This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
Tuman hokimi Kalas mahallasida boʻldi
Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan tumanda gaz taʼminoti muammosi boʻlgan Kalas mahallasida boʻldi.
Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida mahallaga borgan hokim tegishli masʼullar bilan mahallada gaz taʼminoti muammosini bartaraf qilish masalalarini muhokama o'tkazdi hamda aholi murojaatlarini hal qilish uchun muddat belgiladi.
📹 Batafsil videolavhada.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3👏2
#Oʻrganish
Bozordagi narx-navo oʻrganildi
Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev "Keles dehqon bozori"da boʻlib, arzonlashtirilgan yarmarkadagi mahsulotlarning narx-navosini oʻrgandi.
Xususan, tuman hokimi bozor maʼmuriyati bilan narx-navoni sunʼiy oshirilishini oldini olish, aholiga sifatli va arzon mahsulot yetkazish haqida suhbatlashgan boʻlsa, bozorda savdo-sotiq bilan shugʻullanadigan savdogarlar va dehqonlar bilan savdodagi muammolar haqida suhbatlashdi.
📸 Jarayon fotolavhalarda.

👍8❤1🤝1🆒1
#Oʻrganish
Maktab qurilishi oʻrganildi
Bugun erta tongdan, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumandagi 26-umumtaʼlim maktabida qurilayotgan qoʻshimcha bino holatini oʻrgandi.
Qoʻshimcha binoning qurilishi 2024-yil iyun oyida boshlangan boʻlib, bugungi kunda yakunlanish ishlar muddatidan kechikganligi sababli, tuman hokimi tomonidan qurilish obyekti shaxsan oʻrganildi.
Hozirgi kunda maktabda 2 ming nafar oʻquvchi taʼlim oladi, biroq maktab 660-oʻringa moʻljallangan boʻlganligi sababli qoʻshimcha binoga ehtiyoj tugʻilgan.
Shuningdek, ushbu taʼlim muassasasida 30ta mahallada istiqomat qiluvchi o'g'il-qizlar taʼlim oladi.
Mana shu oʻgʻil-qizlarning taʼlim olish sharoitini yanada yaxshilash maqsadida qurilishi boshlangan binoning kamchiliklari, topshirilish muddatining kechikishi sabablari tuman hokimi tomonidan oʻrganilib, pudrat tashkilotga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha topshiriq hamda yangi binoning topshirilishi muddatini tezlashtirish boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi.

👍8❤1
#Oʻrganish
Inson qadri uchun...
Toshkent tumani Koʻk terak hududida joylashgan "Koʻk terak" dehqon bozori aynan shu atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholining roʻzgʻor uchun oldi-sotdi qiladigan asosiy bozori hisoblanadi.
Fuqarolarning ijtimoiy tarmoq orqali tuman hokimi Sardorbek Ergashevning shu bozordagi holatni oʻrganishini soʻrab yoʻllagan murojaatlari hokim eʼtiboridan chetda qolmadi.
Aynan shu murojaatlarga asos nima boʻlayotganligini oʻrganish maqsadida joriy yil 9-yanvar kuni tuman hokimi "Koʻk terak" dehqon bozorida boʻldi.
U yerda sotuvchi va dehqonlar bilan suhbatlashdi. Bozorda mavjud bir nechta talabga zid holatlarning guvohi boʻldi. Oʻrganishdan soʻng, bozor rahbariyatiga bir qancha topshiriqlar berilib, mavjud talablar ijrosini taʼminlash, ham sotuvchi ham oluvchiga qulaylik yaratish choralarini koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

👍4⚡2🔥2
#Oʻrganish
Aholi tomorqasi qay ahvolda?
Tomorqa-daromad manbai ekanligi hech kimga sir emas. Biroq bugungi kunda tomorqasidan unumli foydalanmasdan, uni oʻz holiga tashlab qoʻyayotgan aholi vakillari ham yoʻq emas.
Fuqarolarning tomorqadan unumli foydalanishi nazorat qilish ham hokimlikning qolaversa hokim yordamchilarining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, kuni kecha Gultepa mahallasida joylashgan xonadonlarning birida boʻlgan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomorqasi achinarli ahvolda boʻlgan xonadon egalari bilan suhbatlashib, shu hududga masʼul boʻlgan hokim yordamchisiga nisbatan qatʼiy ogohlantirish berdi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolardan oʻz tomorqalarini daromad manbaiga aylantirishni va undan unumli foydalanishni soʻrab qolgan boʻlar edik.

❤3👍2
#Oʻrganish
Vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi
Xabaringiz bor, kecha Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Qoraboʻrik mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, yigʻilib qolgan masalalarni birma-bir eshitish va mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotni eshitish maqsadida hududdagi 3-umumtaʼlim maktabida yigʻilish oʻtkazgan edi.
Kechagi yigʻilishda aholi tomonidan hokimga mahallaga kelib, muammolarni shaxsan oʻrganish boʻyicha taklif berilgan edi. Bugun, vaʼdaga muvofiq hokim Qoraboʻrik mahallasida boʻldi va Chinor 7-berk, Chinor 6-berk va Chinor shoh koʻchalarini mahalla yettiligi va aholi hamkorligida oʻrganib, tegishli muammolarni bartaraf qilish maqsadida zudlik bilan taklif kiritish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.
Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligiga aholi tomorqasidan unumli foydalanishini yoʻlga qoʻyish, boʻsh dala chetlariga toʻqsonbosti ekinlarini ekish, kam taʼminlangan oilalarning daromadini oshirish uchun ularga nafaqat yerdan foydalanishni oʻrgatish, balki oʻrdakchilik bilan shugʻullanishlariga sharoit yaratish, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

❤2👍1
#Oʻrganish
Qoraboʻrikda yashovchi yolgʻiz ayollar oʻrganildi
Ikki kun ilgari Qoraboʻrik mahallasida boʻlgan yigʻilishda tuman xokimi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Oila va xotin qizlar boʻlim boshligʻi L.Qoraboyeva mahallada yashovchi muammosi bor oilalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda U.Sattarova bandligini taʼminlash, uyda oʻtirib daromad topishga yoʻnaltirish tushuntirdi.
Boquvchisi boʻlmagan M.Azimovaning xonadoniga kirib oilaviy masalasi oʻrganildi.
Boquvchisi boʻlmagan O. Sadikova ham xonadoni oʻrganilib daromad topishi va kambagʻallikdan farovonlik sari dasturiga asosan oilalarda daromadlarni oshirish ishlari tushuntirildi.
Mahalla yettiligiga "Ayollar daftari"ga kiritiladigan ayollarni roʻyxatini shakllantirish va ehtiyojmand xotin-qizlarni qamrab olish topshirigʻi berildi.

👍2
#Oʻrganish
Hokim hududda
Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev bir guruh masʼullar bilan sayyor qabuldan soʻng, Zaxariq mahallasi sharoitini oʻrgandi.
Xususan, mahalladagi "Qizgʻaldoq" oilaviy shifokorlik punktida aholiga xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Shifokorlar koʻchasining asfalt masalasini hal qilish yuzasidan masʼullarga bir qator topshiriqlar berdi.
Oʻrganish davomida Mahalla uyushmasi raisi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi boshliqlariga koʻcha chetlarini tozalash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish, aholi tomorqalarini tartibga keltirish boʻyicha vazifalar yukladi.
📸 O'rganish jarayoni fotosuratlarda.

👍11❤2👏2
#Oʻrganish
Ishchi guruh Toshkent tumanida oʻz ish faoliyatini davom ettirmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Jamoat Xavfsizligi Universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruh Toshkent tumanining Bog'bon mahallasida bo'lib ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida maqsadli oʻrganishlar oʻtkazdi.
Xususan, huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan manzilli takliflar berdi.
Oʻrganishlar davomida har bir “Mahalla yettiligi”ga ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish orqali mahallada xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.

👍5❤1
#Oʻrganish
Biriktirilgan oilalar holidan xabar olindi
Kuni kecha, Toshkent tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L. Karabayeva, oʻziga biriktirilgan oila xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoitini oʻrgandi.
Xususan, Toshkent tumani Qizgʻaldoq mahallasida istiqomat qiluvchi 5ta oila vakillari bilan suhbat davomida har bir ayol bilan individual dastur doirasida suhbat oʻtkazilib, SH.N ning turmush oʻrtogʻiga fuqarolik pasporti olishga koʻmaklashish, X.G ga uyining tomini yopish uchun tunuka olib berish, yana ikkita oilaga mevali daraxtlar ekishga koʻmaklashish hamda B.G ga doimiy ravishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordamlashib turishga kelishib olindi hamda shu yoʻnalishda dastur tuzildi.
Biriktirilgan oilalar holidan xabar olish ishlari davom etmoqda.

👍3