Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.42K subscribers
18.7K photos
4.37K videos
30 files
12.5K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
March 5, 2024
#Rasmiy_munosabat

Piyodalar yoʻlagini tartibga solish boʻyicha eʼlon qilingan murojaat yuzasidan:


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani hokimligi maʼmuriy binosi qarshisidagi koʻp qavatli uylarning piyodalar yoʻlakchasini tartibga solish yuzasidan murojaat eʼlon qilingan edi.

Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Oʻzbekiston Respublikasining 583-son Qonuniga asosan, baʼzi davlat organlari faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan koʻp qavatli uylarning piyodalar yoʻlakchasi va ularga tutash boʻlgan yoʻlaklar, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan tartibga solinishi belgilab qoʻyilgan.

Shu munosabati bilan qonunga muvofiq, ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi roʻparasidagi koʻp kvartirali xonadonlarga xizmat koʻrsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasiga yoki oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq ekanligini bildiramiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 5, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 5, 2024
March 5, 2024
March 6, 2024
March 6, 2024
March 6, 2024
#Murojaat_va_yechim

Murojaatlarni hal qilish faoliyati oʻrganildi

Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimida aholi murojaatlari bilan ishlash, tabiiy gaz masalasida boʻlayotgan muammolarni hal qilish faoliyati oʻrganilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda, tuman aholisining tabiiy gaz taʼminoti masalasida yoʻllagan murojaatlari soni keskin ortib, birgina Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga joriy yilning oʻtgan ikki oyi davomida 120 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, aksariyat murojaatlarda koʻtarilgan masalalar “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining ayrim xodimlari fuqarolarga qoʻpol munosabatda boʻlayotganligi, murojaatlarga oʻz vaqtida javob bermaslik holatlari, shuningdek, murojaatlarni hal etishda qonunda belgilangan talablarga rioya qilinmayotganligi maʼlum boʻldi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani Xalq qabulxonasi xodimlari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi masʼul xodimlariga “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilga asoslanib ish olib borish kerakligi, fuqarolar bilan xushmuomalali va eʼtiborli munosabatda boʻlishi lozimligi tushuntirildi.

Sohaga oid murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan taʼsir choralari qoʻllash hamda kelgusida aholi noroziligiga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymaslik masalalari muhokama qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
March 6, 2024
March 6, 2024