Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.43K subscribers
18.5K photos
4.33K videos
30 files
12.4K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Tashakkurnoma

“Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti” AJ Toshkent tumani Oqtom mahallasi Marg‘iloniy ko‘chasi hamda Oltintepa mahallasi Yong‘oq ko‘chasi aholisining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borayotgan ish faoliyati davomida, zarur quvurlarni olib berilishida beminnat yordam ko‘rsatgan Toshkent tumani deputatlar kengashi kotibiyat mudiri Mirislom Usmonovga minnatdorchilini bildiradi.

Xalq vakili boʻlgan deputatning saʼy-harakatlari natijasida yuqoridagi ikkita mahallaning suv quvurlarini tezkorlikda oʻtkazish va yaxshilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

“Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati
.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Live
#Xitoy

Viloyat delegatsiyasi shahar meri Fenyuy xonim hamrohligida farmatsevtika sohasidagi yirik savdo obyekti hamda “Bozhou Urban Construction Group” kompaniyasining shoʻba korxonasidagi dorivor oʻsimliklarning yetishtirishni integratsiyalashgan Xitoy tibbiyot sanoati bilan yaqindan tanishdi.

Xitoy dorivor oʻsimliklarini ekish, qayta ishlash, dorivor damlamalarini ishlab chiqarish, dori-darmonlarni tarqatish va taʼminot zanjirini moliyalashtirish sohasidagi ishlar oʻrganilmoqda. Noyob usuldagi issiqxonadagi tuproqsiz, nam havoda, maxsus idishlarda giyohlar oʻstirilayotganligining guvohi boʻlishdi.

Ayni vaqtda mazkur hududda taxminan 200 million tup dorivor oʻsimliklar oʻstirilmoqda. 265 gektar yer maydonida tashkil etilgan dorivor mahsulotlarni qayta ishlash sanoat parkini ham koʻzdan kechirishdi. Aytish mumkin, yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonnani tashkil etadi.

Bochjou shahrida xizmat koʻrsatish sohasi ham rivojlangan boʻlib, onlayn savdo maydonchalari qurilgan. “Havfsiz hudud” ombori faoliyat yuritadi. Mahsulotlar butun mamlakat boʻylab tarqatiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy

Zoyir Mirzayev Bochjou shahri tarixi muzeyida boʻldi

Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi kecha, shuningdek, Bochjou shahrining qadimiy tarixidan soʻzlovchi qalʼada boʻlib, mezey faoliyati bilan tanishdilar.

Shahar markazidagi mazkur qalʼa 1800 yillik tarixga ega. Qalʼa ostida oʻziga xos noyob lahimlar, labirint yoʻlaklar mavjud.

Muzeyda Bochjouning ijtimoiy-siyosiy tarixidan jonli lavhalar ham oʻrin olgan. Oʻz navbatida, bugungi zamonaviy Bochjou shahri haqida hikoya qiluvchi eksponatlar namoyish etildi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni paytda Urumchi shahriga joʻnab ketmoqda. U yerda oʻzbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida katta koʻrgazma namoyish qilinadi, bir qator amaliy muloqot va uchrashuvlar oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Ochiq eshiklar kuni

Toshkent tumani MMTB boʻlimi tasarrufidagi 5, 23, 26, 28, 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtiga "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida maktab oʻquvchilariga Qurolli Kuchlarning shakllanish va rivojlanish tarixi, harbiylarga yaratilgan sharoitlar hamda harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishib, Vatan himoyachisi singari sharafli nom egasi boʻlish nechogʻliq yoqimli ekanligini his etish imkoni yaratildi. Shuningdek bu tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiya olishlarida ham oʻzining ijobiy taʼsirini qoldirdi, desak xato qilmagan boʻlamiz.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website