Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.29K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Navbatdagi sayyor qabul Gulobod mahallasida o'tkazildi

📍 Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov kecha haftalik ish rejasiga muvofiq ish kunini fuqarolar sayyor qabuli bilan boshladi.

🤩 Navbatdagi sayyor qabul 1-sektor hududidagi Gulobod mahallasida oʻtkazilib, unda tuman hokimi hamda masʼul korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida 20 nafarga yaqin fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Xabaringiz bor, soʻnggi vaqtlarda Toshkent tumani hokimi – 1-sektor rahbari Odilxon Rustamov tuman aholisi murojaatlarini har bir mahallaga borib, sayyor qabullar tarzida koʻrib chiqmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

TOSHKENT TUMANI
_RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI_26.03.2024

📹"Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Taʼlim sifatini yaxshilash-ustuvor vazifa


"Oʻzbekiston 24" telekanalining ta'limga oid dasturida Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari Nilufar Ubaydullayeva, aynan Toshkent tumanida taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar haqida soʻz yuritdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2_sektor

Sumalak sayli

💫Sumalak! U haqda gapirib ado etolmaymiz. Koʻzlarni yashnatib, koʻngillarni gupurtirib yuboruvchi qudrat bor bu soʻzda! “

Kecha, 2-sektor hududidagi xotin-qizlar faollari tomonidan Navroʻz ayyomi munosabati bilan ezgu niyatlarning el yurtga yoʻldosh boʻlib, maʼnaviy qadriyatlarning, xalqona udumlarni yanada yuksaltirish maqsadida erta tongdan Sumalak sayli boshlandi.

Toshkent tumanidagi Quruvchi mahallasida boʻlib oʻtgan sumalak sayli tadbirida mahalla faollari, onaxonlar tomonidan kuy-qoʻshiq va laparlar ijro etildi, bahorgi taʼtil vaqtida bolajonlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari uyushtirildi.

Bayram sayli barcha mahalla faollariga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishlab, yaqin kelajakdagi rejalar, maqsad va vazifalar, orzu-umidlar haqida dildan suhbatlashishga imkon yaratdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

Toshkent tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi


Toshkent viloyat hokimining 2024-yil 22-fevraldagi “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasiga asosan Toshkent tumanida 9-maktab hududida joriy yil 27-mart kuni soat 11:00 da “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtdi.

Yarmarkada tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlari faollari qatnashdilar. Yarmarka ishida jami 112 nafar fuqarolar qatnashdi. Shundan, 85 nafari yoshlar, 64 nafari ayollar, 2 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar, 15 nafari chet el davlatlariga chiqib qaytib kelgan fuqarolarni tashkil etdi.

Mehnat yarmarkasida 28 ta korxona va tashkilotlar oʻzlarining 768 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar. Unda 6 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 2 nafari jamoat ishlariga jalb etildi, 10 nafar fuqarolarga kasb-hunarga yoʻllanma berildi, 54 nafar fuqarolarga turli maslahatlar berildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muloqot

📍 2-sektorda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Kuni kecha Toshkent tumani 2-sektor hududidagi Madaniyat markazida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan yangi imkoniyatlarni targʻib qilish hamda tadbirkorlik faoliyatidagi tizimli muammolarni va takliflarni oʻrganish maqsadida tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Nazarov boshchiligida tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazildi.

🤩 Uchrashuvda sektor rahbari bilan Respublika ishchi guruhi vakillari, masʼullar hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

📹Batafsil fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi!


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar elektr taʼminoti tezkor xabarnomasiga koʻra Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Sagʻbon podstansiyasida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli tumanning Koʻksaroy hamda Qizgʻaldoq hududlaridagi MFYlarda va ushbu MFYlar hududida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda joriy yil 28-mart kuni soat❗️9:00dan 17:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FVB

🚨Fuqaro muhofazadi boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

⚡️Avval xabar berganimizdek, 15-martdan 15-aprelgacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

💢 Shu munosabat bilan, Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumanimizda joylashgan "Bonito Group" MChJ xodimlari o'rtasida Fuqaro muhofazasi boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

❇️Mashgʻulot davomida xodimlarga mavsumiy kuzatiladigan tabiiy hodisalar yaʼni, Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar berildi.

♻️Tadbir davomida "Bonito Group" MCHJ ishchi-xizmatchilariga favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

❇️FVDqT xizmatlarining Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida yoʻriqnomalar oʻtildi.

Tadbirda tuman FVB, tuman IIB JTSB, Tuman Tez tibbiy yordam xizmati, tuman Milliy Gvardiya xizmati hamda ularning tumandagi mas’ullari ishtirok etib, tegishli xizmatlardan maxsus texnikalar jalb etildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

"Nurafshon TV" telekanalining
ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak to‘g‘risidagi ijtimoiy roligi Toshkent tumani misolida tayyorlangan.

📹Batafsil rolikda ko‘rishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM