Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Oʻrganish

Tuman hokimi oʻziga biriktirilgan oilalarda boʻldi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Majnuntol mahallasida boʻlib, oʻziga biriktirilgan oilalarning ijtimoiy sharoitini oʻrgandi.

Bir guruh tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida oʻtkazilgan oʻrganish davomida xonadon egalari bilan suhbat oʻtkazilib, ularni bugun qiynayotgan masalalar haqida batafsil maʼlumot soʻraldi.

Borilgan har bir xonadon egalarining kundalik daromadlarini yaratish, farzandlarining kelajakka boʻlgan ishonchini yanada oshirish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.

Bir kunlik oʻrganish natijasida tuman hokimiga biriktirilgan 5ta xonadonning har birida soʻrovnoma oʻtkazilib, oilaning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inklyuziv_taʼlim

Bolajonlarga koʻrsatilayotgan taʼlim xizmati


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari N.Ubaydullayeva, boʻlim psixologi B.Rustamova hamkorligida yakka tartibda taʼlim olayotgan bolajonlardan xabar olish maqsadida ularning uyida boʻlib, Prezident sovgʻasini shaxsan yetkazdi.

Mamlakatimizda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish, uylariga borib xabar olish, maktab oʻqituvchilari tomonidan belgilangan tartibda dars oʻtish tartibi joriy qilingan.

Toshkent tumanida ham 37 nafar ana shunday alohida ehtiyoji boʻlgan bolalar yakka tartibda, uylarida taʼlim oladilar.

Quvonarlisi, bu bolajonlar eʼtibordan holi emas. Ular uchun sinfdoshlari bilan ekskursiyalarga borish, bayram tadbirlarida ishtirok etish va sogʻligi yaxshi vaqtda boshqa oʻquvchilar bilan darsda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 1900 dan ortiq Yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 147 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 295 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 285 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 460 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 42 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 73 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 69 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ijtimoiy_himoya

3-sektor rahbari aholi bilan yuzma-yuz...

Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedov Ahillik mahallasida yashovchi, oʻziga biriktirilgan oila vakillari bilan suhbatlashdi.

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" umummilliy dasturi ijrosini taʼminlash hamda aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarda boʻlgan sektor rahbari, xonadon egalarining muammolari bilan qiziqdi. Oilaning iqtisodiy barqarorlikka erishishi uchun kerak boʻladigan zaruriy chora-tadbirlar haqida bosh qotirdi.

Oʻrganish natijasida oila keysi yaratildi hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish orqali oilaning ijtimoiy sharoitini yaxshilash rejasi tuzib olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor
#Toshkent_tumani

"Kambag‘allikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda   
   
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida" gi PF-136 son farmoni ijrosi ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
  
🟢Xususan bugun, Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari S.Salixov tomonidan 2-sektor hududidagi Oydin hayot, Avliyo ota mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlanganlar ro‘yxatida turuvchi oilalar holatini manzilli o‘rganildi. 
  
🖋 O‘rganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila a’zolarini bandligini ta’minlash,  tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha bir qancha masalalar yuzasidan ishlar olib borildi.


📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_oktabrdan

🔰Qonunchilikka
ko'ra:

🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi;

🔸reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Toshkent_tumani

"Kambagʻallikdan — farovonlik sari" tamoyili amalda


Toshkent tumani Soliq Inspeksiyasining boshligʻi, 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev tomonidan 4-sektor hududi Chigʻatoy mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlanganlar roʻyxatida turuvchi oilalar holati manzilli oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida oilalarning mehnatga layoqatli oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli foydalanish hamda aholini qiynayotgan masalalar boʻyicha yuzasidan sektorda bir necha oilalar bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining oʻzi qiziqqan kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi mavjud boʻlgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish orqali oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash boʻyicha rejalar ishlab chiqildi.

Oʻrganish natijasida 4-sektor rahbariga biriktirilgan xonadonlarning har biri bilan soʻrovnoma asosida suhbat oʻtkazilib, oilalarning keysi yaratildi va yaqin kelajakda ularning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM