Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Barkamol_avlod

Ochiq eshiklar kuni

Toshkent tumani Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan targʻibot tadbiri tashkil qilindi. Targʻibot davomida maktabda faoliyat koʻrsatayotgan toʻgaraklar haqida oʻquvchilarga va oʻqituvchilarga maʼlumotlar berildi va 14-sentabr kuni boʻlib oʻtayotgan "OCHIQ ESHIKLAR" kuniga oʻquvchilar taklif etildi.

♻️ Targʻibot ishlaridan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, oʻquvchi-yoshlarni toʻgaraklarga jalb etish.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💲 Пахта хомашёси етиштирувчилар молиявий қўллаб-қувватланади

📝 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Пахта хомашёси етиштирувчиларни молиявий қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Қарори қабул қилинди.

🔘Унга кўра, 2024 йил ҳосили йиғим-терим даврида жаҳон бозоридаги пахта толасининг шаклланган фьючерс котировкалари бўйича пахта хомашёсининг бошланғич фючерс нархлари бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўм атрофида шаклланаётганлиги кўрсатиб ўтилган.

🔘Ўзбекистон Республика Товар-хом ашё биржасида 2024 йил ҳосилидан биринчи нав иккинчи синф бир тонна пахта хомашёсининг бошланғич фьючерс нархи, жаҳон бозоридаги пахта толаси котировкаларидан келиб чиқиб, 7 млн 800 минг сўм миқдорида эълон қилинган.

🔘Ҳукумат жаҳон бозорида пахта толасининг нархи кескин пасайиши натижасида юзага келган вазиятда пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида:

пахта етиштирувчилар томонидан биржа савдолари орқали реализация қилинган (электрон ҳисоб-фактура асосида) бир тонна пахта хомашёси учун Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан 1 млн сўм миқдорида субсидия ажратилади.

2024 йил учун пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчилар ўртасида биржа савдоларида тузилган шартномалар бўйича қўшимча келишув тузилади. Бунда пахта хомашёсининг сотиш нархи 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаслиги керак.

2024 йил ҳосилидан фьючерс шартномаларидан ташқари пахта хомашёсини биржа савдоларига чиқаришда унинг бошланғич нархини бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаган миқдорида эълон қилиш талаб этилади.

2024 йилда барча ҳудудларда пахта териш машиналари томонидан терилган ҳар бир тонна пахта хомашёсини йиғиб-териб олиш хизмати баҳосининг 20 фоизи, бироқ 250 минг сўмдан ошмаган қисми қоплаб берилади.

🔘Шунингдек, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Жамғарма ҳамда Марказий банкнинг 2024 йил ҳосили пахта йиғим-теримини қисқа муддатларда ташкил этиш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 25 июлдаги 452-сон қарорига асосан, соғломлаштирилаётган пахта-тўқимачилик кластерлари билан 2024 йил ҳосили бўйича шартнома (фьючерс, спот ва вақтинча сақлашда) тузган фермер хўжаликларига, шунингдек, ўз ер майдонларида пахта хомашёси етиштирган пахта-тўқимачилик кластерлари ва фермер хўжаликларига йиғим-терим харажатларини молиялаштириш учун Жамғарма ресурслари ҳисобидан имтиёзли кредитлар ажратиш тўғрисидаги таклифлари маъқулланди.

🔘Бунда имтиёзли кредитлар электрон тарози орқали қабул қилинган пахта хомашёси учун - 10 ой муддатга, йиллик 10 фоиз ставкада (2 фоиз банк маржаси) пахта қийматининг 20 фоизи миқдорида 3 ойлик имтиёзли давр ва сўнгги 7 ойда тенг улушларда қайтариш шарти билан ажратилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️
Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi

“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil oktyabr oyidanXotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o'rganish moduli) ishga tushiriladi.

🔍 Muammolarni o'rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta'minlanadi.

🗓 2024-yil 1-oktyabrgacha:

🔹Muammolarni o'rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;

🔹Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o'rganib chiqish va hal etishni ta'minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.

📆 2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 86 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 267 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 4790 ta (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari 13 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 257 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 689 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1993 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 3 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 28 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 114 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 446 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari 113 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3405 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 24 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 221 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Suv_xoʻjaligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori nazoratda va uning mazmun mohiyatini va javobgarlik masalalarini tushuntirish yuzasidan “SUVXOʻJALIKNAZORAT” inspeksiya tomonidan profilaktika tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli Qaroriga asosan Suv xoʻjaligi vazirligining tuman irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasalari tashkil etildi.

Quyidagilar Suv yetkazib berish xizmatlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Eng koʻp murojaat tushgan hudud aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nigʻmat Muhamedov tashabbusi bilan portalga koʻplab murojaat yoʻllagan Toshkent tumani Hasanboy mahallasi aholi uchun 3-sektor hududida sayyor qabul tashkil qilindi.

Qabulda 16 nafar fuqaro ishtirok etib, murojaatlarning 9 tasi tegishliligi boʻyicha tashkilotlarga yoʻnaltirildi, 5 tasi joyida hal qilindi, 2tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️14-sentabr kuni London Kolizeyida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston milliy baleti ishtirokida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektaklining Britaniyadagi ilk namoyishi boʻlib oʻtdi.

Nemis xoreografi Raul Raymondo Rebek tomonidan yaratilgan spektakl Buyuk Britaniya madaniy sahnasida muhim voqea boʻldi.

“Lazgi” tomoshabinlarga afsonaviy Ipak yoʻli manzarasida muhabbat va oʻlmas ruh haqidagi abadiy hikoyani taqdim etdi. Markaziy Osiyo xalq anʼanalari va madaniyatini oʻzida mujassam etgan ushbu raqs oʻzining kuchli xoreografiyasi, ajoyib yorugʻlik aks-taʼsirlari va chuqur hissiy koʻtarinkiligi bilan tomoshabinlarni hayratga soldi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанддаги Ўзбекистон-Германия саммити кўп қиррали муносабатларда янги босқични бошлаш, халқларимиз ўртасидаги дўстлик ва ҳамкорлик ришталарини янада мустаҳкамлашга хизмат қилади

Узбекско-германский саммит в Самарканде будет способствовать началу нового этапа многоплановых отношений, дальнейшему укреплению уз дружбы и партнерства между нашими народами

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:


🔹Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi Manba: (PQ-312-son, 07.09.2024 y.);

🔹Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi Manba: (O'RQ-955-son, 05.09.2024 y.);

🔹Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik jo'natmalarini yetkazib berish bo'yicha faoliyat takomillashtiriladi Manba: (O'RQ-956-son, 05.09.2024 y.);

🔹Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi Manba: (O'RQ-957-son, 07.09.2024 y.);

🔹Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi Manba: (PQ-314-son, 07.09.2024 y.);

🔹Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi Manba: (PF-135-son, 06.09.2024 y.);

🔹Davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi va dorilar beriladi Manba: (PQ-311-son, 05.09.2024 y.);

🔹Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi Manba: (O'RQ-959-son, 10.09.2024 y.);

🔹Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi Manba: (O'RQ-960-son, 10.09.2024 y.);

🔹Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi Manba: (557-son, 09.09.2024 y.);

🔹Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi Manba: (PF-136-son, 11.09.2024 y.);

🔹O'zbekiston Madaniy yodgorliklarni saqlash bo'yicha xalqaro hujjatga qo'shildi Manba: (O'RQ-961-son, 12.09.2024 y.);

🔹Mirzo Ulug'bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo'yilgan narvon” filmi taqdimoti bo'lib o'tadi Manba: (PQ-323-son, 12.09.2024 y.);

🔹“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi Manba: (PQ-322-son, 12.09.2024 y.);

🔹Noruda materiallarni qazib olish bo'yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi Manba: (566-son, 12.09.2024 y.);

🔹Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi Manba: (572-son, 13.09.2024 y);

🔹O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasini ratifikatsiya qildi Manba: (O'RQ-962-con, 12.09.2024 y.).

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35/6 kV Darhon P/Sdan chiquvchi Xasanboy fiderida kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish munosabati bilan Avliyo-ota, Rahbarobod, Hasanboy Guzari, Hasanboy, Kensoy, Bahor mahallalarida va ushbu mahallalar xududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 17-sentabr kuni soat❗️10:30 dan 12:00 gacha❗️ elektr taʼminotida uzulishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Obodonlashtirish

Mahalla-obod, yurt-obod


Har bir mahallaga kiraverishda tartib, intizom boʻlishi, mahallaning fayzi, goʻzalligi va ozodaligi mahallada yashovchi insonlarning mehnatsevarligi, vatanparvarligini sezdirib turadi. Buning uchun esa nafaqat mahalla yettiligi balki aholi ham yoʻl boʻyidagi daraxtlarga shakl berib, koʻchalarning holati yaxshilanishiga, hududning tozaligiga eʼtibor qaratishi lozim.

Aynan shu maqsadda, ayni kunlarda Toshkent tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bunda koʻchalarni tashlab ketilgan chiqindilardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, koʻcha chetlariga gul ekish singari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik tumanimiz yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Ozodalik bor joyda obodlik va qut-baraka boʻladi.

📸 Fotosuratlarda mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlaridan lavhalar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Loyihalar yoshlar orasida

📚Toshkent tumanida joylashgan 9-maktabning o‘quvchi yoshlariga A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan Ibrat tillari, Uzchess, Mutolaa, UstozAI loyihalarining targ‘iboti jadal suratlarda olib borilmoqda.

📚Quvonarlisi, yoshlar orasida bu loyihalar katta qiziqishga sabab bo‘ldi va ular barcha loyihalar bepul berilayotganligidan xursand.

♻️Targibot davomida A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan 9-maktabda joylashgan yoshlar markazi kutubxonasida Ibrat farzandlari loyihasi doirasdai "Do'stlik daraxti" portreti ham yoshlar tomonidan tashkil etilib kutubxona devoriga ilib qo'yildi.

🟢O‘quvchi yoshlar, Yoshlar ishlari agentligiga o‘z minnatdorliklarini bildirib, davlat ularga bepul o‘qish tizimini yaratib kelajak uchun qayg‘urayotgan paytda ular ham davlatimiz kelajagi uchun bor bilimlarini sarflab katta yutuqlarga erishishga va'da berdilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM