Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.28K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobari;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobari.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35/6 kV Darxon P/Sdan chiquvchi Hasanboy fiderida kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish munosabati bilan Avliyo-ota, Rahbarobod, Darxon, Hasanboy Guzari, Hasanboy, Kensoy, Bahor mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 19-sentabr kuni soat❗️10:30 dan 17:00 gacha❗️ elektr taʼminotida uzulishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 268 ta Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 133 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Davlat_tili

"Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi" bepul O'zbek tili kurslariga taklif qiladi.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
23-sentyabrdan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

Endilikda ariza beruvchining xohishiga koʻra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin boʻladi. Fuqarolar subsidiya uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtirof

"Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni muborak boʻlsin!


Toshkent tumani Qorasaroy mahallasida yashovchi Salim Karimovich Ganiyev "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

S. Ganiyev 84 yosh boʻlsalar-da, hali hamon Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetining oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdalar.

Oʻtgan davr mobaynida Toshkent shahridagi bir nechta oliygohlarda talabalarga bilim berib kelgan faxriy ustozga "Nuroniy" jamgʻarmasi Toshkent tumani boʻlimi raisi Asom Zohidov tomonidan tantanali ravishda "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni topshirildi.

Toshkent tumani hokimligi mehnat faxriysi, professor va koʻplab talabalarning ustozi boʻlgan Salim Karimovichni yuksak unvon bilan samimiy muborakbod etadi va yurt kelajagi uchun qoʻshgan ulkan hissalari uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Bosh prokuror oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev Toshkent tumanida boʻldi.

Bir qator ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy obʼektlar hamda harbiy qism va muassasalar faoliyatida energiya resurslarini iqtisod qilish imkoniyati, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bevosita oʻrganildi.

Jarayonda energiya samaradorligi boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash ahvoli tahlil qilinib, ortiqcha isteʼmolga sabab boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Muloqotlar chogʻida energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari va ularni talon-toroj qilishning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga eʼtibor qaratildi.

Oʻrganishlarda masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16 сентябрь куни менга пенсия тайинланди. Октябрь ойи пенсиясига 30 сентябргача бўлган давр учун пенсия қўшиб тўланадими?

👉 “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги қонуннинг 47-моддасига мувофиқ, ёшга доир пенсия — агар пенсия олиш ҳуқуқи пайдо бўлган кундан бошлаб 60 кун ичида уни сўраб мурожаат этилган бўлса, пенсия ёшига тўлган кундан эътиборан тайинланади.

📆 Мазкур қоидага асосан, 16 сентябрда фуқарога пенсия тайинланган бўлса, сентябрь ойининг қолган кунлари учун пенсия октябрь ойи учун бериладиган пенсияга қўшиб тўланади.

_________

16-го сентября мне назначили пенсию. Будет ли выплачена пенсия за период до 30 сентября дополнительно к октябрьской?

👉 В соответствии со статьей 47 Закона «О государственном пенсионном обеспечении граждан» пенсии назначаются по возрасту — со дня достижения пенсионного возраста, если обращение за пенсией последовало не позднее шестидесяти дней со дня возникновения права на нее.

📆 Согласно этому правилу, если гражданину назначена пенсия 16 сентября, пенсия за остальные дни сентября будет выплачена дополнительно к пенсии за октябрь.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan

Oqibatda qanday o'zgarishlar ro'y bermoqda?


Toshkent tumani Oqibat mahallasida 3 yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada 38ta tadbirkorlik subyektlari mavjud boʻlib, jumladan 12tasi ishlab chiqarish 26tasi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridir.

2023-yilda 145 nafar aholi ishga joylashtirilib, shundan 85 nafari doimiy ishga, 45 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan va 10 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 10 ta loyihaga 420 mln soʻm kredit va 3 nafar fuqaroga 25 mln soʻm subsidiya ajratilgan.

“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla hududiga 22 ta videokuzatuv moslamalari oʻrnatilib, ular ichki ishlar organlari bilan integratsiya qilingan.

Xoʻsh? Bugun, Oqibat mahallasida yana qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

📹Batafsil Oqibat mahallasi hokim yordamchisi Bobur Rahimov intervyusida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_profilaktik_tadbir

Taʼlim muassasasida profilaktik tadbir oʻtkazildi


Bugun, Toshkent tumanidagi 18-umumtaʼlim maktabida Toshkent tumani IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Adxam Dadabayev boshchiligida maxsus profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni oldini olish, xususan, giyohvand va psixotrop moddalar isteʼmolini oldini olish hamda yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Taʼlim muassasalari psixologlari, narkolog-shifokorlar hamkorligida oʻtkazilgan maxsus profilaktik tadbir yoshlar oʻrtasida psixotrop vositalar isteʼmolini keskin cheklashga qaratildi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM