Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.28K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ bilan hamkorlikda Toshkent tumanida 1-Avgust kuni o‘quv-seminar tashkil etildi.

📝 Mazkur o'quv-seminarda tuman fuqarolariga e-auksion.uz elektron savdo platformasidan ro'yxatdan o'tish, Elektron raqamli kalit olish va auksion savdosida ishtirok etish tartiblari tushuntirildi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 05-apreldagi PQ-153-son qaror bilan yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash bilan birga ularga yer uchastkalarini ijaraga olishda bir qator imtiyozlar borligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
lv_0_20240801232440 (online-audio-converter.com)
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.


Chinoz tumani. Hokim hamda sektor rahbarlari birgalikda tumanda faoliyat olob boruvchi tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ohangaron shahri. Hokim Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hokim “Call markaz” 1094 qisqa raqami orqali yuborgan murojaatlar yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Toshkent tumani. Dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratib berilgan yoshlar oʻz daromadiga ega boʻlmoqda.

Nurafshon shahri. Hokim “Call markaz” 1094 qisqa raqami orqali yuborgan murojaatlar yuzasidan shahardagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Yangiyo‘l shahri. Hokim tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent tumani. Prokuror tuman hokimining oʻrinbosari va boshqa tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan Oqibat mahallasidagi kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan muloqot o'tkazdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#Bildirish

⚡️Hurmatli TOSHKENT TUMANI elektr energiyasi isteʼmolchilari!   
             
                                              
💥"Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi" shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari Olmazor tumani elektr ta'minotiga qarashli Sokin podstansiyasida yuklamani ortishi natijasida avariya holati yuzaga kelganligi sababli Sokin podstansiyasidan chiquvchi L-Keles 35 kV havo tarmog‘idan elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi Toshkent tumanining - Hasanboy, Hasanboy-guzari, Bahor, Qorasaroy, Qirariq, A.Navoiy, Qizg'aldoq, Sohibkor, Iftixor, Ozodlik, Tinchlik, Oqibat, Uch-sada, Xuvaydo mahallalarida va ushbu hududda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda yuklama ortib ketganligi munosbati bilan elektr energiyasida uzilish mavjud.

Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Elektr ta'minoti taxminan 1 yarim soatlar ichida tiklanadi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik

Davlat xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi


Bugun erta tongdan, Toshkent tumani hokimligi apparat xodimlari hamda tuman elektr va gaz taʼminoti xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Toshkent viloyati hokimining viloyatning tuman va shaharlari hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari orasida endokrinologik kasalliklarni erta aniqlash va ularni oldini olish boʻyicha berilgan topshiriqlarga asosan, yuzdan ortiq xodim tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.

Tibbiy koʻrik davomida xodimlar uchun ishdan koʻp muddatga ajralmagan holda, endokrinolog, kardiolog, mamolog, terapevt singari tor doiradagi mutaxassislar koʻrigidan tashkil qilindi hamda UZI va kardiogramma diagnostikasi oʻtkazildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Milliy" telekanalining "Millar" dasturida Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida mavjud muammoga doir efirga uzatilgan lavha yuzasidan munosabat:

Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qaroriga muvofiq, aholining koʻp yillik murojaatlari inobatga olinib, Toshkent tumani Chigʻatoy va Diydor mahallalari hududida yangi oqava suv tarmoqlari qurilishi belgilangan.

2023-yil mart oyida loyiha boʻyicha ishlar boshlangan, joriy yilning oxiriga qadar ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Chigʻatoy mahallasi Ozod 2-berk koʻchasi-murojaat qilingan koʻcha boʻyicha mavjud muammolar, yaʼni 40 metr qismi yaxshi zichlanmaganligi va yer choʻkishi yuzaga kelganligi munosabati bilan koʻchaning bu qismidagi muammolarni bartaraf etish choralari belgilangan. So'ng, quruvchi-pudratchi tashkilot tomonidan joriy yil avgust oyining 10 kunlik ish kuni davomida asfaltlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Toshkent tumanida navbatdan tashqari 86-sessiya oʻtkazildi


Bugun, Toshkent tumani hokimligida Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdan tashqari Oltinchi chaqiriq, sakson oltinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, viloyat va mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish hamda saylov komissiyalarini tasdiqlash masalasi koʻrildi.

Sessiyada deputatlarga Tuman saylov komissiyasi tarkibi oʻqib eshittirilib, komissiyaga tanlangan aʼzolar boʻyicha fikr va mulohazalar eshitildi.

Saylov komissiyalari va ularning aʼzolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshirilishi inobatga olingan holda, doimiy komissiya aʼzolarining tuman saylov komissiyasi aʼzolari haqidagi fikrlari tinglanib, bir ovozdan maʼqullandi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, saylov komissiya nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun teng shart-sharoitlarni yaratish, saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish uchun ajratilgan byudjet mablagʻlarining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov yakunlarini chiqarishning halol boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻradi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Қатор мутасадди ҳамда тегишли идоралар томонидан метан газ нархини барқарорлаштириш ҳамда нархларнинг асоссиз ошириб юборилишини олдини олиш бўйича жиддий назорат олиб борилади

АОКАда Энергетика вазири ўринбосари Азизхўжа Қобилов иштирокида ўтказилган брифингда газ нархининг эркинлаштирилиши билан боғлиқ масалалар юзасидан маълумот берилди:

📈 Ишлаб чиқарувчилар ва импортерлар томонидан биржа савдоларига суюлтирилган газ қўйиш ҳажмлари камайиб, маҳсулотнинг ўртача сотилиш нархи июль ойи бошидагига нисбатан 25 фоиз (6 млн сўмдан → 7,5 млн сўмгача) ошган.

🛢Август ойининг 7 санасидан эътиборан “Uzbekistan GTL” МЧЖ томонидан кунига яна қўшимча 100 тоннадан суюлтирилган газ биржа савдоларига қўйиб борилади.

⛔️Бугунги кунда суюлтирилган газнинг тадбиркорлик субъектлари томонидан импорт қилинишига ҳеч қандай тақиқ ва чекловлар мавжуд эмас.

📌 Жорий йилнинг ўтган даврида табиий газдан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларини аниқлаш бўйича олиб борилган назорат тадбирлари давомида 1 601 та ҳолатда 369 млрд сўмлик 217 млн куб метр табиий газни талон-торож қилган истеъмолчилар аниқланди.

🔍 Табиий газдан ноқонуний фойдаланиш оқибатида етказилган зарар миқдорининг 155 млрд сўмлик қисмини ташкил этувчи 42 фоизи 1 568 та ҳар хил тоифадаги истеъмолчилар ҳиссасига тўғри келса-да, унинг 214 млрд сўмлик 58 фоизи 33 та автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчаси томонидан талон-торож қилинган.

📱 2025 йил 1 январга қадар барча шохобчада газ тўлдириш устунларига қўшимча қурилмалар ўрнатилиб, реализация қилинаётган газ ҳажми онлайн кузатиб борилади.

‼️ Эндиликда сотилаётган ёқилғиларнинг нархларини сунъий равишда ошириш ҳолатлари аниқланган тақдирда, мазкур тадбиркорлик субъектлари қонунчиликда белгиланган тартибда жавобгарликка тортилади ҳамда уларга ёқилғи етказиб берилиши тўхтатилади.

📞 Ҳурматли истеъмолчилар, агар сиз метан газ нархининг асоссиз равишда оширилиши ҳолатларига дуч келсангиз, Рақобат қўмитасининг 71-207-47-00, 71-207-48-00 ёки 1159 қисқа рақамига, шунингдек, Бош прокуратуранинг 1007 қисқа рақами ҳамда “Ўзэнергоинспекция”нинг 71-200-02-86 телефон рақамларига қўнғироқ қилишингизни сўраймиз.

📌 Батафсил

https://t.iss.one/hudud_inform
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko‘ra, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

🔹BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha) jarima;

🔹15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Toshkent tumani prokurori S.A.Salixov raisligida oʻtkazilgan Kengash yigʻilishida 2024 yilning oʻtgan davrida tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va joriy yilning 2-yarim yilligida amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar muhokama qilindi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM