Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района
5.35K subscribers
18.2K photos
4.24K videos
30 files
12.2K links
Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.
Download Telegram
#Taʼlim
#Seminar

"Barcha bolalar muvaffaqiyatli"


Aynan shu mavzuda tashkil etilgan seminar, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi hisoblanib, BBM tashkilotining yetakchi trenerlari tomonidan oʻtkazildi.

Unda Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva ham ishtirok etdi.

Seminar davomida, boshlangʻich taʼlimda standartlashtirilgan baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, eng yaxshi amaliyotlar va namunalarni kiritish, oʻqish savodxonligi va matematika uchun butunjahon malaka talablari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish taklifi kiritildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Maktabgacha taʼlim muassasalarida “STEAM” dasturi joriy qilinmoqda

🏢Toshkent tumani 12- sonli Maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog xodimi tomonidan “STEAM” dasturi asosida KOFE mahsulotini oʻrganish boʻyicha innovatsion taʼlim texnologiyasi va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini namoyish etuvchi taqdimot tayyorladi.

Bu dastur, turli fan yoʻnalishlarini integratsiya qilishga asoslangan boʻlib, Toshkent tumanining boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan tashrif buyurgan pedagog xodimlar koʻp qirrali fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligini bilib olishdi.

Kofe mahsuloti boʻyicha taqdimot, pedagog xodimlarga koʻplab fanlarni birlashtirish orqali qanday qiziqarli va samarali taʼlim berish mumkinligini koʻrsatib berdi. Bu misol orqali talabalar koʻplab fanlarni oʻzaro bogʻlash va ularning hayotiy dolzarbligini anglash imkoniyatini topdilar.                      

Seminarda Toshkent tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Lola Karabayeva hamda Toshkent tumani maktabgacha va maktab boʻlimi psixologi qatnashib zamonaviy pedagog, yangi taʼlim texnologiyalaridan foydalanishi kerakligi, taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar doimo kitob bilan doʻst boʻlishi haqida qiziqarli suhbat va "Kasbiy stress", "Zamonaviy ayol" psixologik treninglar oʻtkazishdi. Seminar koʻngil ochar dastur bilan yakunlandi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Taʼlim muassasasida "Xayr boshlangʻich" va "Zakovat" tadbirlari oʻtkazildi

Toshkent tumani MMTB ga qarashli  24-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boshlangʻich taʼlimni tamomlagan 4-"A "sinf oʻquvchilarining "Xayr boshlangʻich" deb nomlangan tadbir kechasi hamda "Zakovat bilimdonlariI"  intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Oʻyin  juda chiroyli  va sifatli tashkil  etildi. Bu fanlararo bogʻlanish boʻlib, oʻquvchilarni toʻgʻri fikr yuritishlariga, koʻp izlanishlariga, koʻp narsani bilishlariga oʻrgatadi.Oʻquvchilar Vatanimizni,  onalarni, otalarni,ustozlarni madh etuvchi kuy qoʻshiqlarni, sheʼrlarni va goʻzal raqslarni mahorat bilan  ijro etdilar.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

"Xayr bogʻcham" tadbiri oʻtkazildi


Toshkent tumanidagi 27-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida maktabgacha tayyorlov guruhining bayram tadbiri oʻtkazildi.

"Xayr bogʻcham" tadbiri davomida guruh tarbiyalanuvchilari "Ilk qadam" dasturi asosida olgan bilimlarini namoyish etib, sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini sahna koʻrinishlari orqali namoyon qildilar.

Tadbir koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi va unda bitiruvchilarning ota-onalari hamda bogʻcha maʼmuriyati ishtirok etdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim

Ilm-saodat kaliti


Toshkent tumani Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida"ILM SAODAT KALITI"shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent tumani hokimi o’rinbosari O. Kenjayev, "Diydor", "Koʻksaroy", "Chigʻatoy" mahalla raislari, "IIB xodimlari,Milliy gvardiya xodimlari va masʼul shaxslar ishtirok etdi. Oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan kuy va raqslar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Namunali xulqi, aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilar va ota onalar  "Faxriy yorliq”va "Tashakkurnomalar" bilan taqdirlandilar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Shukronalik
#Toshkent_tumani

💫Bitiruvchilarga medallar topshirildi

Joriy yilning 20-iyun kuni Toshkent tumani Madaniyat saroyida umumtaʼlim maktablarida barcha fanlarni aʼlo baholarga yakunlagan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarni " oltin" va "kumush" medallar bilan taqdirlash tadbiri boʻlib otdi.

💫2023-2024-o'quv yilida tumandagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 1945 nafar bitiruvchi tamomlab, ulardan 68 nafar oʻquvchi "oltin" va 6 nafar oʻquvchi "kumush" medal sohiblari boʻlgani quvonchlidir!

Toshkent tumani hokimi oʻrinbosari Ibrohim Saidikarimov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim boshligʻi N.Ubaydullayeva bilan birgalikda bugungi unutilmas kunda bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan taqdirlab, ularning ota-onalariga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalarini yetkazdilar.

Yoshlarimizga yurtboshimizning yaratib berayotgan imkoniyat va ragʻbatidan foydalangan holda, katta hayot yoʻlida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil qiladigan mehnatlarida omad va oq yoʻl tiladilar.

📹Jarayon foto va videolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi

Toshkent tumanida "Oʻzbekiston-2030" strategiyasidagi vazifalar ijrosi oʻz aksini topmoqda


Xususan, strategiyaning birinchi maqsadida Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash, singari vazifa qoʻyilgan boʻlib, bugun, 9-sonli eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat, oilaviy-nodavlat hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taʼlim laboratoriyasi tashkil etilgan.

Oʻquv laboratoriyasida "Ilk qadam" davlat oʻquv dasturi, bolalarga taʼlim berish metodikasi, ikkinchi tilga oʻrgatish, (ingliz-tili va rus tillari) bolalar psixologiyasi yoʻnalishlarida pedagoglar oʻz malakalarini oshirib bormoqdalar.

9-sonli Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Oʻzbekiston-2030" strategiyasida belgilangan yana qanday vazifalar ijrosi taʼminlanmoqda?

📹 Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim_sayohati
#Kasbga_yoʻnaltirish

💫Toshkent tumanida "Kasbiy taʼlim va maslahat oyligi" oʻtkazilmoqda

☑️Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan "Kasbiy bilim va maslahat oyligi" doirasida tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari Singapur Universititiga sayohatga bordilar.Oʻquvchilar Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar.

🟢Xususan, Toshkent  tumani MMTB tasarrufidagi  umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023- yil 14-avgustdagi  239-sonli qaror ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarni oliy taʼlimga yoʻnaltirish berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdir.

📝Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi N.A.Ubaydullaeva hamda oʻquvchilarni ijtimoiy,psixologik qoʻllab- quvvatlash va inklyuziv taʼlim shoʻbasi bosh psixologi tomonidan uyushtirilgan bu sayohat Singapur Universiteti rektori Mamatqulov Ilhom Abdurahimovich tomonidan qoʻllab- quvvatlanib juda iliq kutib olindi va Universitet faoliyati bilan toʻliq tanishtirildi.

♻️Quvonarlisi shundan iboratki, Toshkent tumani bitiruvchilarining olti nafari sayohat davomida Singapur Universitetiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdilar.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi
#Taʼlim
#Toshkent_tumani

Oʻzbekiston-2030 strategiyasining "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili" Davlat dasturi doirasidagi ijrosi Toshkent tumani misolida.

📹Batafsil "Dunyo boʻylab" telekanali dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish
#Taʼlim
#Shukronalik

Maktabgacha
taʼlim qamrovi oshiriladi

Bugungi kunda Toshkent tumanida jami 123 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 39 tasi davlat, 23 tasi xususiy, 60 tasi oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga to'g'ri keladi.

Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 14 ming 889 nafarni tashkil qilib, ularning 10 ming 026 nafari (72.7%) maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan. 7 ming 619 nafari davlat (67,7%), 564 nafari xususiy (25,28%), 2 ming 154 nafari oilaviy-nodavlat (87,08%) MTTlarda tarbiyalanmoqda.

Oʻtgan yili 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 68.5 foizdan 72.7 foizga (+5 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 3 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binolari foydalanishga topshirildi. 2 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining umumiy quvvat koʻrsatkichi 9 ming 338 oʻrindan, 10 ming 707 oʻringa yetdi.

Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 25-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirilganidan soʻng tumanda maktabgacha ta'lim qamrovi darajasi yana oshiriladi.

📹Batafsil intervyuda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM