Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида гимнастика бўйича Оксана Чусовитина спорт маҳорати мактабидаги шароитлар билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в школе спортивного мастерства по гимнастике Оксаны Чусовитиной в городе Ташкенте.
#Mirziyoyev #tanishiv #maktab #gimnastika
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!
“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, 2024-yilgi Navro'z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” degan bosh g'oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko'tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.
📜 Navro'z umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi, jumladan:
🔹Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga;
🔹bu yilgi Navro'z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishga;
🔹“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro'z bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o'tkazishga.
👉Manba
✅ Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

#Sayyor_qabul
3 nafar fuqaroga aliment pullari joyida undirib berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi boshligʻi O.Bozorov tomonidan aholi bilan muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 5-mart kuni Toshkent tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Mazkur qabul davomida jami 15 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan 3 ta murojaat masʼullar tomonidan shu kunning oʻzida hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni tegishliligi boʻyicha oʻrganib chiqib, tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Xususan, sayyor qabul davomida bitta holatda 12.3 million soʻm, ikkinchi holatda 7.7 million soʻm, hamda yana bitta qarzdordan undiruvchi foydasiga 14.6 million soʻm aliment pullari undirib berilishi taʼminlandi.

#Bildirish
Hurmatli tadbirkorlar va tumanimiz aholisi!
Oxirgi paytlarda Toshkent tumanida xususiy shaxslar tomonidan yer maydonlari sotish holatlari koʻplab uchramoqda.
Yuqoridagi surʼatda aks etgan yer maydoni boʻyicha hozirgi vaqtda sud jarayoni ketmoqda. Tadbirkorlik subyektining bankdan boʻlgan qarzdorligi yuqori boʻlganligi munosabati bilan, sotilgan mulk, keyinchalik kredit ajratgan bank tomonidan olib qoʻyiladigan obyekt toifasiga kiritilishi mumkin.
Qolaversa, korxonaga qarashli yer maydonida (infrastrukturasi toʻgʻri kelmaganligi sababli) "kottedjniy gorodok" qurishga tuman hokimligi ruxsat bermagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, qonunchilikda taqiqlangan AQSH dollari koʻrinishida yer maydonini sotib olgandan soʻng, ushbu joyda "kottedjniy gorodok" qurish uchun ruxsat olishda hamda tadbirkorlik subyektining qarzdorligi natijasida yer uchastkasidan ayrilib qolishdan ehtiyot boʻling! Chuv tushib qolmang!

#Murojaat_va_yechim
Murojaatlarni hal qilish faoliyati oʻrganildi
Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida aholi murojaatlari bilan ishlash, tabiiy gaz masalasida boʻlayotgan muammolarni hal qilish faoliyati oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Bugungi kunda, tuman aholisining tabiiy gaz taʼminoti masalasida yoʻllagan murojaatlari soni keskin ortib, birgina Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga joriy yilning oʻtgan ikki oyi davomida 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
Oʻrganishlar natijasiga koʻra, aksariyat murojaatlarda koʻtarilgan masalalar “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining ayrim xodimlari fuqarolarga qoʻpol munosabatda boʻlayotganligi, murojaatlarga oʻz vaqtida javob bermaslik holatlari, shuningdek, murojaatlarni hal etishda qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmayotganligi maʼlum boʻldi.
Shu munosabat bilan Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi masʼul xodimlariga “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asoslanib ish olib borish kerakligi, fuqarolar bilan xushmuomalali va eʼtiborli munosabatda boʻlishi lozimligi tushuntirildi.
Sohaga oid murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan taʼsir choralari qoʻllash hamda kelgusida aholi noroziligiga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik masalalari muhokama qilindi.

Tuman hokimi Odilxon Rustamov Istiqbol mahallasi fuqarolarini qabul qildi
Reja grafikga muvofiq kecha, sektor binosida bo'lib o'tgan qabulda tuman hokimi tegishli mas’ullar, korxona, tashkilot rahbarlari hamkorligida fuqarolar murojaatlarini o'rgandi.
Unda 5 nafardan ziyod fuqaroning muammolari batafsil eshitilib, qonun doirasida hal etish choralari belgilandi.
📷Jarayon fotolavhalarda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh
💐 “Sen azizsan, muqaddas – ayol!”
Toshkent tumani hokimligi tomonidan 8 mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan “Sahovat” tantanalar saroyida “Sen azizsan, muqaddas – ayol!” deb nomlangan bayram tadbiri uyushtirilib, tumanning ijtimoiy hayotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan munis xotin-qizlar, mehnat faxriysi boʻlgan moʻtabar ayollar toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlishdi.
Tadbirni, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rahimjon Rixsiyev ochib berdi hamda tuman hokimi Odilxon Rustamov tabrigini barchaga oʻqib eshittirdi.
Bayram tadbiriga taklif etilgan barcha ayollar eʼtirof etilib, ularning har biriga sovgʻalar hadya qilindi.
Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari ijrosida yangragan kuy-qoʻshiqlar hamda tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan maxsus konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
📹Batafsil videolavhada.

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг туман ва шаҳарларидаги имкониятларни тўлиқ ишга солиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам полного задействования возможностей районов и городов Ташкентской области.
#Mirziyoyev #yigilish #Toshkentviloyati #imkoniyatlar