‘l boʻylarini obodonlashtirish yuzasidan Toshkent tumani ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi.

Seminar davomida daraxt ekiladigan yerlarni sifatli tayyorlash, ekilgan mevali daraxt koʻchatlarini parvarishlash ishlarini agrotexnik qoidalarga rioya qilgan holda olib borish zarurligi aytildi. Yo‘l boʻylaridagi nam, suvli yer maydonlariga 5 qatordan, lalmi yerlarga esa 20 qatordan terak koʻchatlari ekish tavsiya etildi.

Shu yerning oʻzida “Yashil makon” umummilliy dasturining kuzgi mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, har bir hududga biriktirilgan mas’ullarga koʻchat ekish mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Amaliy seminar yakunida mavzu yuzasidan savol va takliflar muhokama qilindi.

Seminarda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari

Ishsiz ayollar soni kamaymoqda


Toshkent tumani Qoraboʻrik mahallasida 3 ming 256 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1 ming 646 nafarini xotin-qizlar, shulardan 66 nafari "Ayollar daftari"ga kiritilgan.

Xotin-qizlar faoli Jumagul Risbayeva tashabbusi bilan 10 nafar ayol hunarmandchilikka yoʻnaltirilib, bugun ular oʻz mehnati orqali daromad topmoqdalar. Baʼzi ayollar tikuvchilikka oʻqitilib, ularga uyda ishlashga sharoit yaratilgan boʻlsa, boshqalariga yer ajratilib, dehqonchilik orqali oila roʻzgʻorini tebratish sharoiti yaratilgan.

Xoʻsh? Qoraboʻrik mahallasidagi ayollar Jumagul yordami bilan yana qanday ishlarni amalga oshirmoqdalar?

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.

Oylik doirasida tuman FVB xodimlari Toshkent tumanida joylashgan maktablarda bo'lib, yongʻin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

‼️ Xususan, oylik davomida mahallalar, qurilish obyektlari taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM