Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.34K subscribers
18K photos
4.2K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish rejasini shakllantirish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (123-son, 11.03.2024 y) bilan “O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e'tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi

🔰 Unga ko'ra, o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar reyestriga kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish rejasini shakllantirish hamda ko'rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilandi.

📄“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamshira va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi raisi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshiradi va bunday shaxslarni Reyestrga kiritish bo'yicha “Inson” markaziga so'rovnoma kiritadi.

☑️ O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:

🔹mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oshirish, jumladan, uyma-uy yurish natijasida shakllantirilgan so'rovnomaga asosan;

🔹yozma, og'zaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!


“Ochiq budjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda. Nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.

Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

📞 Tizim faoliyatiga oid qoʻshimcha savollaringiz yuzasidan ushbu raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: +99871 2035050 (ichki raqam — 01323, 01327).

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#matbuot
#Press_anons

"Toshkent haqiqati" gazetasining 2024 yil 13 martdagi 13 sonida:


🔺"Taqdiri tandirdan qo‘r olgan ayol" maqolasi chop etilgan.

♻️Unda Toshkent tumani Tutzor mahallasida istiqomat qiluvchi ayol haqida so‘z yuritilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2019 yildan hozirga qadar Oliy sudning 80 dan ziyod hal qiluv qarori asosida 1 000 dan ortiq manbaa taqiqlangan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov maʼlum qildi.

Buzg‘unchilik va vayronakorlikni targ‘ib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qo‘llaniladi.

Shuningdek, diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet nashrlar, kanallar, sahifalar, profillarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mexanizm asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bunday jinoiy qilmishlarga nisbatan amaldagi qonunchilikda qatʼiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Statistika

Aholini ro‘yxatga olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzalligi nimada


Aholini ro‘yxatga olish mamlakat aholisining aniq sonini, aholi tarkibi va uning yashash sharoitlari haqidagi maʼlumotlarni bilish imkonini beradi. Asosiysi, bu natijalarni turli xil umumlashgan, shaxssizlantirilgan jadvallarda aks ettirish mumkin va ulardan nafaqat butun mamlakat, balki aholining turli toifalari va hududlari bo‘yicha ham tahlil qilishda foydalanish mumkin.

Bu avvalgi aholini ro‘yxatga olishdan keyin o‘tgan vaqt davomida ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlar dinamikasini baholash imkonini beradi. Ushbu maʼlumotlar aholining istiqbolli hisob-kitoblari va yaqin yillardagi mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning asosiy xarakteristikalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

👉Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Taʼlim

Toshkent tumanida kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi tajriba- sinovdan oʻtkaziladi


Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Yaponiyaninig JICA tashkiloti hamkorligida umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

"Kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi" mavzusidagi ushbu seminarlarda Toshkent tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.Ubaydullaeva boshchiligida tumandagi 3,9 va 14- umumiy oʻrta taʼlim maktabi rahbarlari va 25 nafar fan oʻqituvchilari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni mikrojamiyatlar tashkil etish ,oʻzaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda koʻnikmalarni egallashlariga hamda mutlaqo zamonaviy standartlarga xos o'quv jarayonlarini tashkil qilishga qaratilgan.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Toshkent viloyati hududidan 1720 ta tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹
Angren shaharida 207 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 103 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 237 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Quyichirchiq tumanida 213 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 38 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 71 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 40 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 347 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 75 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 22 ta (Ko'rish)

Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting!!!

👇Xabardor bo'lish uchun
👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Shukuh

Taʼlim muassasalarida "Navroʻz" ga tayyorgarlik


Toshkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni tarannum etish, yaqinlashib kelayotgan 21 mart "Navroʻz" umumxalq bayramini munosib tarzda kutib olish va nishonlash maqsadida, taʼlim muassasamizning "Tikuvchi" guruhi qizlari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar koʻrgazmasi, oʻqituvchi-xodimlar tomonidan namoyish etildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha faoliyatning huquqiy asoslari takomillashtiriladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-920-son, 13.03.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 “Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o'tkazilishi mumkin bo'ldi.

📋 “Ma'muriy qamoqni o'tash tartibi to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rishga va ularni sodir etishga daxldor bo'lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

📁 Shu bilan birga “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni o'tashdan bo'yin tovlayotgan yoki bedarak yo'qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website