Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Sayyor_qabul

3 nafar fuqaroga aliment pullari joyida undirib beril
di

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi O.Bozorov tomonidan aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 5-mart kuni Toshkent tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

Mazkur qabul davomida jami 15 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan 3 ta murojaat masʼullar tomonidan shu kunning oʻzida hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni tegishliligi boʻyicha oʻrganib chiqib, tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Xususan, sayyor qabul davomida bitta holatda 12.3 million soʻm, ikkinchi holatda 7.7 million soʻm, hamda yana bitta qarzdordan undiruvchi foydasiga 14.6 million soʻm aliment pullari undirib berilishi taʼminlandi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bildirish

Hurmatli tadbirkorlar va tumanimiz aholisi!

Oxirgi paytlarda Toshkent tumanida xususiy shaxslar tomonidan yer maydonlari sotish holatlari koʻplab uchramoqda.

Yuqoridagi surʼatda aks etgan yer maydoni boʻyicha hozirgi vaqtda sud jarayoni ketmoqda. Tadbirkorlik subyektining bankdan boʻlgan qarzdorligi yuqori boʻlganligi munosabati bilan, sotilgan mulk, keyinchalik kredit ajratgan bank tomonidan olib qoʻyiladigan obyekt toifasiga kiritilishi mumkin.

Qolaversa, korxonaga qarashli yer maydonida (infrastrukturasi toʻgʻri kelmaganligi sababli) "kottedjniy gorodok" qurishga tuman hokimligi ruxsat bermagan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, qonunchilikda taqiqlangan AQSH dollari koʻrinishida yer maydonini sotib olgandan soʻng, ushbu joyda "kottedjniy gorodok" qurish uchun ruxsat olishda hamda tadbirkorlik subyektining qarzdorligi natijasida yer uchastkasidan ayrilib qolishdan ehtiyot boʻling! Chuv tushib qolmang!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Murojaat_va_yechim

Murojaatlarni hal qilish faoliyati oʻrganildi

Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida aholi murojaatlari bilan ishlash, tabiiy gaz masalasida boʻlayotgan muammolarni hal qilish faoliyati oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda, tuman aholisining tabiiy gaz taʼminoti masalasida yoʻllagan murojaatlari soni keskin ortib, birgina Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga joriy yilning oʻtgan ikki oyi davomida 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, aksariyat murojaatlarda koʻtarilgan masalalar “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining ayrim xodimlari fuqarolarga qoʻpol munosabatda boʻlayotganligi, murojaatlarga oʻz vaqtida javob bermaslik holatlari, shuningdek, murojaatlarni hal etishda qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmayotganligi maʼlum boʻldi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi masʼul xodimlariga “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asoslanib ish olib borish kerakligi, fuqarolar bilan xushmuomalali va eʼtiborli munosabatda boʻlishi lozimligi tushuntirildi.

Sohaga oid murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan taʼsir choralari qoʻllash hamda kelgusida aholi noroziligiga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik masalalari muhokama qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

Tuman hokimi Odilxon Rustamov Istiqbol mahallasi fuqarolarini qabul
qildi

Reja grafikga muvofiq kecha, sektor binosida bo'lib o'tgan qabulda tuman hokimi tegishli mas’ullar, korxona, tashkilot rahbarlari hamkorligida fuqarolar murojaatlarini o'rgandi.

Unda 5 nafardan ziyod fuqaroning muammolari batafsil eshitilib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💐 “Sen azizsan, muqaddas – ayol!”


Toshkent tumani hokimligi tomonidan 8 mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan “Sahovat” tantanalar saroyida “Sen azizsan, muqaddas – ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri uyushtirilib, tumanning ijtimoiy hayotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan munis xotin-qizlar, mehnat faxriysi boʻlgan moʻtabar ayollar toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlishdi.

Tadbirni, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rahimjon Rixsiyev ochib berdi hamda tuman hokimi Odilxon Rustamov tabrigini barchaga oʻqib eshittirdi.

Bayram tadbiriga taklif etilgan barcha ayollar eʼtirof etilib, ularning har biriga sovgʻalar hadya qilindi.

Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari ijrosida yangragan kuy-qoʻshiqlar hamda tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan maxsus konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг туман ва шаҳарларидаги имкониятларни тўлиқ ишга солиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам полного задействования возможностей районов и городов Ташкентской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Toshkentviloyati #imkoniyatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta'lim muassasalariga kirishda davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi belgilangan.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Yoshlik shijoati


"Yoshlar" telekanalining "Yoshlik shijoati" koʻrsatuvida Toshkent tumani Koʻksaroy mahallasi yoshlar yetakchisi Abdulloh Boʻriboyev faoliyati aks etgan.

A.Boʻriboyev 2021-yilda yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritishni boshlagan. 2023-yilda 28 nafar yoshga zaruriy koʻmaklar koʻrsatilishi tashabbuskori boʻlgan.

Jami mahallada 14-30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 725 tani tashkil qiladi. Bu yil ularning 11 nafari "Yoshlar daftariga" kiritilgan. Qolgan yoshlar ham yoshlar yetakchisi eʼtiboridan chetda qolmagan. Ularning baʼzilari kelajak kasblari yoʻnalishida oʻqitilsa, baʼzilari "Ibrat farzandlari" loyihasi ishtirokchisi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Audiomaqola

⚡️Yuz.uzda yangi loyiha!


“Yangi Oʻzbekiston” gazetasida chop etilgan “Tashqarida ayamajiz – ichkarida koʻklamoy” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

Maqolada Toshkent tumani Sabzavot mahallasiga uyushtirilgan press-turning gazetada chop etilgan nashri audiomaqola koʻrinishida tinglovchilar hukmiga havola etilgan.

👉Yangi Oʻzbekiston

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyting

📊O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rni


2023-yilda Barqaror rivojlanishning 10 ta maqsadi — kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlash, sifatli ta'lim bilan ta'minlash, gender tengligiga erishish va boshqa ko‘rsatkichlarida o‘sish qayd etildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Apparat_yigʻilishi

Prezident boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishdagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov boshchiligida mahallalardagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Ushbu uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kecha, Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website