Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.19K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Muloqot
#Toshkent_tumani

Murojaatlar eʼtiborsiz qolmadi

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi Oqtosh mahallasi bir guruh nuroniylari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni tingladi.

Xususan, muloqot davomida mahalla qariyalari mahalla fuqarolari yigʻini idorasi masalasi, yaʼni yangi bino qurish boʻyicha tuman hokimiga oʻz taklif va mulohazalari bilan yuzlandilar.

Muloqot vaqtida tuman hokimi mahalla faollari bilan birgalikda hududni koʻzdan kechirib, mavjud boshqa muammolarni ham muhokama qildi va ularning yechimi boʻyicha mahalla nuroniylarining rejalarini tingladi.

Suhbat yakunida tuman hokimi mahalla faollariga mavjud muammolarni imkon qadar tez fursatlarda bartaraf qilishini bildirdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Toshkent tuman sudi sudyasi sayyor qabul oʻtkazdi

Bugun, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudi sudyasi Zafar Abbosov tumandagi Avliyo ota mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazdi.

Qabulda mahalla raisi, hokim yordamchisi qatnashdilar.

Oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga hamda yechimini kutayotgan muammolariga bevosita javob oldilar.

Tinglangan murojaatlarni belgilangan muddat va reja asosida hal etish choralari koʻrilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn
#Toshkent_tumani
#Hashar

Obod yurt yoshlari chellenji Toshkent tumanida


⚡️ Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda atrof-muhitni asrab-avaylash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida #Obod_yurt_yoshlari_chellenjini boshlagan.

Ayni damda Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi yoshlar yetakchilari va faol yoshlar hamkorligida hashar oʻtkazmoqdalar.

Siz ham yurt obodligiga hissa qoʻshasizmi?

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fermerlar_kuni

Toshkent tumani hokimi fermerlar bilan uchrashuv oʻtkazdi


Sektor rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda, tuman hokimi Sardorbek Ergashev fermerlarga, mahalliy oʻgʻitlarni jamgʻarish, sugʻorish ishlarini yakuniga yetkazish, kuzgi ekish texnikalarini taʼmirlash, agrotexnik vositalaridan keng foydalanish, tomchilatib sugʻorish boʻyicha tezkor tadbirlar olib borish, ekin ekilgan dalalarning qator oraliqlarini shudgorlash kabi masalalarda tushuntirish ishlarini olib borib, belni mahkam qilib mehnat qilish kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek suhbat davomida “Dala madaniyati-fermer majburiyati” singari talablarga amal qilish muhimligini tushuntirib, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi oldidan dala chetlarida ham obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish muhimligini, obod yurt koʻrki va gullab-yashnashiga barcha birdek masʼul ekanligini aytib oʻtdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar

Obodlik ostonadan boshlanadi


Bugun bu naql, Toshkent tumanidagi deyarli barcha mahallalarda, korxona-tashkilotlarda o'z aksini topmoqda desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

Sababi, viloyat hokimining topshirigʻiga asosan joriy yil 15-avgustdan 30-avgustgacha “Dolzarb 15 kunlik” eʼlon qilinib, tumanda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Ayni vaqtda qayerga nazar solmang, oʻsha yerda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari avjida.

Aytish joizki, Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari ham bu ishda faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

📷Fotosuratlarda Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi hududdagi hashar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM