Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Tayinlov

Nuroniy jamgʻarmasiga yangi rais tayinlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman nuroniy otaxon va onaxonlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Toshkent viloyati Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-viloyat hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdusamad Nosirov boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda tuman hokimi Odilxon Rustamov ham ishtirok etdi.

Unda Toshkent tumani Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-tuman hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga yangi nomzodni tayinlash masalasi koʻrildi.

Yigʻilish yakunida tuman Nuroniylar jamgʻarmasi raisi-tuman hokimining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Asam Akramovich Zohidov nomzodlari bir ovozdan maʼqullandi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Taqdimot

♻️OAV ishtirokida taqdimot bo'lib o'tdi

🟢Bugun, Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bilasizmi

❗️Nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar


🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (17 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar yer solig'idan ozod qilinadi.

🔹Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 150 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.

⚠️ Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yaratilgan boshqa imkoniyatlar haqida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangi "Gollandiya" haqida eshitganmisiz?


"Atamaken Bussines" TV muxbiri Dinara Jolamankizi bilan Toshkent tumanidagi lola va atirgul yetishtiriladigan issiqxonada boʻldik.

Gullar qaysi bayramga tayyorlanayapti? Ularning parvarishi faqat yetishtirayotganlarga bogʻliqmi?

Toshkent tumanining Sabzavot mahallasida 4 yarim gektar yer maydonida joylashgan ushbu issiqxonada, bugun 2 yarim gektarida qulupnay, bir gektarida pomidor-bodring va yana bir gektarida lola va atirgul yetishtirilmoqda.

📹Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

IJTIMOIY HIMOYANING YANGI TIZIMI

📹"Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi qo‘li gul hunarmand Gulchehra Qirg‘izboyeva haqida reportaj efirga uzatildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Uchrashuv

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi


"Yoshlar - kelajagimiz" jamgʻarmasi Toshkent viloyati filiali va Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tuman boʻlimi tashabbusi bilan tumanda bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad - yoshlar orasidan biznesga qiziqishi mavjud yigit-qizlarni aniqlab, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, shuningdek, sohaning baland pastliklari, duch kelish mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarda qanday yoʻl tutish borasida zarur tavsiyalarni berishdan iborat.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовдан мактуб келди.

Мактубда Ўзбекистонда ўзбек ва туркман халқлари ўртасидаги биродарлик ва дўстлик пойдеворини яратишга улкан ҳисса қўшган буюк туркман шоири ва мутафаккири Махтумқули Фироғийнинг 300 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида қабул қилинган қарор учун давлатимиз раҳбарига чуқур миннатдорлик билдирилган.

Ўзбекистонда Махтумқули Фироғийнинг 300 йиллик юбилейи кенг нишонланиши халқларимиз ва давлатларимиз ўртасидаги биродарлик ришталарининг бузилмаслиги, тарихий тақдирлари муштараклиги, якдиллигимиз ва ҳамиша бирга бўлишга тайёрлигимизнинг навбатдаги тасдиғи бўлишига ишонч билдирилган.

Гурбангули Бердимуҳамедов Ўзбекистон Президентига мустаҳкам соғлиқ, фаровонлик, фаолиятида янги муваффақиятлар, Ўзбекистон халқига эса тинчлик ва равнақ тилакларини изҳор этган.

В адрес Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступило письмо от Национального лидера туркменского народа, Председателя Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова.

В послании выражается глубокая признательность главе нашего государства за принятое решение о широком праздновании в Узбекистане 300-летия великого туркменского поэта и мыслителя Махтумкули Фраги, который внес огромный вклад в создание фундамента братства и дружбы туркменского и узбекского народов.

Выражается уверенность, что широкое празднование в Узбекистане 300-летнего юбилея Махтумкули Фраги станет еще одним проявлением нерушимости братских уз между нашими народами и государствами, общности их исторических судеб, нашего единства и готовности всегда быть вместе.

Гурбанулы Бердымухамедов выразил Президенту нашей страны пожелания крепкого здоровья, благополучия, новых успехов в деятельности, а народу Узбекистана - мира и процветания.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

👥 Ijtimoiy xodim kim va u qanday vazifalarni bajarmoqda?

📹Bu haqida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi Umida Hamidullayevaning "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusi orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Issiqxonachilik

Toshkent tumanining "Sabzavot" mahallasida 4,5 gektar yer maydonida joylashgan issiqxonada meva-sabzavot mahsulotlaridan tortib, turfa xil gullargacha topish mumkin.

Mazkur issiqxonaning 2,5 gektarida qulupnay, 1 gektarida pomidor, bodring, 1 gektarida esa lola va atirgul kabi gullar yetishtirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Qozogʻiston Respublikasining "Atamaken Bussines" telekanali ijodkorlari ham mazkur manzilda boʻlib, tasvirga olish ishlarini olib borishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Yoshlarning boʻsh vaqti-yetakchining ish vaqti


Toshkent tumani 3-sektor hududida joylashgan 11-sonli umum taʼlim maktabida Huvaydo, Iftixor, Oqibat, Ozodlik mahallalari yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shaxmat musobaqasi tashkil qilindi.

Musobaqadan koʻzlangan maqsad yoshlarimizning aqliy zakovatini charxlaydigan bu sport turiga qiziqishini yanada oshirish va yangi iqtidorlarni kashf qilish.

⚡️Qizgʻin va hissiyotlarga boy boʻlgan musobaqada 50 nafardan koʻproq oʻquvchi yoshlarimiz ishtirok etishdi.

🥇Musobaqa soʻngida munosib oʻrin egallagan oʻquvchi yoshlarimiz tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website