Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.2K photos
4.25K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Murojaat_va_natija

Oilalarga ijtimoiy koʻmak koʻrsatilmoqda

🔰Toshkent tumani Qashqarlik mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim Umida Xamidullayeva ish rejasidagi  "Oilalardagi haqiqiy holatni oʻrganish, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga boʻlgan ehtiyojini baholash   bandining ijrosi yuzasidan ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalar va nogironligi boʻlgan  shaxslar xolidan xabar olish bandini taʼminlash maqsadida:

♻️Qashqarliq mahallasi Xalqsevar 2-uyda yashovchi 2-guruh nogironi  Saidxodjayev Baxtiyor oilasi oʻrganilganda tomorqadan foydalanish uchun sabzavot koʻchatlariga ehtiyoji, parrandachilikga qiziqishi borligini bildirgan edi.

📌Bugun hokim yordamchisi, aloqa bank xodimlari koʻmagi bilan tomorqasiga sabzavot koʻchatlari yetkazilib, ekilishiga koʻmaklashildi, parrandachilik bilan shugʻullanishlari uchun 10 bosh tovuq bilan taʼminlandi.

✔️Yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning ijtimoiylashuvi yaxshilanishiga koʻmaklashildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabiat

🌳Ona tabiatga mehr ila yashaylik!

☘️Aynan shu shiori ostida bugun, Toshkent tumanidagi 15-umumta'lim maktabida bellashuv bo‘lib o‘tdi.

🌱Bellashuv davomida maktab o'quvchilari tabiatga bo'lgan muhabbatlari, uni asrab-avaylash haqidagi fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashibgina qolmasdan o'simlik olamiga bo'lgan munosabatlarini namoyish etdilar.

🪴Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.

🌿 Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimiz ekanligini tushungan yoshlar bellashuvdan g'oliblikni emas, natija kutganlari, shubhasiz kishini quvontiradi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🎎Teatrlashtirilgan tomoshaga taklif qilamiz!

Toshkent tumani hokimligi ertaga, 25-aprel kuni soat 18:00da markaziy Madaniyat saroyida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri jamoasi taniqli dramaturg, hajviy yozuvchi Habib Siddiq qalamiga mansub "Ajab hangomalar" yangi hajviy teatrlashtirgan tomoshasi namoyishiga taklif etadi.

Tomoshada Siz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tolib Xojiyev (aka Sharif), taniqli qiziqchilar Erkin Julliyev ("Shoʻrdanak" hajviy guruhi) va Gʻulom Ernazarov ("Gʻulom shov-shuv"), Sherzod Boymurodov, Roʻziboy Allanazarov, Umida Xolbekovalarning hajviy chiqishlaridan bahramand bo'lasiz.

Demak, barcha maʼnaviy hordiq shinavandalarini ertaga-25-aprel kuni soat 18:00da tuman markazidagi Madaniyat saroyida kutib qolamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

💻"KIBERSPORT" musobaqasi o‘tkazildi


Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  "Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida joriy yilning 24-aprel kuni "KIBERSPORT" musobaqasining sektor bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra ishtirokchilar quyidagi o‘rinni egalladilar:

JAMOAVIY CONTR CS:1.6 bo‘yicha:

🥇1-o‘rinni 22-maktab
🥈 2-o‘rinni 26-maktab
🥉 3-o‘rinni 21-maktab

PUBG MOBILE bo'yicha:

🥇 1-o‘rinni 26-maktab
🥈 2-o‘rinni 22-maktab
🥉 3-o‘rinni 25-maktab

G‘olib bo‘lgan  22 va 26-maktab o‘quvchilari musobaqaning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor
#Gidrometeorologiya

‼️Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 25-28 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

🔹Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
🔹Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
🔹Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Ehtiyot bo‘ling, firibgarlikning yangi turi!

📞Qo‘ng‘iroqlar orqali baxtsiz hodisaga uchragani, zudlik bilan pul zarurligi yoxud yaqin insoningizdan qarz so‘rab murojaatlar, farzandlaringizning biror ehtiyoj uchun pul ko‘chirish to‘g‘risidagi ovozli xabarlar yuborilishi holatlariga duch keldingizmi?

Firibgarlar ovozlarni soxtalashtirish uchun qanday usul qo‘llashadi?

Firibgarlarning tuzog‘iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Uyali aloqa qurilmalari, umuman ijtimoiy tarmoqlarda himoya vositalarini bilasizmi?
〰️〰️〰️〰️〰️

📹Videorolikni diqqat bilan tomosha qiling. Firibgarlarning yangi nayrangidan ogoh bo‘ling!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MIB_xabarlari

15 sutkaga qamalishni bilgan qarzdorning yaqinlari 42 million so‘m aliment to‘ladi


Byuroning Toshkent tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.Shomaxmudovdan, undiruvchi M.Jumabayeva foydasiga 2 nafar farzandining taʼminoti bo‘yicha aliment qarzdorligi undirilib berildi.

Bo‘lim davlat ijrochisi olib borgan ijro harakatlariga qaramay qarzdor Sh.Shomaxmudov belgilangan aliment miqdorini to‘lamay yurgan va natijada Toshkent tumani sudining joriy yil 16-apreldagi qaroriga asosan MJtKning 47,4 moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi belgilangan.

Shundan so‘ng, qarzdorning oila aʼzolari tomonidan undiruvchiga 41.950.000 so‘m to‘lab berilgan hamda qarzdor va undiruvchi o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilganligi munosabati bilan ijro hujjat tugatilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

🏆Toshkent tumanida DXX kubogi uchun musobaqalar oʻtkazilmoqda!

⚽️Toshkent tumanida mahalla yoshlari oʻrtasida futbol hamda mini futbol bo'yicha DXX kubogi uchun musobaqalarning saralash bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu musobaqalar uch bosqichda tuman, shahar, viloyat hamda respublika miqyosida tashkil etilib, unda yigitlar futbol, qizlar esa mini futbol turi boʻyicha ishtirok etadilar.

Habaringiz bor, futbol va mini futbol bo'yicha o'g'il bolalar va mini futbol bo'yicha qiz bolalar o'rtasida "DXX_2024" kubogi uchun musobaqaga start berilgan edi.

💫Bugun mahallalar yoshlari o'rtasida o'tkazilayotgan futbol musobaqasida murosasiz va kuchli o'yin guvohi bo'lmoqdamiz!

⚽️Yildan yilga futbolga qiziquvchi yoshlar safi ortib bormoqda.

📷Jarayonlar fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🎎Teatrlashtirilgan tomoshaga taklif qilamiz!

Toshkent tumani hokimligi bugun, 25-aprel kuni soat 18:00da markaziy Madaniyat saroyida Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri jamoasi taniqli dramaturg, hajviy yozuvchi Habib Siddiq qalamiga mansub "Ajab hangomalar" yangi hajviy teatrlashtirgan tomoshasi namoyishiga taklif etadi.

Tomoshada Siz, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tolib Xojiyev (aka Sharif), taniqli qiziqchilar Erkin Julliyev ("Shoʻrdanak" hajviy guruhi) va Gʻulom Ernazarov ("Gʻulom shov-shuv"), Sherzod Boymurodov, Roʻziboy Allanazarov, Umida Xolbekovalarning hajviy chiqishlaridan bahramand bo'lasiz.

Demak, barcha maʼnaviy hordiq shinavandalarini bugun-25-aprel kuni soat 18:00da tuman markazidagi Madaniyat saroyida kutib qolamiz.

Kirish bepul.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM