Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarda turli maqsadlarda xorijga chiqib ketgan migrantlarni qaytarish, yuqori daromadli ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Qisqa satrlarimizda bu borada qilinayotgan ishlar bilan tanishamiz.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toʻra Bobolov boshchiligida tuman masʼullari har kuni xorijdagi migrantlar bilan muloqotlar uyushtirmoqda.

Toshkent tumani. 4 soat davom etgan muloqotda koʻplab xorijdagi yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.

Parkent tumani. 1000 dollardan kam daromad topayotgan migrantlarni tumanga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Angren shahar. Rossiya Federatsiyasidagi angrenlik yoshlar bilan oʻtkazilgan onlayn muloqotda ularni qiynayotgan muammolariga yechim izlandi.

Bekobod shahar. Hududdagi 1 910 nafar ishlash maqsadida chet davlatlarga ketgan fuqarolarning daromadi oʻrganilayapti.

Chinoz tumani. Alisher Navoiy va “Xoʻja” MFY da yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolarni oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, oilaviy tadbirkorliklarini boshlashlariga imkon yaratilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda. Ularga tumandagi boʻsh ish oʻrinlari va yuqori oylik maoshi toʻlanadigan korxonalar taklifi berilmoqda.

Nurafshon shahri. Masʼullar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar bilan xonadonma - xonadon yurib, yaqinlari orqali muloqotlar olib bormoqda.

Piskent tumani. Har kuni o`tkazilayotgan muloqotlarda mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning takliflari, murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Qibray tumani. Muloqotlar mahallalar kesimida kunlik tashkil etilmoqda. Muammolarini hal etish borasida yo'l xaritasi ishlab chiqildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Shukuh #Grandeur #Празднование

Viloyatda “Xalqaro qishloq ayollari kuni” keng nishonlandi

👉 Batafsil
_

The International Day of Rural Women is widely celebrated in the region   

👉 In detail
_

В Ташкентской области широко отметили «Международный День женщин-селянок» 

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Jarayon

💫Uch avlod uchrashuvi


Toshkent tumanidagi 26-umumta'lim maktabida Vatanga boʻlgan muhabbatu sadoqat, shuningdek, yurtimizdagi oʻzgarishlarga daxldorlik hisi bilan yashashga undaydigan "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari "Faxriylar kengashi" raisi, isteʼfodagi tibbiy xizmat polkovnigi X. Sagdullayev, podpolkovnik B.Adamov, mayor A.Abdullayev, DXX chegara qoʻshinlari "Gʻishtkoʻprik" boʻlinmasi harbiy xizmatchisi, serjant Q.Qozoqov, maktab rahbariyati, 26, 28, 29-maktab ChQBT fani rahbarlari, "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari va yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_sud

Bir nechta shaxs shartli ravishda ozod etildi


Bugun, Toshkent tumani IIB Probatsiya guruhi tomonidan Toshkent tumani JIB sudyasi Z. Abbosov boshchiligida Eʼzoz mahallasi binosida sayyor sud oʻtkazilib, bir nechta shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi va bir nafar shaxs jazo oʻtashdan boʻyin tovlab yurganligi sababli ozodlikdan mahrum qilindi.

📹Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website