Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.3K photos
4.25K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Pensiya jamgʻarmasi tizimida joriy yilning 1-31 oktyabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkaziladi


🤔 Mazkur oylik davomida tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan amaliy-targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📄 Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “ISO37001:2016” xalqaro sertifikatiga ega.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya
#Toshkent_tumani
#1_sektor

Qaror ijrosi taʼminlanmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi (PQ-330-son, 23.09.2024 y.) qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻldi.

1-sektor rahbari oilalardagi ijtimoiy holatni oʻrganar ekan, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot olib, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlash uchun zaruriy chora-tadbirlar rejasini tuzdi.

Oilalarni daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish yoʻnalishida hokim yordamchisi, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash va taʼlim yoʻnalishlarida — ijtimoiy xodim hamrohligi haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, har oyda ikki marotaba oʻziga biriktirilgan oilalar bilan uchrashib, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada belgilangan choralarni amalga oshirish, yuzaga kelgan muammolarni aniqlab, ularni joyida bartaraf etish choralarini koʻrishi haqida aytib oʻtdi.

Oʻrganishdan soʻng, tuman hokimi Nurhayot mahallasidagi 39-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻldi. Bogʻchada hudud bolajonlariga berilayotgan taʼlim va tarbiya hamda ularning taʼminoti bilan qiziqdi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskani hududini "Yashil makon"ga aylantirish, daraxt koʻchatlar va gul ekish boʻyicha topshiriq berdi.

Bir soʻz bilan aytganda, tuman hokimi oilalarni oʻrganish davomida nafaqat xonadon egalarining ijtimoiy holatiga aniqlik kiritib, oʻzi uchun reja tuzmoqda, balki hududdagi ijtimoiy soha obʼektlaridagi sharoitlar, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda mavjud muammolari haqida maʼlumot olib, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

"Dala madaniyati-fermer majburiyat
"

Hurmatli dehqon va fermer xoʻjaligi rahbarlari!

Xalqimizda “Toʻqsonda sugʻorsang, toʻqson botmon hosil olasan”, degan purmaʼno naql bor. Bunda qishning toʻqson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning taʼkidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon boʻlishi sir emas.

Keling, bugundan masʼuliyatimizni yanada oshirib, 2025-yil hosili uchun 3 956 gektar maydonlarda piyoz, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlarini oʻz vaqtida ekishni tashkil etaylik.

Quyidagi tadbirlarni ogʻishmay amalga oshiring!

birinchidan, ayni damlarda bogʻ-tok orasini, ajratib berilgan maydonimizni hamda oʻz hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni oʻz vaqtida bajaring;

ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni boʻsh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;

uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin toʻqsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, koʻkat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urugʻlari sepib ekib boʻling;
toʻrtinchidan, “Tomorqa – daromad manbai” shiori ostida har bir mahallarda sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlar ekishni tashkil eting;

beshinchidan, “Bir kontur – bir mahsulot” hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti ekinlarini eking.

Axir, "Dala madaniyati-fermer majburiyati" va bunga amal qilish har bir fermer, dehqon xoʻjaligi rahbarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya

"Kambag‘allikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda   
   
♻️Toshkent tumani maktabgacha va maktab bo' limi boshlig'i N.Ubaydullayeva tomonidan Toshkent tumanidagi Ma'rifat va Farovon mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turuvchi oilalar holati manzilli o‘rganildi. 
  
🖋 O‘rganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligini ta’minlash,  tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha bir qancha masalalar yuzasidan ishlar olib borildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlaymiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mukofotlanganlar orasida Toshkent viloyati vakillari ham bor:

🎖️“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni bilan

Abduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi;

🎖️“Doʻstlik” ordeni bilan

Xabibullina Vinera Salixovna - Zangiota tumanidagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi;

🎖️II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Olimova Anaray Djuraxanovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi;

🎖️“Shuhrat” medali bilan

Maxamatkulova Sayyora Abdullayevna - Oʻrta Chirchiq tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani oʻqituvchisi;

Saidmuradov Shuxrat Alisherovich - Toshkent tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi;

Tulyaganova Dilfuza Yuldashovna - Qibray tumanidagi kasb-hunar maktabining  ishlab chiqarish taʼlimi ustasi;

Fidoyi ustoz-murabbiylarni mukofot va kelayotgan bayram bilan tabriklaymiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtirof

💫"Shuhrat" medali muborak boʻlsin!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoniga binoan Toshkent tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi, "BURGUT" harbiy taʼlim sporti guruhi rahbari Saidmuradov Shuhrat Alisherovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Toshkent tumani hokimligi jamoasi Shuhrat Alisherovichni yuksak unvon bilan muborakbod etadi hamda kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar tilab, bu singari eʼtiroflar bardavom boʻlishini tilab qoladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM