Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.41K subscribers
18.4K photos
4.32K videos
30 files
12.3K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
March 25, 2024
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:


🔹Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi Manba: (O'RQ-922-son, 18.03.2024 y.);

🔹Elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi Manba: (PQ-132-son, 18.03.2024 y.);

🔹Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi Manba: (PQ-134-son, 19.03.2024 y.);
🔹“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori Manba: (PQ-135-son, 19.03.2024 y.);

🔹Mahalladagi yoshlar yetakchisiga qo'shimcha vazifalar yuklatiladi Manba: (PQ-136-son, 20.03.2024 y.);

🔹Futbol bo'yicha mahalla terma jamoalari o'rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” o'tkaziladi Manba: (PQ-136-son, 20.03.2024 y.);

🔹Og'ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi Manba: (PQ-137-son, 20.03.20224 y.).

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 26, 2024
#Iftorlik

♻️G‘animat va fazilat oyi

💫Azaldan imon-eʼtiqodli, diyonatli xalqimizning orziqib kutgan yana bir qutlug‘ ayyomi – Ro‘zai Ramazon kunlari boshlandi! Uni quvonch bilan, quchoq ochib kutib olinishida ham hikmat ko‘p. Boisi, tabiatan keng feʼl, insoniy fazilatlarga boy, qalbi ezgulikka esh xalqimiz uchun o‘zgalarga, ayniqsa yoshi ulug‘larga, eʼtiborga muhtoj, imkoniyati cheklanganlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish oliy qadriyat hisoblanadi. Ramazon oyida esa bunday xayrli amallar yanada avj olib, bor bo‘yini ko‘rsatadi.

📍Ana shunday ezgu amallardan chetda qolishni istamagan Toshkent tumani hokimligi va mahallalardagi mahalla raislari, homiylar yordami bilan mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini tashkil qilmoqdalar.

Muhimi bu emas, muhimi savobtalab, saxovatpesha kishilar ibrati, ro‘zadorlarning sabr-qanoati o‘sib kelayotgan yoshlarimizda odob-axloq, olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 26, 2024
#Rasmiy_munosabat

"Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti" AJ ga Toshkent tumani "Fayzobod" mahallasi Keles yo‘li ko‘chasidan o‘tgan ichimlik suv tarmog‘ida nosozlik vujudga kelgani to‘g‘risida video xabar kelib tushdi.

O‘rganish davomida, Keles yo‘li ko‘chasidagi yangi uylarni qurilishi jarayonida og‘ir texnikalar tomonidan ichimlik suv tarmog‘iga shikast yetkazilgani ma‘lum bo‘ldi va jamiyatning avariya brigadasi tomonidan, kecha tunda nosozlik bartaraf qilindi.

"Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti" AJ Axborot xizmati

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 26, 2024