Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.22K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Xotira

🕊Tinchlik hukm surgan yurtda-shukronalik nafasi

Millionlab ajdodlarimiz jasorati sabab erishilgan ozodlik bugun bizga obod yurt, goʻzal hayot va farovon kunlarni taqdim etgan. Vatandoshlarimiz qalbida esa bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalik hisi yashaydi.

🎗Toshkent tumanlik faol yoshlar tomonidan oʻtkazilgan targʻibot aksiyasi doirasida yurtdoshlarimizga sharaf lentalarni ulashildi. Koʻksiga davlat bayrogʻining bir parchasi qadalgan hamyurtlarimizning qalblarida gʻurur, vatanga muhabbat va osoyishta hayotga shukronalik tuygʻulari aks etdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatida savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 142 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 424 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 9463 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 301 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 396 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 2149 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 4 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 67 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 148 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 360 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3522 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 16 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 261 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻrgazma

Toshkentda “Inson uchun” savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi


“2015-yilda xastalanib qoldim. Bekor oʻtirmay deb oʻyinchoqlar, kiyimchalar toʻqishni boshladim. Koʻp oʻtmay tadbirkorga aylandim. Davlat bizga hamma sharoitlarni — subsidiya ham, imtiyozli kredit ham beryapti. Ozgina harakat, intilish boʻlsa, kifoya”, — deydi unda ishtirok etgan hunarmand Dilnoza Mamatqulova.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари уруш фахрийлари билан самимий мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Onlayn
#besh_tashabbus

Shaxmat-shashka bo'yicha musobaqa o'tkazildi

♻️ Ayni damda Toshkent tumani 1-sektor hududida mahallalararo shaxmat va shashka musobaqalarining "sektor bosqich"lari o'tkazilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

📹Batafsil "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash

Xotira-muqaddas, qadr-aziz


9-may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻ. Oʻtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Xotira, bu – unutmaslik, deganidir. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, ogʻir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham oʻzligini yoʻqotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi.

Shu maʼnoda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” Oʻtganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olib, hurmat koʻrsatib Toshkent tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Soliq inspeksiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Yoshlar ishlari Agentligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, Tibbiyot birlashmasi, Tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, hokim yordamchilari va mahalla raislari Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻydilar.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamovning 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Muhtaram faxriylar! Hurmatli tumanimiz ahli!

Avvalo barchangizni va albatta Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan, urushdan keyingi mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan Siz muhtaram tabarruk nuroniylarimizni Xotira va qadrlash kuni bilan keng jamoatchiligi nomidan samimiy qutlayman.

Bugun barchamiz avvalo buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, mana shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida taʼzim qilamiz. Shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Aziz nuroniy otaxonlar va onaxonlar!

Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek “Ming-minglab jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ko‘plab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik ko‘rsatdilar. Bu so‘nmas jasorat, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi..”

Sizlarning safimizda eson-omon, bardam bo‘lib, barchamizga maʼnaviy madad berib, ibrat bo‘layotganingiz uchun Sizlarga uzoq umr tilab, hurmat bajo keltirish barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydigan savob ishdir.

Sizlar kabi piru badavlat insonlarning borligi uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi tinch va ozod, erkin hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun sizlarga yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib yurishingizni Yaratgandan so‘rayman.

Baxtimizga hamisha omon bo‘ling!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Bogʻzor podstansiyasi L-Bogʻzor-2 35 kV havo tarmogʻida shikastlanish (avariya) boʻlganligini sababli Koʻksaroy hamda Qizgʻaldoq hududidagi aksariyat MFYlarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda TET xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududlarda elektr taʼminoti joriy yil 9-may taxminan soat 20-30 ga tiklash choralari koʻriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Bogʻzor podstansiyasi L-Bogʻzor-2 hamda fider Hamdamovda kabel tarmogʻi shikastlanganligi sababli Koʻksaroy, Qizgʻaldoq, Keles, Masalboy, Koʻkterak hududidagi aksariyat mahallalarda elektr taʼminotida avariyaviy uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda TET masʼul xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu hududlarda taʼmirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar joriy yil 9-may kuni hududlardagi elektr jihozlarini saqlash hamda avariya holatlarini oldini olish maqsadida har ikki soatdan elektr taʼminoti oʻchirilib yoqilishi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

🟢 Vaqtinchalik keltirilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хотира_ва_қадр

Мухтарам Юртбошимиз ташаббуслари билан қад ростлаётган – навқирон Нурафшон шаҳримизда бугун яна бир сўлим маскан юз очди.
Ўзбек аёлининг метиндек мустаҳкам бардошига қўйилган мажмуага бежизга “МАТОНАТ МАДҲИЯСИ” деб ном қўйилмади.

Сабаби, ватан ҳимояси йўлида қурбон бўлган беш нафар навқирон фарзандларидан ажралишига қарамасдан, бева қолган келинларини бошини қовуштириб, фарзандларидан қолган зурриёдларни тарбиялаб вояга етказган, хонадонидан бирор ножўя гап чиқармаган Зулфия ая ҳақиқий ўзбек аёлининг ёрқин тимсолидир.
Шубҳасиз, бу мажмуа янги ҳаёт остонасига қадам қўяётган ёшларимиз учун муқаддас маскан, талаба ва ўқувчилар учун маънавият ўчоғи, ҳар бир оила учун ибрат мактаби бўлиб хизмат қилади.

Фурсатдан фойдаланиб, ўз вақтларини аямасдан ташриф буюрган, фахрийларимизга, ҳурматли вазирларимиз, ректорларимиз ва олимларимизга, республика идоралари вакилларига, халқимизнинг ардоқли санъаткорларига, барча фаолларга бугунги тадбирдаги иштироклари учун чуқур миннатдорлик билдирамиз.
Барчангизни яна бир бор бугунги байрам билан муборакбод этамиз.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube 📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkazilishi belgilangan.

▶️ Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligi elektron platforma orqali onlayn tekshiriladi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_koʻmak

Halol mehnat uchun mini-traktor hadya qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2024 yil 12-yanvardagi Xavfsizlik kengashi yigʻilishidagi topshiriqlar yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ tomonidan Toshkent tumani Qashqarlik mahallasi Quruvchilar koʻchasi 9-uyda istiqomat qilib kelayotgan fuqaro Qurolov Xojiakbar Gʻayrat oʻgʻliga hayotdagi oʻz oʻrnini halol mehnat bilan topishiga koʻmaklashish maqsadida mini traktor subsidiya asosida olishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM