Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.36K subscribers
17.9K photos
4.16K videos
30 files
12K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Shukuh

Bolajonlar uchun yangi yil

Bugun,Toshkent tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Yangi yil bazmi" deb nomlangan bayram dasturi oʻtkazildi.

Yangi yil – uzoq kutiladigan va sevimli bayram. U har doim bolalik, yangi yil archasi, yoqimli his-tuygʻular bilan bogʻliq.

Bogʻchada boʻlib oʻtgan bayram tadbirida bolajonlarning quvonch va shodliklari teatrlashtirilgan bayram tomoshalari orqali namoyish etildi. Rang-barang kostyumlar, goʻzal kuy-qoʻshiqlar bilan oʻtkazilgan "Yangi yil bazmi", bolajonlarga va ularning ota-onalariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Sardorbek Ergashev tomonidan 2023-yil 22-dekabr kuni soat ❗️10:00da 14-umumtaʼlim maktabida sayyor qabul oʻtkaziladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarni sayyor qabulga taklif qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Forwarded from MINENERGY.UZ
Soat 17:45 da Toshkent viloyatidagi “L-Bog‘izor-2” elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent tumani iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulaliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Toshkent tumani “Keles” suv inshootida qurilish jarayoni

Pudratchilar: “MESMER EAST va “SHANGHAI SHINEWORLD GROUP MCHJ O‘zbekiston/Xitoy

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com
#Bilasizmi

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish BHMning 7 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu
qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

👉🏻Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik

Toshkent tumani “Keles” suv inshootida qurilish jarayonlari olib borilmoqda.

Jarayonlar videolavhada.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Telenigoh

Toshkent viloyatida 2023-yil davomida yoshlar tizimida qanday ishlar amalga oshirildi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilib, davlat koʻmagi bilan oʻz oʻrnini topayotgan yoshlarning qogʻozdagi hisoboti emas, amaldagi ishlari qanday?

“Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalarda ishtirok etib, gʻolib boʻlgan jamoalar va yoshlarga nima motivatsiya berdi?

“Ogʻir” toifadagi yoshlar bilan ishlash ogʻir kechmadimi?

Toshkent viloyati yoshlarining lideri Miraziz Mirsultonov nega talabalik davrini achinib eslaydi?

Migratsiyadan qaytib, oʻz oʻrnini topishni mahallasidan boshlagan yoshlar oʻz hayotidan rozimi?

Shu kabi savollarga “Oʻzbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus koʻrsatuv orqali javob olamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlugʻ_sana

Bugun 22 dekabr- Energetiklar kuni!

Barcha soha vakillarini bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Energetika sohasida vijdonan xalq uchun kunu-tun mehnat qilayotgan insonlar juda koʻp.

Hozirgi mashaqqatli va ogʻir vaqtlarda barchangizga kuch quvvat va sogʻliq-salomatlik tilaymiz!

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_uchrashuv

Erkin Vohidov tavalludining 87-yilligi keng nishonlandi

Joriy yil 21-dekabr kuni Toshkent tumani MMTB tasarrufidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida atoqli shoir, dramaturg, tarjimon va jamoat arbobi Erkin Vohidov tavalludining 87-yilligi munosabati bilan  "El ardoqlagan shoir" mavzusida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti M. Ibrohimova,  shoirning qizi N. Vohidova, jurnalist N.Umarova ishtirok etib, oʻquvchilarni sevimli adibimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tadbirda davomida oʻquvchilar tomonidan Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilib, adibning asarlaridan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi. Iqtidorli oʻquvchilarga Nozima Vohidova tomonidan shoir kitoblari sovgʻa qilindi.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

"Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti oʻtkazildi


Kecha, Toshkent tumani markazidagi Madaniyat saroyida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi Q.Quronboyevning 2023-yil 14-dekabrdagi 02/5-2731-sonli topshiriqlariga asosan "Hokim va yoshlar" ochiq muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda 400dan ortiq yoshlar oʻzlarining taklif va muammolari bilan ishtirok etib, tuman hokimi va boshqa mutasaddi rahbarlardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir soʻngida 10 nafar yoshlarga oliy taʼlim kontrakt toʻlov qoplanganligi boʻyicha sertifikatlar topshirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

3-sektor rahbari aholi bilan uchrashdi


Toshkent tumani IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari D. Mirzamamedov Tinchlik, Obodlik, Uchsada, Ko’kterak va Sag’bon mahallalari aholisi bilan sayyor qabul o’tkazdi.


Qabulda 30 yaqin fuqaroning 40dan ziyod murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning aksariyatiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan masalalar nazoratga olindi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Nig‘mat Muhamedov ham qatnashdi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Мусиқа ва рақс санъатини равнақ топтиришга қаратилган чора-тадбирлар амалга оширилади.

Жумладан, “Баҳор” рақс ансамбли илгари Филармония жойлашган машҳур санъат саройида фаолият юритади.

Таниқли ашула ва рақс ансамблларининг хорижга гастроль сафарлари кўпайтирилади.

Мусиқа ва рақс санъати масалаларини илмий ўрганиш, соҳада илмий кадрларни кўпайтириш мақсадида илмий тадқиқотлар учун грантлар жорий қилинади.

Шунингдек, Тошкент давлат цирки биносини таъмирдан чиқариш бўйича ҳам чора-тадбирлар кўрилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Халқаро майдонда ўзбек маданий дипломатиясини ривожлантириш, бой маданий меросимизни халқимизга ва хорижий сайёҳларга кенг таништириш ишлари янги босқичга кўтарилади.

Келгуси йили Тошкентда жаҳон креатив иқтисодиётига бағишланган конференция, Нукусда эса “Орол маданияти” халқаро илмий анжумани ўтказилади.

Креатив иқтисодиётни ривожлантириш бўйича алоҳида қонун қабул қилиш ҳам кун тартибидаги долзарб масала.

Facebook|Instagram|Twitter