Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.38K subscribers
18.3K photos
4.27K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Maktabgacha_taʼlim

Bogʻchalarda ingliz tilini oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda


Xususan, Toshkent tumanidagi 9-sonli Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "WONDERFUL WORLD" mavzusida ingliz tilida ochiq mashgʻulot tashkil etildi. Bunda bolalar ingliz tilida olgan bilimlarini sheʼr, kuy, raqs va oʻyinlar orqali koʻrsatib berishdi. Bu orqali bolalarni ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va shu vaqtgacha olgan bilimlarini mustahkamlash koʻzda tutilgan.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳 Xitoy bilan koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi – Sh.Mirziyoyev

Dunyodagi eng katta auditoriyaga ega Xitoyning yetakchi gazetasi "Jenmin jibao" yaʼni “Peopleʼs Daily”da Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston – Xitoy: ming yilliklarni qamrab olgan doʻstlik va hamkorlik” nomli mualliflik maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada xitoy va oʻzbek xalqi munosabatlarining uzoq tarixiy ildizlari, ijtimoiy-madaniy, siyosiy rishtalari, oʻzaro hamkorlikning tadrijiy taraqqiyot yoʻli batafsil bayon qilingan.

📌 Maqola bilan quyidagi havolada batafsil tanishish mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon

"Tuman shtabi"ning dastlabki muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi


♻️Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida, tuman hokimi O. Rustamov hamda sektor rahbarlari boshchiligida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan "Tuman shtabi"ning dastlabki muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👉To'liq o'qish

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi Manba: (PF–10-son, 15.01.2024 y.)

🔹“Jinoyat omillari” moduli yaratiladi Manba: (PQ-22-son, 15.01.2024 y.)

🔹Darslarda foydalanish uchun har yili 50 tagacha o'quv-uslubiy film ishlab chiqariladi Manba: (VMQ-24-son, 13.01.2024 y.)

🔹Fuqarolar o'z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma'muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to'lamaydi Manba: (O'RQ–897-son, 16.01.2024 y.)

🔹O'zbekiston va Koreya Respublikasi Hukumatlari o'rtasida Bojxona ishlarida o'zaro ko'maklashish to'g'risidagi Bitimga o'zgartirish kiritish to'g'risidagi bayonnoma tasdiqlandi Manba: (PQ-27-son, 17.01.2024 y.)

🔹“Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy” hududida boj olinmaydigan yirik savdo komplekslari barpo etiladi Manba: (PF-9-son, 12.01.2024 y.)

🔹O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi Manba: (PF-9-son, 12.01.2024 y.)

🔹Xorijiy ta'lim tashkilotlarida “O'zbekshunoslik” kafedralari faoliyati yo'lga qo'yiladi Manba: (PQ–19-son, 12.01.2024 y.)

🔹Barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo'lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi Manba: (PQ–20-son, 12.01.2024 y.)

🔹Ayrim tadbirkorlar foyda solig'ini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasida to'laydi Manba: (PQ-21-son, 12.01.2024 y)

🔹Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi Manba: (PF-15-son, 18.01.2024 y.)

🔹Ayrim daryolar o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi Manba: (PF-14-son, 17.01.2024 y.)

🔹Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi Manba: (O'RQ–899-son, 19.01.2024 y.)

🔹Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo'rqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi Manba: (O'RQ–899-son, 19.01.2024 y.)

🔹Transport egalarining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir majburiyatlari alohida belgilandi Manba: (O'RQ–900-son, 19.01.2024 y.)

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Seminar_trening

♻️Toshkent tumani "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari o'qitildi

🇺🇿Ijtimoiy himoya tizimi xodimlar malakasini oshirish markazi tomonidan ‘‘Inson‘‘ ijtimoiy xizmatlar markazlarining keys-menejment bosqichlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish" mavzusida trening o'tkazildi.

👥Unda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarining bosh ijtimoiy xodim, supervayzer hamda ijtimoiy xodimlari ishtirok etdilar.

💻Ishtirokchilarga bosh ijtimoiy xodim, supervayzer va ijtimoiy xodim vazifalari, funksiyalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Maqsad, xodimlarni bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki,
35/6 kV P/S Kelesdan chiquvchi Kamalak fiderlarida avariyaviy holat yuzaga kelganligi sababli ayni vaqtda Oqibat, Tinchlik, Ahillik, Sag'bon mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.

⚡️Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bugun 2024-yil 23-yanvar soat ❗️14:00 ga qadar elektrni tiklash choralari ko'riladi.


🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon

♻️Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi


🔷 “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Toshkent tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB JXX boshlig'i, barcha mahallalar, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani bo'limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari tomonidan Probatsiya hisobida turgan 43 nafar yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔸 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.

🔹 Shuningdek, yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash, o‘qish istagida bo‘lganlarni oliy o‘quv yurtlari yoki texnikumlarga o‘qishga kirishi uchun tayyorlanishida amaliy yordam berish borasida ham masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website