Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#investitsiya

Investitsion loyihaning holati o‘rganildi

Toshkent tumani hokimining o‘rinbosari Oybek Kenjayev “Ideal Color Print”” MChJda 3 million dollarlik loyihaning bugungi Investitsion holati bilan tanishdi.

Xususan, korxonadagi mavjud muammolarni o’rganib, ularga qonuniy yechim topish choralarini izladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼzoz_2024

“E’zoz” loyihasi amalda


“EʼZOZ” – Toshkent tumani xotin-qizlar bo‘limining “Ayoli eʼzozlangan yurt” tadbirlari doirasidagi “Ayollar daftari” 5- bosqichiga kiritilgan ehtiyojmand ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qamrab oluvchi loyihadir.

Loyiha doirasida Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand yoki nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Oqtosh” qishlog‘ida joylashgan IIV tasarrufidagi “Oqtosh” bolalar oromgohiga 2 kunlik sayohat uyushtirildi.

Ayollar uchun ochiq tog‘ havosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, psixologik treninglarga, ko‘ngilochar o‘yinlar, sport musobaqalari va konsert dasturlari tashkil etiladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_iyundan

🔰Qonunchilikka ko'ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

🔘Bunda:

ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 149 ta Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov #Mahalladagi_kitobxon

💳 Mahalladagi kitobxonlar uchun yana bir ajoyib loyiha!

👥 Kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida “Mahalladagi kitobxon” tanloviga start bermoqdamiz.

🙋 Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. 1 oyda atigi 2 ta kitob oʻqib, tanlovda qatnashib gʻolib boʻlish imkoniyati mavjud!

🔎 Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @MahallaTanlovBot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🔍Murojaat uchun:
@mahalla_murojaat

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ajratiladigan yer maydonlari uchun mini-texnikalarni tizimli ravishda yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida


Toshkent tumanidagi Hasanboy Guzari va Bahor mahallalarida yashovchi yoshlarga bular Tursunov Dilshodxo'ja va Ahmadbekova Dilnozaga Fermerlar Kengashi huzuridagi jamg‘arma mablag‘i hisobidan mahallalardagi hokim yordamchisi hamda tuman Fermerlar Kengashi bilan birgalikda imtiyozli kredit asosida motokultivator bugun yetkazib berildi.

Ushbu motokultivatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorining 6-bandiga asosan, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘ hisobidan olib berildi.

Eng quvonarlisi, Tursunov Dilshodxo'ja va Ahmadbekova Dilnoza joriy yilda mahalla yettiligi tavsiyasi orqali "E-AUKSION" elektron tanlovlarida 0,20 sotixdan yer maydonlarida g‘olib deb topilib, dehqon xo‘jaligi sifatida faoliyatlarini boshlab, o‘z daromadlariga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan jismoniy shaxslarga mahallardagi hokim yordamchisi va tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tavsiyasi asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishga shu jumladan asbob-uskunalarga, issiqxona, sovitkichli omborxona, quritish sehlari tashkil etish uchun 7 yil muddatga shundan 3 yil imtiyozli davr bilan, yillik 18 foiz miqdorda har bir fuqaroga 33 milliongacha garov taʼminotisiz hamda boshlang‘ich to‘lovsiz kreditlar ajratiladi.

Talabgor mahallalardagi hokim yordamchilariga yo‘ki tuman Fermerlar Kengashiga 97-330-87-30 24/7 rejimida ishonch telefoni raqami orqali murojaat etishlari mumkin.

📷Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Barkamol_avlod

Hisobot konserti

🎓Toshkent tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi "Barkamol avlod " bolalar maktabida "Bitiruvchi 2024"  shiori ostida guvohnoma topshirish tadbiri o'tkazildi.Guvohnomani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i  N. Ubaydullayeva o‘quvchilarga omad tilab topshirdilar.

Tadbirda 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabi "Burgut " jamoasi, 4-maktab o‘quvchisi N. Mutalov va tuman madaniyat bo‘limi xodimlari musiqiy chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi.

💃Tadbirda o'quvchilar tomonidan turli raqs, she'r,jonli ijroda qo'shiq va sahna ko'rinishlar namoyish etildi.

⚽️Tadbir davomida qiziqarli o'yinlar tashkil qilinib yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM