Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.37K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Kengash_yigʻilishi

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov rahbarligida Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Toshkent tumani kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, deputatlar, mahalla raislari, faollari, hokim yordamchilari, yetakchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmoni, “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son Qarori ijrosi yuzasidan soʻz yuritildi hamda Toshkent viloyati Kengashiga delegatlar saylandi.

📹 Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent tumanida 14 - yanvar-Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan "Armiya - jasorat, matonat va bilim maskani!" mavzusidagi bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, harbiy xizmatchilar hamda "Vatan tayanchi" harakati aʼzolari ishtirok etdilar.

Tuman hokimining tantanali tabrigidan soʻng, Vatan himoyachilari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat bo’limi xonandalarining Vatan haqidagi kuy-qoʻshiqlari, jajji qizaloqlarning goʻzal raqslari hamda "Burgut" harbiy taʼlim sporti guruhi a’zolarining koʻrgazmali chiqishlari bilan davom etdi.

📹 Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabrik

Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamovning
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

👉🏻Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Эл-юрт посбони ва қалқони бўлиш – бу дунёда энг улуғ ва муқаддас ишдир". Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

"Защищать и стоять на страже родной страны - самое великое и благородное дело в мире". С 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Toshkent tumani 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayramiga tabrigi.

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Tabrik

Jajji bolajonlardan bayram tabrigi

Kuni kecha, Toshkent tumanidagi 12-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tuman hokimligi, Moliya va Adliya bo’limi, Soliq inspeksiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlarida bo’lib, Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan erkak rahbarlarni tabrikladilar.

📷Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Ogohlantirish
 
🚨 Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent tumanining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


«Toshkenttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi  shuni ma’lum qiladiki, A.Navoiy mahallasi Bog‘ishamol ko‘chasidagi  yer usti o‘rta bosimli D-76mm gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Bog‘ishamol ko‘chasidagi 30-ta aholi xonadonlarda  joriy yil 15-yanvar sanasi soat❗️09:00 dan  17:00gacha❗️gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

🔥"Toshkenttumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilaridan uzr so‘raydi.
 
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

“Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi
Prezident qarori (PQ–15-son, 10.01.2024-y.) qabul qilindi

📊 Qarorga ko'ra, 2024-2025-yillar uchun elektrotexnika tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha asosiy maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹misni qayta ishlash quvvatini 2024-yilda 140 ming va 2025-yilda 160 ming tonnaga yetkazish;
🔹mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024-yilda 30,8 trillion so'mgacha va 2025-yilda 38 trillion so'mgacha oshirish;
🔹mahsulotlar eksport hajmini 2024-yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025-yilda 2 millard AQSH dollari miqdorida ta'minlash.

🏦 Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026- yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

🗓 2027-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam bo'lmagan elektrotexnika tarmog'i korxonalariga foyda solig'i va mol-mulk solig'i bo'yicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.

🔰 2024-yil 1-apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (O'zbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;
1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.

📝 Qaror bilan shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan O'zbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini ta'minlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lishi talab qilinadigan mahsulotlar ro'yxati tasdiqlandi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Toshkent viloyati 86 yoshda

Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.

Viloyatning ma’muriy markaziNurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xatlov

Ishchi guruh faoliyatidan


Toshkent tumani "Ayollar daftari" 5-bosqichi ishchi guruh shtab aʼzolari tuman hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Lola Qoraboyeva boshchiligida Sarke mahallasi xatlovi jarayonini oʻrgandilar.

Xatlov davomida mahallaning Gulsanam koʻchasida istiqomat qiluvchi M.Saidjonova xonadonining ijtimoiy holati oʻrganilib, ushbu ayolning turmush oʻrtogʻi 2023-yil sentyabr oyida olamdan oʻtganligi maʼlum boʻldi va 7 nafar farzandi bilan yolgʻiz boquvchisini yoʻqotgan boʻlganligi munosabati bilan "Ayollar daftari"ning 5-bosqich 3-toifasiga kiritilishi rejalashtirildi.

Xatlov davom etmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

Diqqat, eʼlon!

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Madaniyat hamda Yoshlar ishlari boshqarmalari hamkorligi ostida, sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha "Yangi Oʻzbekistonda yangi isteʼdodlar" nomli koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlovda milliy qoʻshiqchilik, folklor, baxshichilik, opera, estrada, raqs sanʼati kabi yoʻnalishlar boʻyicha 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan havaskorlar ishtirok etishi mumkin.

Gʻoliblar "Navroʻz" umumxalq bayramida viloyat hokimi tomonidan eʼtirof etiladi. Tanlovga materiallar 2024-yilning 15-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun tel.:
+998 99 859 25 11, +998 90 167 91 69.


Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter