Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.42K subscribers
18.7K photos
4.37K videos
30 files
12.5K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Президент жаҳон миқёсида ҳукм сураётган бугунги ўта кескин ва оғир шароитда юртимизда тинчлик ва ҳамжиҳатликни сақлаб, иқтисодиётимизда барқарор ўсишни таъминлаб, мана шундай марраларга эришиш осон бўлмаганини таъкидлади.

Келгуси 5 йилда аҳолимиз сони 40 миллиондан ортиши кутилмоқда. Бундай демографик ўсиш, албатта, катта имконият, лекин, шу билан бирга бу ҳолат олдимизга янги-янги, ўткир вазифаларни қўйиши ҳам шубҳасиз.

Айниқса, камбағалликни қисқартириш, экология, энергетика, транспорт, йўл, ичимлик суви таъминоти, аҳолини уй-жой билан таъминлаш каби муҳим соҳаларда халқимизнинг талаб ва эҳтиёжлари тобора ўсиб бораётгани таъкидланди.

Шундай долзарб муаммоларга самарали ечимлар топиб, янгича фаолият олиб бориш Ҳукумат учун жиддий синов бўлиши табиий.

Бугун Бош вазир лавозимига тавсия этиладиган номзод ана шу масалаларнинг барчасини ҳисобга олиб, уларнинг ижросини таъминлаш юзасидан ўз дастурини тақдим этиши кераклиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
#Seminar

Toshkent tumanida "Atmosfera havosini muhofazasini taʼminlash" mavzusida seminar oʻtkazildi


Seminarda, Toshkent tumanida oʻrganish oʻtkazgan Bosh prokuratura vakillari, Ekologiya Vazirligining Ekologiya nazorati inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari, Gidrometeorologiya xizmati Agentligi rahbari, Toshkent viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi, Toshkent tumani hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig'i va boshqa masʼullar ishtirok etdilar.

👉 To'liq o'qish

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Ulugʻ ajdodlar ilmiy merosi kelajak mayogʻi
"

Toshkent tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy tadbir oʻtkazildi.

Unda Eshonguzar jome masjidi imom xatibi Boboravshan Rasulov, tarixshunoslar va kasb-hunar maktabining 120 dan ziyod oʻquvchilari qatnashdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-avgustidagi "Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorining ijrosi taʼminlash hamda ulgʻayib kelayotgan avlodga islom dini ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk olim, Vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosi haqida soʻzlab berildi.

Tadbirda, Xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida uni keng targʻib etish, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodni maʼnaviy-ruhiy olamni boyitish, ularni qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini yanada kuchaytirilganidagina yuksak marralarga erishish mumkin ekanligi aytildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари Бош вазир лавозимига кўрсатилган Абдулла Арипов номзодини кўриб чиқдилар.

Номзод Вазирлар Маҳкамасининг яқин муддатга ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастурини тақдим этди.

Депутатлар ва фракциялар раҳбарлари сўзга чиқиб, номзод ва дастур юзасидан ўз фикрларини билдирдилар.

Номзод ва Ҳукуматнинг дастури кўриб чиқилгач, Бош вазир лавозимига номзодни маъқуллаш масаласи овоз беришга қўйилди.

Яширин овоз бериш йўли билан депутатлар Абдулла Ариповни Ўзбекистон Республикаси Бош вазири лавозимига маъқулладилар.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.

Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.

Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.

Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Facebook|Instagram|X
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 4200 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!


🔹Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari 673 ta (Ko'rish)

🔹Dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 797 ta (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 2745 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Taʼlim

Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish maqsadida...

Toshkent tumanidagi 12 - umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktabgacha va maktab taʼlimi psixologi B.Raximova va 12,18- maktab psixologlari bilan birgalikda "Zoʻravonlikdan holi maktab" ni joriy qilish, turli koʻrinishdagi zoʻravonlik va bulling holatlari profilaktikasi hamda maktabda psixologik sogʻlom muhitni shakllantirish maqsadida oʻquvchilarning ota-onalari bilan "Bolalarni zoʻravonlikdan qanday himoya qilish kerak! " mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Ota -onalar bilan birgalikda:
- "Tanishuv" metodikasi
- "Baxtiyor damlar"mashqi
- "Gulchambar" mashgʻuloti
- " Uzum " texnologiyasi
- Zoʻravonlik holatlarini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazildi.

♻️Tadbir davomida oʻquvchilardan olingan blits soʻrovnomalar oʻqib eshittirilib, ota -onalar fikrlari bilan solishtirildi hamda oʻquvchilar tomonidan yozilgan "Mehr maktublari" ota- onalarga taqdim etildi. Tadbir soʻngida ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi va oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Keles koʻprigida sodir boʻlgan YTH yuzasidan...


Instagram ijtimoiy tarmogʻida keng tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan yoʻl transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat:

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Joriy yil 7-noyabr kuni soat 18:51 da RTTYOM Toshkent viloyati filiali Toshkent tumani stansiyasiga “CALL” markazi tomonidan “Keles koʻprigi usti” manzilidan YTX bilan chaqiriq tushgan. Chaqiriqqa reanimatolog-N.Roʻziyev, anesteziolog D. Abdujabborov, haydovchi S.Tursunboyevdan iborat, brigada 18:57 da chaqiruv manziliga yetib borgan.

Voqea joyida 40 yoshlar atrofidagi erkak jinsiga mansub, qayni akasi soʻzidan keyinchalik maʼlum boʻlishicha 1973 yilda tugʻilgan, doimiy yashash manzili Qoraqalpogʻiston respublikasi Toʻrtkoʻl tumani boʻlgan fuqaro T. T. ismli shaxs xushsiz boʻlgan. Eginida erkaklar qora kurtkasi. Bosh, oyoq va egindagi kiyimda qon izlari bor. Atrofdagilar soʻziga qaraganda oq rangli Damas rusumli yoʻlovchi avtomobil, yoʻldan oʻtayotgan T.T. ni urib yuborgan.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sardorlar_saylovi

💫Sardorlar saylovining tuman bosqichi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti qoʻshma qaroriga asosan Toshkent tumani sardorlar saylovi oʻtkazildi.

Sardorlar saylovi sport, ekologiya, media va "IT", sanʼat, taʼlim, sahovat hamda bosh sardorlari 7 ta yoʻnalishda yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi.

🟢Tadbir soʻngida tuman sardorlariga Ishonch yorligʻi topshirildi.

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun onlayn buyurtma bering


Fuqarolar bola tug'ilganligi haqida guvohnomani olish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so'rovnoma to'ldirishi yoki bevosita FHDYO bo'limiga murojaat qilishi mumkin.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Viloyat hokimining tashakkurnomalari topshirildi

♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qarorlariga asosan Toshkent tumanidagi 4 nafar ish faoliyatlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlar yetakchilarining ota-onalariga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tashakkurnomalari tuman hokimi Sardorbek Ergashev tomonidan topshirildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM