Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.9K subscribers
20.3K photos
4.64K videos
31 files
13.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

Aholi murojaatlari eʼtiborda

📍Bugun rejaga muvofiq, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabullni o‘tkazdi.

♻️Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaro o‘z murojaatlari bilan hokimga yuzlandi.

🤩Har bir murojaat tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tinglanib, muammolarga 3-5 kun muddatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yechimini sektor rahbari –tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirib, muammoni bartaraf qilishda shaxsan ishtirok etishini bildirdi.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
#Ijtimoiy_koʻmak

Maqsad-kambagʻallikni qisqartirish


Bugungi kunda har bir fuqaroning bandligi, daromadi, ijtimoiy himoyasi mahalla yettiligi zimmasidagi vazifa hisoblanishi hech kimga sir emas.

Daromad topishga intilgan har bir fuqaroga ish oʻrni yaratish, iqtisodiy yetishmovchiliklarni bartaraf qilish uchun barcha sharoitlar bor. Bu uchun mahalla raisidan tortib, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim bor kuchini safarbar qilgan holda aholining yashash sharoiti yaxshilanishiga xizmat qilishmoqda.

Toshkent tumanida "Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi" vakillari mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Huvaydo mahallasida boʻldilar.

Bu yerda, mahalla hokim yordamchisi tavsiyasiga asosan K. Zuparovaga ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari yordamida amalga oshirilayotgan ish bilan yaqindan tanishdilar.

Quvonarlisi, oʻz xonadonida seh tashkil qilgan bu ayol, nafaqat oʻz oilasi daromadini oshirishga erishmoqda, balki mahalladagi boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan taʼminlab ularning roʻzgʻoriga baraka kirishiga hissasini qoʻshib kelmoqda.

📷Jarayon yuqoridagi fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

"Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi


Joriy yil 1-iyul kunidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublikamiz hududida "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi. Ushbu tadbir 1-avgust kuniga qadar davom etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan brifing oʻtkazildi.

📹Brifing tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Toshkent tumaniga prokuror tayinlandi

Salixov Sandjar Abdugapparovich Toshkent tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.

🤩S.Salixov o‘tgan davrlarda O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, Toshkent shahar prokuraturasi ichki ishlar vazirligi organlari surishtiruv, tergov va tezkor-qidiruv faoliyati ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori singari lavozimlarda ishlagan.

📍Salixov Sandjar Abdugapparovich mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlariga start berildi

Batafsil
———
“Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги” доирасида комплекс тарғибот-ташвиқот тадбирларига старт берилди

Батафсил
———



| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |