Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.29K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

Aholi murojaatlari eʼtiborda

📍Bugun rejaga muvofiq, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabullni o‘tkazdi.

♻️Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan hokimga yuzlandi.

🤩Har bir murojaat tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tinglanib, muammolarga 3-5 kun muddatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yechimini sektor rahbari –tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirib, muammoni bartaraf qilishda shaxsan ishtirok etishini bildirdi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Ijtimoiy_koʻmak

Maqsad-kambagʻallikni qisqartirish


Bugungi kunda har bir fuqaroning bandligi, daromadi, ijtimoiy himoyasi mahalla yettiligi zimmasidagi vazifa hisoblanishi hech kimga sir emas.

Daromad topishga intilgan har bir fuqaroga ish oʻrni yaratish, iqtisodiy yetishmovchiliklarni bartaraf qilish uchun barcha sharoitlar bor. Bu uchun mahalla raisidan tortib, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim bor kuchini safarbar qilgan holda aholining yashash sharoiti yaxshilanishiga xizmat qilishmoqda.

Toshkent tumanida "Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi" vakillari mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Huvaydo mahallasida boʻldilar.

Bu yerda, mahalla hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan K. Zuparovaga ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari yordamida amalga oshirilayotgan ish bilan yaqindan tanishdilar.

Quvonarlisi, oʻz xonadonida seh tashkil qilgan bu ayol, nafaqat oʻz oilasi daromadini oshirishga erishmoqda, balki mahalladagi boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan taʼminlab ularning roʻzgʻoriga baraka kirishiga hissasini qoʻshib kelmoqda.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

"Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi


Joriy yil 1-iyul kunidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublikamiz hududida "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi. Ushbu tadbir 1-avgust kuniga qadar davom etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan brifing oʻtkazildi.

📹Brifing tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumaniga prokuror tayinlandi

Salixov Sandjar Abdugapparovich Toshkent tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

🤩S.Salixov o‘tgan davrlarda O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, Toshkent shahar prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlari surishtiruv, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori singari lavozimlarda ishlagan.

📍Salixov Sandjar Abdugapparovich mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlariga start berildi

Batafsil
———
“Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги” доирасида комплекс тарғибот-ташвиқот тадбирларига старт берилди

Батафсил
———



| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Tashabbusli_budjet

O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Toshkent tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi tomonidan taqdim etilgan tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo’yicha g’olib bo’lgan takliflarning moliyalashtirilishi yuzasidan 2024-yil 2-chorak hisoboti.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TSMRI umumta'lim maktablari bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi 3, 5, 8, 9, 11, 15, 23, 25-umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tdi. O'quvchilar uchun institut hududi bo'ylab ekskursiya uyushtirilib, turizm, moliya, moda va biznes-inkubator laboratoriyalari hamda ta'limning asosiy yo'nalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, kelajak kasblarini tanlash bo'yicha o'quv-treninglar o'tkazildi.

Hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri maktab o'quvchilariga oliy o'quv yurtlarida muvaffaqiyatli o'qish va kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikma va bilimlarni egallash imkonini beruvchi qo'shma ta'lim tadbirlari va loyihalari tashkil etiladi. Ushbu hamkorlik ta'lim tizimining yuqori va o'rta bo'g'inlari o'rtasida ilg'or tajriba almashishga qaratilgan bo'lib, maktablarga ilg'or ilmiy manbalardan, jumladan, institutning yetakchi professor-o'qituvchilari ma'ruzalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Loyihalarga yangi 2024-2025 o'quv yilidan start beriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM