Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.3K photos
4.26K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

"Ayollar daftari"dagi xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi


Bugun, Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Kambag‘allik va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida "PREMIUM WORK TAME" MCHJ tomonidan o‘qitilgan xotin-qizlarga sertifikat topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi T.Norboyevaning 10-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan bandligi taʼminlanmagan xotin-qizlarni qiziqishlari asosida kasb-hunarga o‘qitish maqsadida tashkil qilingan o‘quv kurslarida 60 dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.

O‘qish davomida ayol va qizlar buxgalteriya, massaj, kompyyuter savodxonligi yo‘nalishlarida o‘qitildi va ularni har biriga bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda sertifikat va diplomlar topshirildi

Tadbir davomida xotin-qizlar uchun trening o‘tkazilib, ularning yangi kasblarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun mahorat darslari o‘tildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Muhim_sana

27-iyun matbuot va ommaviy axborot  vositalari xodimlari kuni


Hurmatli qalam sohiblari! Toshkent tumani hokimligi Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, inson qadri, yurt manfaati, vatan taraqqiyotini yuksaklarga koʻtarish yoʻlidagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, oʻzining hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan koʻtarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi maʼnaviy jasorat egalarigina qodir boʻladi”, – deya bildirgan fikrlari Siz qalam ahliga boʻlgan yuksak eʼtiborning ifodasidir.

Axborot va soʻz erkinligini taʼminlashda matbuot va ommaviy axborot vositalari muhim oʻrin tutadi. Davlat hokimiyati organlari va xalq oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini oʻtayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi

Toshkent tumanida "Oʻzbekiston-2030" strategiyasidagi vazifalar ijrosi oʻz aksini topmoqda


Xususan, strategiyaning birinchi maqsadida Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash, singari vazifa qoʻyilgan boʻlib, bugun, 9-sonli eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat, oilaviy-nodavlat hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taʼlim laboratoriyasi tashkil etilgan.

Oʻquv laboratoriyasida "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturi, bolalarga taʼlim berish metodikasi, ikkinchi tilga oʻrgatish, (ingliz-tili va rus tillari) bolalar psixologiyasi yoʻnalishlarida pedagoglar oʻz malakalarini oshirib bormoqdalar.

9-sonli Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Oʻzbekiston-2030" strategiyasida belgilangan yana qanday vazifalar ijrosi taʼminlanmoqda?

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Hovli uylar joylashgan mahallalarda “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil qilinadi

🔍Fuqarolarni o‘z uyi va ko‘chasini ozoda saqlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida eksperiment tariqasida 208 ta tuman (shahar)dan 1 tadan mahallada “Mahalla servis kompaniyasi" tashkil qilinadi.

https://t.iss.one/kuranbayev_k
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya
#Toshkent_tumani

Aholiga ijtimoiy-psixologik xizmat ko'rsatilmoqda

🔰O‘zbekiston Respublikasi VM 539-sonli "Aholini ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta'minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va hizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risidagi" qarorini ta'minlash  maqsadida ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishini oldini olish, ijtimoiy himoyaning manzilli va samaradorligini oshirish borasida:

📌 Bugun Tuman IXM voyaga yetmaganlar bilan ishlash psixologi Rahimova Lobar Qahramonovna  hamda 1-hudud, 1-uchastka kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi U. Xamidullayeva tomonidan  Mustaqillik mahalla hududidagi og‘ir sharoitga tushib qolgan psixologik yordamga  muhtoj oilalar o‘rganildi, ularning farzandlaridagi psixoemotsional holatlar o‘rganilib, tushuntirishlar berildi.

♻️Har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash burchimizdir!


📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қутлов

Ҳурматли оммавий ахборот воситалари ходимлари ҳамда медиа соҳаси фаоллари!

Сиз ва Сизнинг тимсолингизда ўз ҳаёти ва тақдирини шу машаққатли, айни пайтда, шарафли касб билан боғлаган барча соҳа вакилларини Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни билан самимий табриклайман!

Давлатимиз раҳбари таъкидлаганидек, кейинги йилларда юртимизда сўз эркинлиги ва фикрлар хилма-хиллигига эришиш йўлида кенг имкониятлар очилаётгани медиа воситалари вакилларининг ижтимоий-сиёсий жараёнлардаги иштироки, ўрни ва нуфузини янада кучайтирмоқда.

Бугунги кунда Тошкент вилоятида ҳам 48 номда босма оммавий ахборот воситалари фаолият юритяпти. 25 номдаги вилоят, туман ва шаҳар хокимликлари муассислигидаги газеталар узлуксиз чоп этиляпти.

Шунингдек, бундан уч йил аввал иш бошлаган Ўзбекистон миллий телерадиокоманиясининг “Нурафшон” Тошкент вилояти телерадиоканали ҳам йилдан йилга фаоллашиб, такомиллашиб бормоқда. Вилоятимизда жойлашган “Ориат доно” радиоси бугун мамлакатимизда энг кўп тингловчиларга эга радиоканаллардан биридир.

Шу билан бирга, вилоятимизда интернет журналистикаси, хусусан, ижтимоий тармоқларда саҳифа юритадиган блогерларимизнинг фаоллиги эътиборга лойиқдир.

Йилдан йилга ахборот хизмати раҳбарлари билим салоҳияти ортиб, рейтингларда юқори ўринларга эга бўлаётган ахборот хизматлари сафи кенгайиб бормоқда. Хусусан, 2021 йилда республика рейтингида 2 нафар хокимлик ахборот хизмати раҳбарининг фаолияти аъло баҳоланган бўлса, 2023 йилда туман ва шаҳар ахборот хизматлари раҳбарларининг 4 нафари юқори кўрсаткичларни қайд этди.

Фурсатдан фойдаланиб, мана шу файзли даврада жамулжам бўлган барча журналист ва блогерларимизга, марказий оммавий ахборот воситаларининг муҳаррир ва мухбирларига вилоятимизда амалга оширилаётган ислоҳотларни кенг жамоатчиликка етказишдаги фидокорона хизматлари учун алоҳида миннатдорлик билдираман.

Ҳамиша сўзингиз равон, қаламингиз ўткир бўлсин! Ижодингиз янада гуллаб-яшнасин, меҳнатларингизнинг роҳатини кўриб юринг, ҳеч қачон кам бўлманг!

Яна бир бор байрам барчамизга муборак бўлсин!

Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими


📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli TOSHKENT TUMANI elektr energiyasi isteʼmolchilari!      
 
                                                       
💥"Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi" shuni maʼlum qiladiki, bugungi kunda havo haroratini keskin isib ketishi sababli elektr energiyasiga bolgan talab ortmoqda. Natijada elektr qurilmalari yuklama (nagruzka) bilan ishlamoqda. Yuklama (nagruzka) ortishi oqibatida Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlariga qarashli 110 kV L-DOK-1 va L-DOK-2 havo tarmog‘ida avariya holati yuzaga kelganligi sababli Toshkent tumanining - Nurhayot, Majnuntol, Ozodlik, Iftixor, Uchchinor, Masalboy, Hiyobon, Zargar, Sohibkor, Ko‘kterak, Halimko‘p, Sag‘bon, A. Navoiy, Qizg‘aldoq, Farovon, Gulobod, Uchsada, Gultepa, Shirin, Chuvalachi, Navoiy, Qizg‘aldoq, Huvaydo, Fayzobod, Oqibat, Tinchlik, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Bahor, Hasanboy guzari, Kensoy, Yuqori Hasanboy, Avliyo-ota, Oydin hayot, Hojiota, Rahbarobod, Iqbol, Tutzor, Sabzovot, Darxon, Ibrat, Bog‘bon, Ayriota, Qashqarlik, Mustaqillik, Sanoat, G‘isht ko‘prik, Sirg‘ali, Sarke mahallalarida va ushbu hududlarda faoliyat yurituvchi korhona-tashkilotlarda elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan. Elektr ta'minoti tiklanish vaqtlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar ta'qdim etiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

♻️Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar Toshkent tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabi direktori Shohista Niyozova intervyusida.

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nosozlik qisqa fursatda bartaraf etildi

Toshkent shahrida 110 kVli “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan
nosozlik bartaraf etildi.

Ayni paytda elektr energiyasidan uzilgan hududlarga qayta kuchlanish berildi.

Ma’lumot o‘rnida mazkur nosozlik Toshkent tumanida 110 kVli “L-DOK-1” va “L-DOK-2” yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i hududida yuzaga kelgan yong‘in natijasida vujudga kelgan.

Shu o‘rinda iste’molchilardan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarida ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻriqlash

Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining Toshkent tumani qo‘riqlash bo‘linmasiga ishga qabul qilish to‘g‘risida.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 283 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 15 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 10 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” ko'rik-tanlovi tashkil etiladi


“Iqlim o'zgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim o'zgarishi bilan bog'liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-233-son, 24.06.2024 y.) qabul qilindi

⚡️Qarorga ko'ra, Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash doirasida sohaning iqlim o'zgarishiga moslashishi va uning iqlimga salbiy ta'sirini yumshatish, qurg'oqchilik va yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish, yaylovlar bioxilmaxilligini saqlash (qayta tiklash), yangi innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda sohaga keng joriy qilish bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga Qishloq xo'jaligi vazirligi mas'ul etib belgilandi.

📁 Qishloq xo'jaligini iqlim o'zgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha milliy dastur (Milliy dastur) tasdiqlandi.

▶️ Iqlim o'zgarishiga bog'liq bo'lgan hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish Milliy dasturning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish hamda himoya o'rmonlari (ihota) barpo etish doirasida:

🔹cho'l, tog'li va tog' oldi hududlarda cho'llanish va qum ko'chishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o'rmonlari (ihota) barpo etiladi;

🔹dala chetlari, yaylovlar va ochiq yer maydonlarini madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va cho'l o'simliklari bilan qoplashning foydali tomonlari to'g'risida tashabbuskorlarga ko'rgazmali seminarlar tashkil qilinadi.

🗓 2024-yil yakunigacha qishloq xo'jaligida iqlim o'zgarishlarini monitoring qilish, hisobotini yuritish va tasdiqlash global tizimi doirasida milliy platforma joriy qilinadi.

🌳 “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida ko'rik-tanlov tashkil etiladi va uni respublikada ommalashtirish choralari ko'riladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

Vatan bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko'targan Vatanparvarlar!


Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan "Aybin-2024" harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi harbiy musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasining "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari 8 davlat 42 jamoat orasidan faxrli 2-o‘rinni egallab, Vatan bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga ko‘tarishga erishdilar.

Toshkent tumani 9-umumta'lim maktabi qoshidagi "Vatan tayanchi" otryadi- "BURGUT" harbiy taʼlim sporti guruhi aʼzolari yutuqlari haqida otryad va guruh rahbari Shuhrat Saidmuradov so‘zlab berdi.

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish
#Oʻrganish

Ishchi guruhi aʼzolari qurilish obyektini oʻrgandilar


Bugun, Tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va tuman aholisi kayfiyatini oʻrganish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari Toshkent tumani Bogʻizilol mahallasi hududidagi 4-umumtaʼlim maktabida qurilayotgan sport majmuasi holatini oʻrgandilar.

Sport majmuasini 30-iyun Yoshlar kuniga topshirish rejalashtirilgan. Obyekt foydalanishga topshirilganidan soʻng, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar yozgi taʼtil vaqtida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratish koʻzda tutilgan.

Obyektda qurilish ishlarini yakuniga yetkazish jarayoni ketmoqda va ishchi guruh aʼzolari yangi sport majmuasini belgilangan muddatda topshirish boʻyicha zaruriy choralarni koʻrish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM