Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.15K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangi "Gollandiya" haqida eshitganmisiz?


"Atamaken Bussines" TV muxbiri Dinara Jolamankizi bilan Toshkent tumanidagi lola va atirgul yetishtiriladigan issiqxonada boʻldik.

Gullar qaysi bayramga tayyorlanayapti? Ularning parvarishi faqat yetishtirayotganlarga bogʻliqmi?

Toshkent tumanining Sabzavot mahallasida 4 yarim gektar yer maydonida joylashgan ushbu issiqxonada, bugun 2 yarim gektarida qulupnay, bir gektarida pomidor-bodring va yana bir gektarida lola va atirgul yetishtirilmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

IJTIMOIY HIMOYANING YANGI TIZIMI

📹"Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi qo‘li gul hunarmand Gulchehra Qirg‘izboyeva haqida reportaj efirga uzatildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Uchrashuv

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi


"Yoshlar - kelajagimiz" jamgʻarmasi Toshkent viloyati filiali va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman boʻlimi tashabbusi bilan tumanda bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad - yoshlar orasidan biznesga qiziqishi mavjud yigit-qizlarni aniqlab, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, shuningdek, sohaning baland pastliklari, duch kelish mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarda qanday yoʻl tutish borasida zarur tavsiyalarni berishdan iborat.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовдан мактуб келди.

Мактубда Ўзбекистонда ўзбек ва туркман халқлари ўртасидаги биродарлик ва дўстлик пойдеворини яратишга улкан ҳисса қўшган буюк туркман шоири ва мутафаккири Махтумқули Фироғийнинг 300 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида қабул қилинган қарор учун давлатимиз раҳбарига чуқур миннатдорлик билдирилган.

Ўзбекистонда Махтумқули Фироғийнинг 300 йиллик юбилейи кенг нишонланиши халқларимиз ва давлатларимиз ўртасидаги биродарлик ришталарининг бузилмаслиги, тарихий тақдирлари муштараклиги, якдиллигимиз ва ҳамиша бирга бўлишга тайёрлигимизнинг навбатдаги тасдиғи бўлишига ишонч билдирилган.

Гурбангули Бердимуҳамедов Ўзбекистон Президентига мустаҳкам соғлиқ, фаровонлик, фаолиятида янги муваффақиятлар, Ўзбекистон халқига эса тинчлик ва равнақ тилакларини изҳор этган.

В адрес Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступило письмо от Национального лидера туркменского народа, Председателя Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова.

В послании выражается глубокая признательность главе нашего государства за принятое решение о широком праздновании в Узбекистане 300-летия великого туркменского поэта и мыслителя Махтумкули Фраги, который внес огромный вклад в создание фундамента братства и дружбы туркменского и узбекского народов.

Выражается уверенность, что широкое празднование в Узбекистане 300-летнего юбилея Махтумкули Фраги станет еще одним проявлением нерушимости братских уз между нашими народами и государствами, общности их исторических судеб, нашего единства и готовности всегда быть вместе.

Гурбанулы Бердымухамедов выразил Президенту нашей страны пожелания крепкого здоровья, благополучия, новых успехов в деятельности, а народу Узбекистана - мира и процветания.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

👥 Ijtimoiy xodim kim va u qanday vazifalarni bajarmoqda?

📹Bu haqida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi Umida Hamidullayevaning "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusi orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Issiqxonachilik

Toshkent tumanining "Sabzavot" mahallasida 4,5 gektar yer maydonida joylashgan issiqxonada meva-sabzavot mahsulotlaridan tortib, turfa xil gullargacha topish mumkin.

Mazkur issiqxonaning 2,5 gektarida qulupnay, 1 gektarida pomidor, bodring, 1 gektarida esa lola va atirgul kabi gullar yetishtirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Qozogʻiston Respublikasining "Atamaken Bussines" telekanali ijodkorlari ham mazkur manzilda boʻlib, tasvirga olish ishlarini olib borishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Yoshlarning boʻsh vaqti-yetakchining ish vaqti


Toshkent tumani 3-sektor hududida joylashgan 11-sonli umum taʼlim maktabida Huvaydo, Iftixor, Oqibat, Ozodlik mahallalari yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shaxmat musobaqasi tashkil qilindi.

Musobaqadan koʻzlangan maqsad yoshlarimizning aqliy zakovatini charxlaydigan bu sport turiga qiziqishini yanada oshirish va yangi iqtidorlarni kashf qilish.

⚡️Qizgʻin va hissiyotlarga boy boʻlgan musobaqada 50 nafardan koʻproq oʻquvchi yoshlarimiz ishtirok etishdi.

🥇Musobaqa soʻngida munosib oʻrin egallagan oʻquvchi yoshlarimiz tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#2024_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.

🔘 Shuningdek:

🔹litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo'llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to'langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to'lashdan ozod etiladi;

🔹litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;

🔹tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazish yoki qayta ro'yxatdan o'tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko'rsatishga ruxsat beriladi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik

Oilaviy shifokorlik punktida tibbiy koʻrik oʻtkazildi


Joriy 24-fevral kuni Toshkent tumanidagi Istiqlol OShPda Toshkent viloyati hokimining 2024 - yil 16 - fevraldagi 44-10-0-F/24-sonli “Toshkent viloyatida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini samarali amalga oshirish boʻyicha belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Toshkent viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining ishchi guruhi aʼzolari tumanimizdagi Oqtosh mahallasi aholisining muammolari va ijtimoiy ahvolini oʻrganishdi.

👉To'liq o'qish

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Давлат дастури.pdf
20.8 MB
2024-yil — Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili davlat dasturi (ilovalari bilan)

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Davra_suhbati

Oilalar mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz


Toshkent tumani Chigʻatoy mahallasi hududida joylashgan "Dilbar" marosimlar saroyida "Oilalar mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz" mavzusida tadbir davra suhbati oʻtdi.

Tadbirda bugungi kunda Toshkent tumanida oilalar mustahkamligi yoʻlida olib borilayotgan ishlar, ajrimlar sabablari va oqibatlari, fuqarolar va yeshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, kelgusida ajrimlar boʻlmasligi uchun, milliy qadriyatlar, anʼanalar davomchilari boʻlgan yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda kattalarning oʻrni haqida mulohazalar yuritildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website