Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Yer_ajratish

❇️Toshkent tumanida yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratib berish davom etmoqda.


🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirishi va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yerlarni oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida:

♻️Toshkent tumani Sarke mahallasida yer maydonlari "E-auksion" ochiq savdoga chiqarilib shu orqali gʻolib deb topilgan  yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratib berilmoqda.

📌Bugun, Sarke mahallasida istiqomat qiluvchi 18 nafar yoshga  yer maydoni ajratib berilib ularga o'z hududida E-auksion savdo platformasi orqali ijaraga qo'yilgan yerni yutib olib o'z dehqonchilik faoliyatini yoʻlga qo'yishga sharoit yaratildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FVB

'ʼDolzarb 30 kunʼʼ tadbiri Toshkent tumanida


"Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida Toshkent tumanida joylashgan "23-Oilaviy poliklinika" da profilaktik targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Toshkent tumani FVB xodimlari "23-Oilaviy poliklinika" ishchi xodimlari bilan yongʻinni oldini olishga qaratilgan targʻibot hamda tushuntirish ishlari oʻtkazib, yongʻin sodir boʻlganda qay tartibda harakat qilish va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi. Shuningdek favqulodda holatlarda qanday harakat qilish boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Mustaqilllikning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta'minlanadi


Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-sentabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo'linmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar o'rinbosari nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay va to'siqlarsiz muhit yaratilishi bo'yicha mas'ul etib belgilanadi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan:

🔹vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta'minlaydi;

🔹vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o'qitiladi.

✔️2024-yil 1-oktabrdan:

🔸shahar yo'lovchi transportida I guruh nogironligi bo'lgan shaxs va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bepul xizmat ko'rsatiladi;

🔸I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalarini moslashtirish xarajatlarining 50 foizi (BHMning 30 baravarigacha bo'lgan miqdorda) qoplab beriladi.

🏢 Ijtimoiy inspeksiya nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay muhit va to'siqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

Aholi murojaatlari yechim topdi


Toshkent tumani 4-sektor hududidagi mahallalarda elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha 4-sektor rahbariga koʻplab murojaatlar tushgan edi.


Murojaatlarga ijobiy yechim topish maqsadida 4-sektor rahbari S.Abduvaliyev tuman elektr taʼminoti xodimlariga topshiriq berdi.

Natijada Oltin tepa, Qoraboʻrik, Beruniy va Chigʻatoy mahallalariga xizmat koʻrsatuvchi TPda taʼmirlash ishlari oʻtkazilib, atrofi obodonlashtirildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish

Toshkent tumanida qurilish obyektlari oʻrganildi


Kuni kecha, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari S.Samadov, viloyat prokurorining oʻrinbosari, viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov va tuman prokurori hamda tuman mutasaddi tashkilot rahbarlari hamkorligida Toshkent tumanida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini oʻrgandi.

Xususan oʻrganish davomida, Ayri ota mahallasidagi 5-umumtaʼlim maktabi, Qorasaroy mahallasidagi 17-umumtaʼlim maktabi, Ibrat mahallasidagi 26-umumtaʼlim maktabi hamda Xalimkoʻpdagi yangi ta'lim muassasasidagi qurilish jarayoni koʻzdan kechirilib, pudrat tashkilot rahbarlari va quruvchilarga koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

📷 Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM