Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.33K subscribers
18.1K photos
4.21K videos
30 files
12.1K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Jarayon

Ochiq eshiklar kuni

Toshkent tumani MMTB boʻlimi tasarrufidagi 5, 23, 26, 28, 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtiga "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida maktab oʻquvchilariga Qurolli Kuchlarning shakllanish va rivojlanish tarixi, harbiylarga yaratilgan sharoitlar hamda harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishib, Vatan himoyachisi singari sharafli nom egasi boʻlish nechogʻliq yoqimli ekanligini his etish imkoni yaratildi. Shuningdek bu tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiya olishlarida ham oʻzining ijobiy taʼsirini qoldirdi, desak xato qilmagan boʻlamiz.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Muhokama

Jinoyatlarni oldini olishi masalasi muhokama qilindi


Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, 1-sektor rahbari O.Rustamov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Nazarov, tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D. Mirzamamedov hamda Soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari S. Abduvaliyev boshchiligida tuman hududida sodir etilgan jinoyat muhokamasi hamda ularni oldini olishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Muhokamada, mahalla yettiligi jinoyatga oid salbiy holatlarni sodir boʻlishiga tomoshabin boʻlib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahalladagi har bir fuqaro bilan xonadoniga borib, ular bilan suhbatlashish zarurligini taʼkidlandi. Muhokama yigʻilishida tuman hududida, har qanday jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videomurojaat

❗️Farzandlaringizni turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrang

🌐 Video Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonun

❗️Shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilish tovlamachilik deb baholanadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–899-son, 19.01.2024 y.) bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

🔰 Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹 Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hujjatning rasmiy toʻliq matni:
https://lex.uz/pdfs/6763724

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Bilasizmi

Mahalla yettiligi

Davlatimiz rahbarining topshirigʻi bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

mahalla raisi – ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga koʻmaklashish;

hokim yordamchisi – ishsizlarga ish topishga koʻmaklashish;

yoshlar yetakchisi – yoshlarni sport, musiqa va toʻgaraklarga jalb etish;

xotin-qizlar faoli – ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;

Profilaktika inspektori Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

soliq xodimi – mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish;

ijtimoiy xodim – yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi aniq vazifalar bilan shugʻullanish.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Maktabgacha_taʼlim

Bogʻchalarda ingliz tilini oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda


Xususan, Toshkent tumanidagi 9-sonli Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "WONDERFUL WORLD" mavzusida ingliz tilida ochiq mashgʻulot tashkil etildi. Bunda bolalar ingliz tilida olgan bilimlarini sheʼr, kuy, raqs va oʻyinlar orqali koʻrsatib berishdi. Bu orqali bolalarni ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va shu vaqtgacha olgan bilimlarini mustahkamlash koʻzda tutilgan.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳 Xitoy bilan koʻp qirrali munosabatlarni rivojlantirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi – Sh.Mirziyoyev

Dunyodagi eng katta auditoriyaga ega Xitoyning yetakchi gazetasi "Jenmin jibao" yaʼni “Peopleʼs Daily”da Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston – Xitoy: ming yilliklarni qamrab olgan doʻstlik va hamkorlik” nomli mualliflik maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada xitoy va oʻzbek xalqi munosabatlarining uzoq tarixiy ildizlari, ijtimoiy-madaniy, siyosiy rishtalari, oʻzaro hamkorlikning tadrijiy taraqqiyot yoʻli batafsil bayon qilingan.

📌 Maqola bilan quyidagi havolada batafsil tanishish mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Jarayon

"Tuman shtabi"ning dastlabki muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi


♻️Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida, tuman hokimi O. Rustamov hamda sektor rahbarlari boshchiligida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan "Tuman shtabi"ning dastlabki muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👉To'liq o'qish

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website