Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#FVB

Kelajak yoshlar qoʻlida...


Toshkent harbiy prokuraturasi katta tergovchisi, Adliya mayori J.Ortiqov, Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik U. Maxammadjonov, Toshkent tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari T. Rahmatullayev hamda Bogʻizilol,Eʼzoz, Zaxariq, Qoraboʻrik mahallari faollari hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Kelajak yoshlar qoʻlida" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilgan eʼtibor, mavjud sharoitlar haqida soʻz yuritilib, yoshlar Vatanparvarlikka chaqirildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish

Toshkent tumani hokimi qurilish obyektlarini oʻrgandi


Sir emaski, Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini taʼminlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik koʻlamlari tobora kengayib bormoqda.

Xususan, ana shu islohotlar samaradorligini oshirish va obyektlarni belgilangan vaqtda, talab darajasida topshirilishini nazorat qilish maqsadida tuman hokimi Odilxon Rustamov, tuman hokimligining bosh mutaxassisi B. Davlatov hamkorligida ijtimoiy soha obyektlari , tibbiyot muassasalari, maktablarda olib borilayotgan rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini tanqidiy oʻrganib oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Yashil maydonlarni kengaytirish choralari koʻrilmoqda


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni keskin oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

Aynan shu vazifalarni oʻz vaqtida va samarali tashkil etish maqsadida Toshkent tumanida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi aksiyalarda barcha korxona-tashkilotlar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

Xususan, bugun Toshkent tumani Fermerlar Kengashi va "Buxgalteriya markazi" xodimlari tomonidan ham korxonaga biriktirib berilgan Shirin mahallasidagi boʻsh yer maydoniga 250 tup olma daraxti koʻchati ekilib, "Yashil bogʻ" barpo qilish choralari koʻrildi hamda yil davomida har bir koʻchatni parvarishlash uchun masʼullar belgilandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

⛔️Toshkent tumani Eʼzoz mahallasi Mustaqillik ko‘chasining "Zangiota obodon" MCHJ binosi oldidan "Mehnat Group" korxonasi binosi oldigacha bo‘lgan yo‘l yopiladi.

🚧Toshkent tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi Sizga shuni ma'lum qiladiki, muassasa xizmat ko‘rsatadigan umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 4К708а "Toshkent halqa avtoyo‘lidan - Fozilov qishlog‘iga shaxobcha" avtomobil yo‘lining 1,3 kmda joylashgan “Keles-Nazarbek” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3353 km PK 3 da joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasidagi temir yo‘l izida (kapital) tubdan taʼmirlash ishlari o‘lib borilishi munosabati bilan, joriy yilning 20-aprel kuni soat❗️21:00 dan 21-aprel sanasi soat 06:00ga❗️qadar avtotransport vositalari harakati 9 soatga cheklanadi.

🟢 Hurmatli fuqarolar!

⚠️ YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga, tartib intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini taʼminlashga hissa qo‘shing.

❗️Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PARALIMPIYA

"Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi

📌 Mahallalarda istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Universal sport majmuasida oʻtkazilgan musobaqada Toshkent tumanidagi 70 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etib oʻz iqtidorlarini namoyon qilgan xolda oʻzaro murosasiz bahslashishdi.

🎁Musobaqada faol ishtirok etib faxrli 1-2-3-oʻrinni egallagan iqtidorli yoshlarimizga Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan maxsus diplomlar topshirildi. Tuman bosqichida gʻolib boʻlgan yoshlarimiz viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Shu kabi oʻtkazilayotgan sport tadbirlari yoshlarimizda, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube