Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
18.3K photos
4.25K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya

❗️Yoshlarning salohiyatini oshirish uchun muntazam ravishda “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkaziladi

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_koʻrsatish

M-DOKTOR aholi xizmatida


Toshkent tumani markazi, Keles yoʻli koʻchasida yana bir xizmat koʻrsatish obʼekti oʻz faoliyatini boshladi.

Ayniqsa, qish kunlarida tomogʻi koʻp ogʻrib turadigan bolajonlarning ota-onasiga qulay joylashuvda boʻlgan ushbu klinikada lor shifokori xizmati yoʻlga qoʻyilganligi quvonarli.

"M-DOKTOR"da Siz, zamonaviy tibbiyot jihozlari yordamida laborator tekshiruvlardan oʻtib, diagnostika xizmatidan keng foydalanishingiz mumkin.Tajribali shifokorlar esa, bemor shikoyatiga asosan tezda kasallikni aniqlab, uni sogʻlom boʻlishiga oʻz hissalarini qoʻshishlari shubhasiz.

Shunday ekan, Sizni xastalik bezovta qilsa, laborator va diagnostik tekshiruvlardan oʻtish uchun shaharda joylashgan klinikalarga bormasdan, tumanda joylashgan M-DOKTOR klinikasi xizmatidan 24 soatli rejimda foydalaning.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TadbirkorVaYoshlar #uchrashuv

🔺Toshkent tumanidagi 23-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

📺 Batafsil Nurafshon TV lavhasida ko'rishingiz mumkin.

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyatida adabiyot, madaniyat va sanʼat, ilm-fan sohalariga yanada e'tibor qaratiladi

2024-yilda adabiyot, madaniyat va sanʼat, ilm-fan sohalari atoqli namoyondalarining tavallud sanalarini munosib nishonlash hamda faoliyatini keng targʻib etish ishlari olib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Shuningdek farmoyishda, Boʻstonliq tumani Xondayliq qishlogʻida "Sidqiy-Xondayliqiy" nomidagi kutubxona barpo etilib, uning ochilishi adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: “China Geo Engineering Corporation” pudratchi tomonidan amalda oshirilayotgan ish-rejalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (Foto)

👉 Batafsil
____

«Toshkent viloyati suv ta’minoti»: проведено совещание по планам работ, реализуемым подрядчиком «China Geo Engineering Corporation» (Фото)

👉 Подробнее

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat_tadbiri

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash javobgarlikka sabab boʻladi


Toshkent tumani hokimligi bosh mutaxassisi B. Davlatov, jamoatchilik guruhi aʼzosi, tuman deputati, Nuroniy jamgʻarmasi raisi A.Zohidov bilan birgalikda, yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallash natijasida maktab oʻquvchilarini trotuardan emas, katta yoʻl qismidan yurishiga majbur qilayotgan Eʼzoz hamda Koʻksaroy hududiga kiruvchi bir nechta mahallalaridagi tadbirkorlar faoliyatini oʻrgandilar.

Eslatma: "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida"gi Kodeksning 60-moddasiga muvofiq- Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik #savol_javob

Savol: Respublikamiz hududida diniy mazmundagi risola, kitob va boshqa materiallar qaysi hujjat asosida tartibga solinadi?

Javob: Batafsil videorolikda


🌐Videorolik Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Oʻrganish

📊Yoshlar davomati oʻrganilmoqda


🖋Joriy yilning fevral oyidan buyon A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa va qurolli kuchlari tomonidan biriktirilgan xodimlar bilan birgalikda mahalladagi yoshlar va bitiruvchi yoshlar bilan muloqot oʻtkazilmoqda.

Tadbir davomida 9-10-11-sinf oʻquvchilarining  oʻqish jarayonlari odob axloqi va davomati kabi masalalar yuzasidan suhbat oʻtkazilmoqda va nazorat qilinmoqda.

♻️Doimiy davomati past boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan xonadonlarida suhbat oʻtkazilib oʻqishga jalb qilishda qanday muammolar boʻlayotganligi yuzasidan suhbat oʻtkazilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

📌Shu kabi tadbirlar tumandagi barcha mahallalarda davom etib kelmoqda.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayohat

Maʼnaviyatli yoshlar-yurt kelajagi


Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-"A"sinf oʻquvchilari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hamida Roʻziyeva hamda sinf rahbari Muqaddas Riymbayeva boshchiligida tarixiy, goʻzal va betakror shahrimiz, uning boy maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishish uchun Samarqandga tashrif buyurdilar.

- Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand taʼrifiga til ojiz. Azim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega boʻlish uchun u yerga, albatta, tashrif buyurish lozim. Bejizga bu koʻhna kent borib koʻrish shart boʻlgan dunyodagi 50 ta shahardan biri sifatida eʼtirof etilgani yoʻq, - deydi oʻquvchilarning sinf rahbari Muqaddas Riymbayeva. - Tarixsiz kelajak yoʻq va oʻylaymizki, oʻquvchilarimiz buni tushungan holda nafaqat maʼnaviy hordiq oldilar, balki koʻplab tarixiy shaxslar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT!
OGOH BOʻLING!


❗️Ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolarining audio, videolarini tinglash, tomosha qilish hamda aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan shu kabi materiallarni tayyorlash, tarqatish yoki namoyish etish orqali boshqa fuqarolar orasida targʻibot qilish uchun javobgarlik belgilangan.

📌 Turli yot oqimlar tasiriga tushib qolmang, uydirma, boʻhton, yolgʻon daʼvolarga ishonmang, bugungi tinch hayotni qadriga yeting, kimningdir sizdan foydalanishiga yoʻl qoʻymang!

🌐Videorolik Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BIZNING_YOSHLAR

XUSHXABAR

♻️ Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli umumita’lim maktabining 11 "А"-sinf o‘quvchisi Doniyor Komiljanov AQSH dagi “Amerika Gannon Unversity”ga muddatidan avval qabul qilindi.

❇️Bundan tashqari erishgan yutuqlar va a’lo baholari uchun universitet tomonidan 14,500 AQSH dollari (to‘lov-kontraktning 82%) mukofatiga ega bo‘ldi.

O‘quvchimizga o‘qishlarida omad tilab qolamiz.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Uchrashuv

Yoshlar yetakchilarining taklif va mulohazalari tinglandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan yigʻilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, vazirlik tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga biriktirilgan 2-sektor hududidagi 9 ta mahalla yoshlar yetakchisi va Toshkent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari I.Saidikarimov bilan uchrashuv o'tkazildi.

UInda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy bilimini oshirish, sogʻlom turmush tarziga jalb etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi maqsadli suhbatlar olib borildi.
Yigʻilish soʻngida yoshlarni muammo va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

📹Jarayon fotolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:


🔹Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi Manba: (O'RQ-909-son, 19.02.2024 y);

🔹Qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi Manba: (O'RQ-909-son, 19.02.2024 y);

🔹Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi Manba: (VMQ-95-son, 17.02.2024 y.);

🔹Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli yanada oshiriladi Manba: (PQ-75-son, 19.02.2024 y.);

🔹Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash yanada jadallashtiriladi Manba: (PQ-77-son, 19.02.2024 y.);

🔹Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to'g'ridan-to'g'ri sudga shikoyat qilish mumkin Manba: (O'RQ-910-son, 20.02.2024 y.);

🔹Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi Manba: (O'RQ-911-son, 21.02.2024 y.);

🔹“O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi Manba: (PF-37-son, 21.02.2024 y.).

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Onlayn

Ayni damda tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi
oltinchi chaqiriq yetmish yettinchi sessiyasi
bo'lib o'tmoqda.


Sessiyani
FACEBOOKda ko'rish

Sessiyani
INSTAGRAMda ko'rish

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website