Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
17.9K photos
4.18K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Ayollar_daftari

Xatlov davom etmoqda


Toshkent tumanida "Ayollar daftari"ning 5-bosqichini shakllantirish bo‘yicha barcha hududlarda xonadonlar xatlovdan o‘tkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9-yanvar sanasida ishchi guruh aʼzolari faoliyatini o‘rganish maqsadida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Uchsada va Ahillik mahallalari o‘rganilib, kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallada_duv_duv_gap_loyihasi

"Ma'naviyatli inson yengilmas kuch" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi


Toshkent tumani 4-sektor hududidagi 1-kasb-hunar maktabida Davlat rahbarining 2023-yil 22-dekabr kuni o'tkazilgan Respublika ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig'ilishidagi ma'ruzasi mazmun mohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida "Mahallada duv-duv gap" loyihasi doirasida "Ma'naviyatli inson yengilmas kuch" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Unda nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari, ziyolilar, ma'naviyat va madaniyat xodimlari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Тoshkent tuman bo‘linmasi mutaxassisi F.Bekbaltayeva yurtimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar haqida gapirdi. Xams-Jomiy masjidi imom-xatib A.Juraqulov yurtimiz tinchligi va yoshlarimiz kelajagi uchun duoga qo'l ochdilar.

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикасини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасидаги ишлар таҳлили ва келгуси вазифалар муҳокамаси бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, на котором проанализирована проводимая работа и определены дальнейшие задачи по социально-экономическому развитию Республики Каракалпакстан.

#Mirziyoyev #yigilish #Qoraqalpogiston #iqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qo'shilgan qiymat solig'i qaytarib beriladigan tovarlar ro'yxati kengaytirildi


Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Shunga ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro'yxatiga quyidagilar kiritildi:

▪️un;
▪️shakar;
▪️dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📌 Bunda qo'shilgan qiymat solig'i summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

✔️ Shuningdek, “Savdo va xizmat ko'rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:

📝 Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro'yxatdan o'tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

Ilgari ma'lum bir qiymat belgilanmagan edi.

👉Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иқтисодий ривожланиш, самарали бошқарув ва халқаро ҳамкорлик масалалари бўйича маслаҳатчи Сума Чакрабарти билан амалий учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел рабочую встречу с советником по вопросам экономического развития, эффективного управления и международного сотрудничества Сумой Чакрабарти.

#Mirziyoyev #uchrashuv #maslahatchi #islohotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

📖 "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning
7-moddasi.


🔰 Dinning davlatdan ajratilganligi.

🌐Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayohat

"Crafers" qandolat fabrikasiga sayohat uyushtirildi


Joriy yil 10-yanvar kuni Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 4-"G" sinfi rahbari N. Axmedova o‘quvchilari bilan "Crafers" qandolat fabrikasiga sayohat uyushtirdilar.

Shirinliklarni ko‘pchiligimiz sevib iste'mol qilamiz. O‘quvchilar sayohat davomida siz-u bizning dasturxonimizni bezab turuvchi shirinliklar bizga tayyor holda yetib kelguncha qanday bosqichlardan o‘tishi haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ularga fabrika tomonidan sovg‘alar taqdim etildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmat_koʻrsatish

Oydin hayotda yangi choyxona ish boshladi


Toshkent tumani Oydin hayot mahallasida "Marat ota" choyxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Azal-azaldan ota-bobolarimiz kechki oqshom vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida otalar choyxonasiga borib o‘zaro suhbat qurar edilar. O‘zbek milliy taomlaridan isteʼmol qilib, tarix, siyosiy jarayonlar, mamlakatdagi o‘zgarishlar haqida fikr almashishar edi.

Bugun, zamon o‘zgarib, choyxonalarda nafaqat qariyalar, balki yoshlar ham tushlik qilishni, mazali ovqatlarni tanovul qilishni o‘rgandilar. Bu esa hududda xizmat ko‘rsatish sohasi yanada rivojlanib borayotganligidan dalolatdir.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#RASMIY_XABARNOMA

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

📆 2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra.

📈 Batafsil infografikada

🌐 Ro'yxatni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati taqdim etgan.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website