Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" tamoyili amalda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatiga, qolaversa Toshkent tumaniga qilgan tashriflaridan soʻng, tumandagi ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning yashash sharoitini yaxshilashga oid topshiriqlar berilib bugun, ularning ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumani hokimligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda nogironligi bor fuqarolar sogʻligini yaxshilash maqsadida bugun, Davlat rahbari hamda viloyat hokimi topshirigʻi va Toshkent tumani hokimi tashabbusi bilan 300ga yaqin fuqarolar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot Markaziga tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun olib borildilar.

Tibbiy koʻrikni tashkillashtirish va haqiqatdan ham bepul tibbiy koʻrikka muhtoj aholi qatlamini jalb qilish maqsadida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari tomonidan roʻyxat shakllantirilib, hokimlik boshchiligida avtobus va yoʻl patrul xizmati tashkil qilindi. Bu bilan fuqarolarga xavfsiz va qulay sharoitda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratildi.

Markazda lor, surdolog, yuz-jagʻ jarrohi, oftalmolog, nevropatolog, onkolog, terapevt va kardiolog singari tor doiradagi mutaxassislar Toshkent tumanidan tashrif buyurgan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, zarur boʻlgan holatda kasalliklari boʻyicha yoʻllanma berdilar, tashxislarini aniqlab, davolash uchun dorilar roʻyxatini taqdim etdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Maqsad: yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan yangi loyiha ish boshladi. Ulgʻayib kelayotgan avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu loyiha tashabbuskorlari tuman hokimligi va Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi hisoblanadi.

Endilikda haftaning har seshanba kuni markaziy Madaniyat saroyida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikning qanchalik ulugʻ neʼmat ekanini yoshlarimizga yetkazish, tinchlik posbonlari hayoti va faoliyatini xolisona aks ettirishga qaratilgan badiiy filmlar namoyishini oʻtkazish rejalashtirilgan. Sababi,bugungi kunda yurtimizda inson qadr-qimmati, vijdon va eʼtiqod erkinligi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

"Tinchlik ortida" badiiy filmida esa ona Vatan tinchligi yoʻlida kamarbasta boʻlgan, fidoyiligi va jasorati bilan yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan Vatan himoyachilarining sharafli hayot yoʻliga bagʻishlanadi. Yurtimiz sarhadlari muqaddas va daxlsizligi, aynan shu yerdan xalqimizning osuda hayoti boshlanishi, uni koʻz qorachigʻidek asrash yuksak sharafli ish ekanini yoshlar ongiga singdirish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bu filmning oʻrni va hissasi beqiyos.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).


Batafsil infografikada👆

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzulishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, tumanning Xalimkop mahallasi hududida joylashgan Navoiy podstansiyasidagi mavjud quvvati 6300 kVAli kuch transformatori kuyganligi sababli vaqtinchalik quvvati 4000 kVA bolgan kuch transformatori oʻrnatilgan. Otgan kunlar davomida ota yuklama bilan ishlashi natijasida Zargar, Sohibkor, Hiyobon, Farovon, Gulobod, Kalas, Uch-sada, Sag'bon, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Xalimko'p, Obodlik mahallalarida muntazam elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilgan.

⚡️Hozirgi kunda quvvati 6300 kVAli kuch transformatori mukammal ta'mirdan chiqarilgan bo
lib, joriy yil 13-noyabr kuni soat❗️16:00 dan 20:00❗️gacha tansformator almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan yuqorida ko`rsatib o'tilgan mahallalarida va shu mahallalar faoliyat yurutuvchi korxona-tashkilotlarda elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot_kutubxona_markazi

Kitob- donolik va bilim manbaidir


Kitob insonning eng yaxshi doʻsti va maslahatchisi, donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti boʻlgani uchun xalqimiz uni qadrli obroʻli muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.

Aziz kitobsevar kitobxonlar! Toshkent tumani axborot-kutubxona markaziga, “UZDAF KITOB” savdo taʼminoti nashriyotidan, 1339 nusxada 416 nomda kitob xarid qilindi. Ushbu kitoblar badiiy, siyosiy, bolalar adabiyot kitoblari xarid qilindi.

Siz aziz kitobxonlarni Toshkent tuman axborot kutubxona markaziga tashrif buyurib yangi kelgan adabiyotlardan samarali foydalanishingizni soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EʼLON

⁉️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini yutib olib, uy-joy topishda qiynalayotgan fuqarolar diqqatiga!

⚡️Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Agarda Siz davlat subsidiyasiga uy-joy xarid qilishga qiynalayotgan boʻlsangiz, Sizlar uchun 2024- yilda "Yangi Oʻzbekiston" massivlari hamda uy-joyga yuqori boʻlgan hududlarda qurilayotgan uy-joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim qilmoqdamiz.

👉 Uy-joylar roʻyxati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga murojaati

👉Batafsil o`qish

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida seminar oʻtkazildi


Bosh prokuratura, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan qabul qilingan “Qish mavsumini betalafot oʻtkazish va isteʼmolchilarni yoqilgʻi – energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” Qoʻshma qaror ijrosi boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumani prokuraturasi tomonidan “Energetika xavfsizligi oyi” doirasida qish mavsumini betalafot oʻtkazish, energiya resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi.

Uchrashuvda ijtimoiy soha obʼektlari vakillari, mahalla raislari, boshqaruv servis kompaniyalari, tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qish mavsumini betalafot oʻtkazish, energiya resurslarni iqtisod qilish va boshqa masalalar yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sardorlar_saylovi

Oʻzbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” saylovi boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 13-noyabr kuni Toshkent tumani 12-umumtaʼlim maktabida 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tashabbuskor va kuchli oʻquvchi yoshlardan Oʻzbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” 12-maktab sardorlar Kengashi saylovi oʻtkazildi.

Bolalarda yetakchilik, izlanuvchanlik, jasorat, mehr-saxovat, vatanparvarlik, liderlik, tashabbuskorlik mahoratini rivojlantirish, tengdoshlari orasida ajralib turishi va yurtni sevish kabi fazilatlarni oʻrgatish, Taʼlim muassasalarida bolalar harakati sardorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda bolalar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan saylov jarayonlari koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Tuman prokurori tashabbusi bilan tibbiy koʻrik va sayyor qabul oʻtkazildi

♻️Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Sanjar Salixov tashabbusi bilan sektorga qarashli 17 ta mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#Bildirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, tumanning Xalimkop MFY hududida joylashgan Navoiy podstansiyasidagi mavjud quvvati 6300 kVAli kuch transformatori kuyganligi sababli vaqtinchalik quvvati 4000 kVA boʻlgan kuch transformatori oʻrnatilgan. Oʻtgan kunlar davomida oʻta yuklama bilan ishlashi natijasida Zargar, Sohibkor, Hiyobon, Farovon, Gulobod, Kalas, Uch-sada, Sagʻbon, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Xalimkoʻp, Obodlik mahallalarida muntazam elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda quvvati 6300 kVAli kuch transformatori mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʻlib,  joriy yil 13-noyabr kuni soat ❗️20:30 dan 24:00 gacha❗️ transformator almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mahallalarida va shu mahallalarda faoliyat yurituvchi  korxona-tashkilotlarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish
qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Aholining kelishmovchiligiga chek qoʻyiladimi?


Youtu.be ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilinib, muhokamalarga sabab boʻlayotgan "Tabaqa devorining taqdirini manfaatdorlik hal qilayaptimi?" nomli videolavha yuzasidan munosabat.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Toshkent tumani hokimligi masʼullari holatga oydinlik kiritish maqsadida Tutzor mahallasida boʻlib, "tabaqa devori" nomini olgan transformatorni yoʻlni chetiga surdirdilar va aholiga yoʻlni ochib berdilar.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, viloyat hokimining qarorida, ushbu yoʻlni asfalt qilish va ichki yoʻl sifatida undan foydalanish topshirigʻi berilmagan. Qarorda, ushbu hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazish topshirigʻi berilgan. Biroq, voqeaga jozibadorlik berishni istagan blogerlar, fuqarolar qayta-qayta taʼkidlayotgan qaror mazmuni bilan qiziqib ham koʻrmagan.

Qolaversa, ikki guruhga boʻlinib qolgan aholi vakillarining oʻrtasiga qayta-qayta nizo singdirishdan blogerlarga nima naf? Tuman hokimligi ikkala tomon fuqarolarini fikrini eshitadi va ular oʻzaro kelishuvga erishmaguncha ushbu nizoli hudud boʻyicha aniq yechim bera olmaydi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Toshkent tumanida nechta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda?


⚡️2024- yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent tumanida 2 948 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, shundan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 343 taga yetdi. Bundan tashqari 2 653 ta tadbirkorlik subyektlari va 2 635 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tumanda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlari soni 201 taga yetdi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

💎Hurmatli tadbirkorlar!

🟢Joriy yilning 15-noyabr kuni  soat 10:00 da AT “Aloqabank” Toshkent viloyati hududiy kompleks xizmat ko'rsatish direktori B.Usmonov tomonidan tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqot oʻtkaziladi.

🌟Unda tuman tashkilot va idoralari rahbarlari ishtirok etishadi.

👉Muloqotga barcha tadbirkor va eksportyorlarni taklif etamiz.

🏛Manzil: Toshkent tumanidagi "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi binosi.

Eslatma: Qabulda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish soʻraladi. Roʻyxatga olish vaqti joriy yilning 15-noyabr kuni soat 10:00ga qadar davom etadi.

☎️Murojaat uchun telefon:+998974377733

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

IIB boshligʻi sayyor qabul oʻtkazdi

Bugun, 3-sektorga qarashli Toshkent tumanidagi Obodlik mahallasida tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda tuman hokimi Sardorbek Ergashev ham ishtirok etdi.

Qabul davomida aholining murojaatlari tinglanib, ularni yechimi boʻyicha bir qator muhokamalar oʻtkazildi.

Aholi murojaatlari tegishliligi boʻyicha 3-va 1-sektor rahbarlari nazoratiga olinib, imkoni borlarini tezkorlik bilan bartaraf qilish choralari belgilandi. Qolgan murojaatlar tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirib berildi.

Sayyor qabulda Obodlik mahallasida istiqomat qiluvchi 20dan ziyod fuqarolar qatnashdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM